132
A)
Yuqori harorat. Barcha patogen va shartli patogen
mikroorganizmlar past
haroratlarga chidamli bo‗ladi, lekin ular 100
0
S dan yuqori haroratda tez o‗ladi.
B) 15 daqiqa davomida 2% li natriy bikarbonat eritmasi qo‗shib distillangan suvda
qaynatish patogen va shartli patogen bakteriyalarning vegetativ shaklini,
mikobakteriyalarni, viruslarni, zamburug‗larning o‗ldiradi. Qaynatish asosan
yuqori haroratda o‗z xususiyatlarini o‗zgartirmaydigan iflos kiyimlarni, idishlarni,
asbob uskunalarni va boshqa buyumlarni dezinfeksiya qilish uchun tavsiya etiladi.
V) 160-180
0
C haroratdagi
issiq quruq havo mikroorganizmlarning barcha turlari va
shakllarining o‗limiga sabab bo‗ladi, shuning
uchun xam issiq quruq havo
sterilizatorlarida dezinfeksiyalovchi va sterillovchi vosita sifatida ishlatiladi.
"Dezinfeksiya" atamasi ko‗proq aseptik tayyorlash jarayonlari uchun ishlatiladi va
tirik mikroorganizmlar sonini 10
6
marta kamaytirishni nazarda tutadi.
"Sterilizatsiya" atamasi tirik mikroorganizmlar sonini 10
12
marta kamaytirishni
nazarda tutadi.
G)
To„yingan suv bug„lari eng faol dezinfeksiyalovchi hisoblanadi, chunki u ishlov
berilgan ob‘ektlarga chuqur kirib boradi va barcha turdagi mikroorganizmlarning,
jumladan, spora xosil qiluvchi mikroorganizm shakllarining o‗limini ta‘minlaydi.
Dezinfeksiyalovchi vosita sifatida 100
0
C haroratda va normal bosimda bug‗
dezinfeksiya kamerali sterilizatorlarida ortiqcha bosim ostida dezinfeksiya va
sterilizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Bug‗ sterilizatorlarida suvga to‗yingan bug‗
P = 0,05 Mpa ortiqcha bosim bilan ishlatiladi va 110
0
S harorat ostida maxsus ish
kiyimlarni, laboratoriya idishlarni va boshqalarni dezinfeksiya qilinadi.
Dezinfeksiya kameralarida to‗yingan suv bug‗lari yordamida kiyimlarni,
ichki
kiyimlarni, laboratoriya anjomlari va boshqa buyumlarni dezinfeksiya qilish
amalga oshiriladi.
D) Ultrabinafsha nurlanish. Dorixonalarning ishlab chiqarish xonalari tarkibini
tayyorlashga nam tozalashdan so‗ng,
havoni dezinfeksiya qilish, ya‘ni
ultrabinafsha nur yordamida dezinfeksiya qilish kiradi. Shuni nazarda tutish
kerakki, ayrim xollarda havo va yuzalarning ifloslanishi tezda ortishi mumkin,
masalan, pol yuzasida umumiy mikroblar soni 3-4 soatdan keyin dastlabki holatga
133
etadi. Shuning uchun buyum va asboblar yuzalarini va havoni ultrabinafsha nur
bilan qo‗shimcha zararsizlantirish talab qilinadi, natijada havoning ifloslanishi 90-
98% ga kamayadi. Chang yoki qum donachalari mikroorganizmlarga ultrabinafsha
ta‘sirini
kamaytiradi, ultrabinafsha nurlar faqat toza, changsiz havo va toza
yuzalarni dezinfeksiya qilishda samarali bo‗ladi. 205nm dan 315 nm gacha bo‗lgan
to‗lqin uzunligidagi UB nurlar bakteriotsid ta‘sir qilish xususiyatiga ega.
Bakteritsid ta‘sir qiluvchi ultrabinafsha lampalarni xar xil kuchlanishlari (15, 30,
60 vatt) mavjud. Ushbu UB
nurlarning mikrob hujayralariga ta‘siri
DNKning
xujayra yadrolarida modifikatsiyalovchi fotokimyoviy zararlanishi va keyinchalik
mikroorganizmlarning nobud bo‗lishi bilan namoyon bo‗ladi. UB nurlar
bakteriyalar va viruslarga qarshi eng faol bo‗lsada, zamburug‗lar va spora hosil
qiuvchi bakteriyalarga ta‘sir kuchi sustdir.
Ultrabinafsha nur manbalari - bularga past
va yuqori bosimli simob
lampalari va ksenon impulsli lampalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: