8. Fenol tarkibli vositalar: bu guruhga 2-bifenol tarkibidagi dezinfeksiyalovchi
vositalar kiradi. Ular viruslarga va spora xosil qiluvchi bakteriyalarga faol ta‘sir
etmaydi.
9. Kislota asosli vositalar: anorganik va organik kislotalar ishlatiladi. Organik
kislotalarga nisbatan anorganik kislotalar kuchli va keng ko‗llamli antibakterial
ta‘sir etish xususiyatiga ega. Biroq xozirgi kunda anorganik kislotalar dezinfeksiya
maqsadida ishlatilmaydi. Tibbiy maqsadda ishlatiladigan buyumlarni dezinfeksiya
qilishda iloji boricha tarkibida xlor tutmagan dezinfeksiyalovchi vositalarni
ishlatish tavsiya qilinadi. Bularga Katasept (Polisept+Katamin AV), Peroksimed,
Glutaral N, Alaminol, Bianol, Veltosept, Veltolenlar kiradi.
Dorixona ichi muxitidagi turli manbalarni (ob‟ekt) dezinfeksiya qilish.
Dorixona idishlarini dezinfeksiya qilish.
Dastlabki idishlarni tozalash ulardan turli ifloslantiruvchi moddalarni olib
tashlashga qaratilgan. Keyin idishlarni dezinfeksiyalovchi-yuvish tozalash amalga
oshiriladi. Idishlarni dezinfeksiya qilish 1% li faol xloraminning eritmasiga 30
daqiqa yoki 3% li vodorod peroksidi eritmasiga 80 daqiqa davomida cho‗ktirish
bilan olib boriladi. Dezinfeksiyalovchi eritma shisha, plastmassa, emal bilan
qoplangan idishlarda ishlov beriladigan idishlarni to‗liq cho‗ktirish uchun zarur
138
bo‗lgan miqdorda tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmalarni saqlash muddati 24
soatdan oshmasligi kerak. Shu eritmadan takroran foydalanishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Dezinfeksiya qilingandan keyin ishdishlar oqib turgan vodoprovod suvida
dezinfeksiyalovchi vositalarni xidi ketguncha yuviladi. Yuvish vositalariga natriy
bikarbonat, sintetik yuvish vositasi, "Lotos"," Astra", suyuqlik - Progress va
boshqalar kiradi, ular 50-60
0
gacha qizdirilgan suvda eritiladi. Idishlar 25-30
daqiqa davomida eritmaga to‗liq botguniga qadar cho‗ktirib qo‗yiladi. Juda
kirlangan idishlar uzoq vaqt davomida eritmada saqlanadi.
Dorixona idishlari 7 marta vodoprovod suvi bilan, keyin 1 marta tozalangan
suv bilan yuviladi. Steril eritmalarni tayyorlash uchun mo‗ljallangan shisha idishlar
vodoprovod suvida 5 marta, tozalangan suvda – 3 marta chayiladi. Oxirgi chayish
esa 5 mkm bir filtr orqali in‘eksiya uchun filtrlangan suv bilan amalga oshiriladi.
Toza idishlar quritiladi va yopiq shkaflarda saqlanadi. In‘eksion eritmalar va
ko‗z tomchilari uchun mo‗ljallangan flakonlar sterillanadi. Bu suyuqlikni keyingi
sterilizatsiyani ishonchliligini belgilaydi va in‘eksion va infuzion eritmalarni
pirogenlik xavfini kamaytiradi. Sterilizatsiya qilish tartibi: issiq havo bilan – 180
o
S
60 daqiqa yoki to‗yingan bug‗ bosimi ostida 120
o
S-45 daqiqa. Sterilizatordagi
harorat 60-70
0
S gacha kamaytirgandan so‗ng idishlar olinadi, steril tiqinlar bilan
yopiladi va eritmalar quyish uchun ishlatiladi.
Yuvilgan idishlarning sifatini nazorat qilish ularni chaygandan so‗ng
flakonlarning devorlaridan suv oqishining bir xilligi bilan begona kiritmalar,
dog‗lar, bo‗lmasligini ko‗rish orqali amalga oshiriladi. Idishlarning sirtida yog‗
bilan ifloslanish aniqlansa, Sudan III tutgan reaktiv bilan nazorat olib boriladi.
Sintetik yuvish vositalari va yuvish-dezinfeksiya vositalarini yuvilishining
to‗liqligi potensiometrik usul yordamida pH qiymati bilan aniqlanadi. Idishlarning
to‗liq chayilgandan so‗ng tozalangan suvning pH qiymati nazorat uchun olingan
suvning pH ga mos kelishi kerak.
Taxminiy yuvish vositalari qoldig‗i mavjudligini fenolftalein bilan pushti
rangga bo‗yalish orqali aniqlash mumkin.
|