Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Shamollatish xajmi deb, xonaga xar bir odam uchun bir soatda tushishi 
lozim bo‗lgan havo miqdoriga aytiladi. Havodagi CO

miqdorining chegarasiga 
qarab shamollatishning zarur xajmi xisoblab chiqiladi. Bu xajm bir kishi uchun 
soatiga 30-35 m
3
dan kam bo‗lmasligi kerak. 
Havoning siljish turiga ko‗ra tabiiy va mexanik (sun‘iy) ventilyasiya farq 
qiladi. Tabiiy havo almashinuvida sovuq va issiq havo zichligining farqi xisobiga 
yuzaga keluvchi gravitatsion bosim xamda shamol bosimi ta‘sirida havoning 
xarakati yuzaga keladi. 
Mexanik havo almashinuvida havo ventilyatorlar ta‘sirida harakat qiladi. 
Aralash sistemadan ham foydalanish mumkin. 
Havo almashinuvini tashkil etish usuliga ko‗ra havo almashinuvi mahalliy 
va umumiy bo‗lishi mumkin. Xarakatlanishi bo‗yicha ventilyasion moslamalar: 
- tortib oluvchi (havoni tortish uchun muljallangan)ga bo‗linadi, ular o‗z 
navbatida mahalliy va umumiy bo‗lishi mumkin. 
- olib keluvchi (havo berib turadigan) ikkiga bo‗linadi: mahalliy (havo 
dushlari, pardalari, oazislar) va umumiy (bir tomonga yo‗naltiruvchi va ko‗p 
tomonga yo‗naltiruvchi) 
Tabiiy havo almashinuvi (shamollatish). Yashash xonadonlarida va 
xonalarida tabiiy havo almashinuvi devor yoriqlari, oyna va eshiklarni jips 
yopilmasligi hamda fortochka, framuga yoki deraza va eshiklarning to‗liq ochib 
qo‗yish hisobiga amalga oshiriladi. Havo almashinuvi kattaligiga asosan 
meteriologik omillar: tashqi havo va xona havosining harorati, shamol kuchi va 
yo‗nalishi ta‘sir ko‗rsatadi. Harorat omili ta‘siri ostida uyda yoki alohida xonalarda 
taxminan balandligining o‗rtasida neytral zona tashkil bo‗ladi, bunda esa musbat 


119 
va manfiy bosim tenglashadi. Bu mintaqadan yuqorida havo xonadan tashqariga 
chiqishga harakat qiladi, pastda esa tashqi havoning xonaga kirishi kuzatiladi. 
Zamonaviy turar joy uylarida, xonadonlarida ventilyasion jihozlanishni bosh 
elementi olib ketuvchi kanallar hisoblanadi. Ular ko‗pincha oshxona sanitariya 
tarmog‗ini kapital devorlariga joylashtiriladi, bunda havoning harakati tabiiy 
asosida o‗tadi. 
Atmosfera havosining temperaturasi nechog‗li past bo‗lsa, uning solishtirma 
og‗irligi shuncha katta bo‗lib, xonalarning tashqi to‗siqlariga shuncha ko‗proq 
bosim ko‗rsatadi va xonalar ichiga shuncha ko‗proq o‗tadi. Xonalar havosi esa, 
solishtirma og‗irligi kamroq bo‗lgani uchun, xuddi shuning singari, xonalarning 
yuqori zonasidagi teshik va tirqishlar orqali atmosfera havosiga chiqib turadi. 
Atmosfera havosining xarakat tezligi ortgan sayin uning shamolga ro‗para turgan 
xona to‗siqlariga ko‗rsatadigan bosimi zo‗rayadi va shamolga teskari tomondagi 
to‗siqlarga tushadigan bosimi kamayadi, bu xam havo almashinuvining 
kuchayishiga olib keladi. Qurilish materiallarining teshiklari orqali o‗tadigan havo 
miqdori arzimas bo‗ladi va xonalarning shamollashiga axamiyati yo‗q.Tabiiy yo‗l 
bilan havo almashinuvi asosan deraza va eshiklardagi teshik va tirqishlar orqali 
ro‗y beradi.Tashqi havo xarakati tezligi 1-5 m/sek bo‗lganida uzunligi bir metr 
keladigan tirqish orqali bir soat mobaynida 4m
3
dan 12 m
3
gacha havo o‗tishi 
mumkin. 
Xonalarni tabiiy yo‗l bilan shamollatishni kuchaytirish uchun fortochka va 
framugalardan foydalaniladi. Fortochkalar derazaning yuqoridagi 3dan bir qismida 
bo‗lishi va kattaligi pol maydonining kamida 1/40 qismini tashkil qilishi kerak. 
Mo‗tadil sovuq va Mo‗tadil iqlimda fortochkalar bo‗yi kamida 0,6 m, yuzi 0,3m
2
bo‗lishi kerak. Fortochkalar orqali havo bir vaqtda kiradi va chiqadi. Xonalarni 
fortochka orqali shamollatishning kamchiligi shuki, fortochkani ochib qo‗yib uzoq 
shamollatish kerak bo‗ladi va bunda pastga qarab yuradigan sovuq havo oqimlari 
vujudga keladi, bu xonadagi odamlarning shamollashiga olib keladi. Tabiiy yo‗l 
bilan shamollatishning mukammal usuli framugalar o‗rnatishdir. Framuga 45
0

acha burchak ostida bino ichiga qarab ochiladi, ayni vaqtda tashqaridagi sovuq 


120 
havo xonaning ustki zonasiga o‗tib,shu erda ilik havo bilan aralashib ketadi. Tabiiy 
yo‗l bilan shamollatishni kuchaytirish uchun binolarning devorlariga tortuvchi 
ventilyasiya kanallari ishlanadi. Mana shu tortuvchi kanallarda havo tortilishini 
kuchaytirish uchun binolarning tomlariga deflektor degan maxsus moslamalar 
o‗rnatiladi. Deflektorlarning ishi shunga asoslanganki qanday bo‗lmasin biror 
yo‗nalishda xarakatlanadigan havo moslama orqali o‗tib, deflektordagi havoni xam 
o‗zi bilan birga olib ketadi, shunga ko‗ra deflektorda atmosfera bosimidan ko‗ra 
pastrok bosim vujudga keladi va moslamaning pastki qismiga ventilyasiya 
kanallaridan, ventilyasiya kanallariga esa shamollatilayotgan xonalardan havo 
kiradi. 
Sanoat binolarini shamollatishni kuchaytirish, sozlash uchun xamda asosan 
ortiqcha issiqlik ajralib chiqishiga qarshi eng samarali ventilyasiya - aeratsiya 
xisoblanadi. Aeratsiya - tabiiy yo‗l bilan shamollatishning uyushqoq va 
boshqariladigan sistemasidar. Binolarning tashqi devorlarida 2 qator qilib 
ochiladigan maxsus teshiklar havo berib turish uchun xizmat qiladi. Havo binoning 
tomiga o‗rnatilgan ventilyasiya fonarining teshiklaridan chiqib ketadi. Yilning 
sovuq paytlarida 5-6 m balandlikda joylashgan ustki yon teshiklar qatoridan havo 
tortish uchun foydalaniladi. Sovuq havo binolarning issiq havosi bilan aralashib 
oladi va etarlicha iligan xolda pastga zonaga tushadi. Yozda pastki teshiklar 
qatoridan havo kirishi uchun foydalaniladi. 
Aeratsiya qurilmalarini ishlatishda shamol yo‗nalishi xisobga olinadi: havo 
kirishi uchun binoning shamolga ro‗para tomonidagi teshiklari ochilsa, havoni 
tortib olishda shamolga teskari tomonidagi teshiklari ochiladi. Havo kiritiladigan 
va tortib olinadigan teshiklarga maxsus tavakalar o‗rnatiladi, bularda ularni 
kattaroq yoki kichikrok qilib ochib qo‗yish uchun xizmat qiladigan moslamalar 
bo‗ladi. Aeratsiya juda katta iqtisodiy unumdor havo almashinuvi hisoblanadi. 
Uning kamchiligi ishlab chiqarish havosiga zararli bug‗ va gazlar, aerazollar kirishi 
mumkin, chiqib ketayotgan havoni tozalashning iloji yo‗q. Bundan tashqari 
aeratsiyada olib ketuvchi havoni isitish va tozalash iloji yo‗q. 


121 
Tabiiy shamollatishning muhim kamchiligi xonaga oqim bilan kiradigan va 
undan chiqadigan havo miqdori noma‘lum va o‗zgaruvchan bo‗lishidir, bu tashqi 
havo xaroratiga va shamolning kuchiga bog‗liq. Shuning uchun ko‗p kishi 
yig‗iladigan yoki havosi gaz, chang, suv bug‗lari yoki mikroorganizmlar bilan 
ifloslanadigan xonalarni tabiiy shamollatish kifoya qilmaydi. Bunday hollarda 
xonalarga sun‘iy shamollatgich o‗rnatib, havoni yangilash kerak. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin