101
to‗yingan yopiq xonalarda uzoq vaqt qolishi natijasida organizmga salbiy ta‘sir
ko‗rsatishi aniqlandi. Bajarilayotgan ishga katta ruhan javobgarligi ishlab chiqarish
operatsiyalarini aniq, tez bajarilishi bilan bog‗liqligi va kuchli asab zo‗riqishi
kuzatildi. Gigiyenistlar dorixona ishchilarining salomatligidagi barcha o‗zgarishlar,
ish qobiliyatining va ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini pasayishi dori
tayyorlangandagi sanitariya-gigiyena rejimini buzilishi bilan bog‗liqligini
aniqladilar.
Sanitariya gigiyena sharoitini buzilishi natijasida ammiak eritmasini,
novshadil-anis tomchisi va boshqalarni qadoqlashda dorixona xonalari havodagi
gazsimon moddalar aniqlandi. Ish zonasidagi havoda ammiak miqdori REK ancha
ortishi, uning bug‗lari qo‗shni xonalarda tarqalganligi aniqlandi. Dori changlari,
ayniqsa murakkab kukunsimon aralashmalarni tayyorlashda assistentlar,
materiallar xonasi havosida aniqlanadi.
Mikroiqlim
sharoitlarini
o‗rganilayotganda dorixonaning ko‗pgina
xonalarida mikroiqlimni buzilishi aniqlandi. Bundan tashqari dorixona ishchilari
shovqin va ishlab chiqarish muhitining boshqa omillari ta‘siriga uchrashi
mumkinligi kuzatildi.
Shunday qilib, dorixona sharoitida dori preparatlarini tayyorlash jarayonida
sanitariya rejimini buzilishi va gigiyena me‘yorlariga rioya qilinmasligi natijasida,
ishchilarga ishlab chiqarish muhitidagi noqulay omillar ta‘sir etishi mumkin. Bular
ichida asosiysi bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: dori preparatlarining changi, toksik
gaz va bug‗lar, mikroiqlim sharoiti, shovqin, mikrob omillari va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: