98
deffektar xonasining bo‗lmasligi, aseptik xonasiga sterilizatsion-distillyasion
xonalari orqali kirish ruxsat etiladi. Aseptika xonasini dorixonadagi boshqa xonalar
va yo‗lakcha bilan bevosita bog‗liqlikda bo‗lishi ruxsat etilmaydi.
Dorilarni
tayyorlash
sanitar-gigienik
sharoitni
maksimal
darajada
yaxshilashni talab qiladi. Ko‗chadan kiradigan chang, mikroorganizmlar,
sovuq
havo oqimi, shovqin kabi omillar dori mahsulotlarining sifatiga va dorixona ishchi
xodimlarining salomatligiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Dorixonada ikkita kirish yo‗li bor: birinchi va ikkinchi toifadagi
dorixonalarda ikkita eshigi bo‗lishi; uchinchi va to‗rtinchi toifadagi dorixonalarda
eni 0,9 m bo‗lgan bir tabaqali bitta eshigi bo‗lishi kerak. Xodimlar kiradigan va
dori mahsulotlarini qabul qiladigan eshikning eni 1,2 m bo‗lishi kerak. 1- 3 iqlimli
maydonlarda bu eshiklar ikki qavatli va isitilgan bo‗lishi kerak.
Dori oluvchilar uchun kirish yo‗li himoya to‗siqlari o‗rnini bajaruvchi
tamburlar bilan jihozlanadi. Tambur uzunligi 1,0 m dan kam bo‗lmasligi, kengligi
kirish eshigidan 1,5 marotaba kengroq bo‗lishi kerak. Tamburdagi eshiklar bir-
biriga burchak ostida joylashgan bo‗lishi kerak, chunki sotuv zaliga sovuq havo
kirguncha isib ulgurishi lozim. Tamburdagi issiq havo pardasini bir-biriga qarama
- qarshi joylashgan oddiy eshiklar ham bajarishi mumkin.
Kirayotgan havoning
harorati 30-35
0
S orasida bo‗lishi kerak.
1- 3 iqlimli bo‗limlarni isitish uchun ikkita tambur o‗rnatiladi. 1-2 toifali
dorixonalarda kiruvchi va chiquvchilar uchun tambur alohida ajratilgan (ikki
tabaqali) bo‗lishi kerak. Tamburda oyoq kiyimlarni tozalash uchun panjarali
qutichaning bo‗lishini e‘tiborga olish lozim.
Dorixonalarda omborxona bilan bog‗lanadigan ichki xizmat zinalari va yuk
ko‗taruvchi moslama (kengligi 1m va qiyaligi 1:1,5 ko‗p bo‗lmasligi) bo‗lishi
kerak. 1-2 toifali dorixonalar xonasining balandligi 3,3 m dan kam bo‗lmasligi
lozim.
3-5 toifali dorixonalarning qurilish balandligi aholi yashaydigan uyning
balandligiga to‗g‗ri kelishi ruxsat etiladi. Erto‗lalarning, xonalarning balandligi 2,4
m dan kam bo‗lmasligi kerak. Erto‗la yorug‗likka sezgir, yong‗inga xavfli, kuchli
99
oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi moddalarni saqlash uchun xizmat qiladi.
Erto‗ladan dorixona ichiga olib boruvchi kirish va tashqariga chiqish uchun yo‗l
bo‗lishi kerak.
Dorixona xonalarining ichki sathi bajarilayotgan funksional ko‗rsatkichlarga
mos ravishda jihozlanishi kerak. Bunda dorixona xonalarining jihozlanishi faqat
gigienik emas, balki psixologik ahamiyatga ega ekanligini e‘tiborga olish lozim.
Xonalardagi devorlarning yuzasi bajariladigan texnologik jarayonlarga bog‗liq,
ya‘ni devorlari silliq, namli va dezinfeksiyalovchi
moddalar bilan tozalashga
mo‗ljallangan bo‗lishi kerak. Namli rejimda ishlanadigan xonalarda (yuvish,
distillangan suv olinadigan, sterilizatsiya, dush xonasi, hojatxona) devorlari 1,8 m
balandlikkacha yog‗li bo‗yoqlar, silliq kafellar yoki suvga chidamli sintetik
materiallar bilan qoplanishi lozim. Paneldan yuqoridagi devor va shiplar suvli
bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi lozim.
Dorixona sotuv zalida stellajlarni shunday joylashtirish kerakki, ular tashqi
devorlardan 0,6-0,7 metr, shipdan 0,5 metr va poldan 0,25 metr uzoqlikda
joylashgan bo‗lishi lozim. Stellajlar deraza oynalariga
nisbatan esa shunday
joylashtirilishi lozimki, ular orasidagi yo‗laklar yorug‗, joylashtirilgan tovarga
erkin yaqinlashish imkoni bo‗lsin. Stellajlar orasidagi masofa 0,75 metrdan kam
bo‗lmasligi lozim.
Aseptik, assistentlar, provizor-analitik xonalarining devorlari chang
to‗planmasligi uchun o‗tkir burchaklari bo‗lmasligi kerak. Aseptik xonaning
barcha devori yog‗li bo‗yoq bilan, ship suvli bo‗yoqlar bilan yaxshi yuviladigan va
dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalanadigan
sintetik materiallar bilan
qoplangan bo‗lishi lozim. Deffektar, omborxona, kiyim uchun mo‗ljallangan
xonalarining devorlari 1,8 m balandlikda yog‗li bo‗yoqlar bilan, undan yuqorisi va
shipi suvli bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi lozim. Ma‘muriyat xonasi, yo‗lak, ishchilar
xonasining shipi suvli bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi, devorlari namga chidamli oboy
yoki suvli bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi lozim. Dorixonadagi dori tayyorlaydigan
xonalarning devorlariga qo‗shimcha bezatuvchi narsalarning
osilishi ruxsat
100
etilmaydi, chunki ularda chang to‗planadi va tozalash vaqtida qiyinchiliklarni
tug‗diradi. Devor va shiplardagi bo‗yoqlarning rangi ochiq tonda bo‗lishi kerak.
Barcha xonalardagi pollari silliq, isitilgan, namli tozalashga qulay bo‗lishi
kerak. Polni parket bilan qoplash ruxsat etilmaydi. Pol gigiyenik jihatdan eng
qulay va qoplovchisi quyidagilardan iborat bo‗lishi kerak:
- sotuv zalida-sopol plitkalar yoki sintetik materiallar (relin, linoleum);
- assistent, provizor-analitik xonalarida-sintetik
yoki polimerli plitkali
materiallar;
- aseptik xonalarda-rulonli materiallar (relin, linoleum), polivinilatsetat mastik
material;
- yuvish, sterilizatsiya, distillyasiya-sterilizatsiya, dush xonasi, yuvish xonasi,
omborxonalar sopolli plitka yoki namga chidamli sintetik materiallar. Bu xonalar
poli (omborxonadan tashqari) yonidagi xonaning polidan 3 sm ga pastroq bo‗lishi
kerak. Yuvish, distillatsion-sterilizatsion va yuvish xonasida almashtirib turuvchi
taxtali panjara solinishi kerak. Erto‗laning poli asfalt, asfalt-beton yoki sement
bilan qoplanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: