106
V BOB. DORIXONALARDA YORITILGANLIK, HAVO ALMASHINUVI
VA XONALAR HAVOSINING MIKROBLAR BILAN
IFLOSLANGANLIGI.
5.1.
YORITILGANLIK VA UNGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK
TALABLAR.
Organizmga ta‘sir qiladigan tashqi muhit omillari orasida yorug‗lik dastlabki
o‗rinlardan birini egallaydi. Yorug‗lik ko‗ruv organiga ta‘sir
qilibgina qolmay,
umuman butun organizmga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Yorug‗lik ta‘siri ostida
organizmning fiziologik va psixik
reaksiyalari qayta tuziladi, organizmning
umumiy tonusi o‗zgarib, u faol holatga o‗tadi.
Tabiiy yorug‗likning organizmdagi xilma-xil jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatib,
o‗sishni
tezlashtirishi, moddalar almashinuvi jarayonlarini jonlantirishi,
gazlar
almashinuvini kuchaytirishi aniqlangan. Yoritish sharoitlari yaxshi bo‗lmasa,
odamning umumiy kayfiyati,
ruhiyati yomonlashib, jismoniy va aqliy qobiliyati
pasayib qoladi. Yaxshi yorug‗ tushib turmasligi tufayli ko‗zga doim zo‗r
kelishi
oqibatida maktab o‗quvchilari ko‗zining yaqindan ko‗radigan bo‗lib qolishini F.
Erisman 1870 yildayoq ishonarli qilib isbotlab bergan edi.
Quyosh nuri spektri tarkibiga kiradigan ultrabinafsha nurlarning bakteritsid
ta‘siri gigiyenik jixatdan alohida ahamiyatga egadir. Ultrabinafsha nurlar ta‘siri
ostida bakteriyalarning
rivojlanishi susayib qoladi, bu nurlar etarlicha uzoq ta‘sir
ko‗rsatib turganida esa, bakteriyalar halok bo‗lib ketadi.
Tabiiy
va
sun‘iy yorug‗likning etarli darajada tushib turishi
sog‗lomlashtiruvchi va madaniy ishlar orasida katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: