Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Sun’iy havo almashinuvi. Havosi chang, zaxarli va zararli moddalar bilan 
ifloslangan xonalarda, shuningdek ortiqcha issiqlik yoki namlik bor manbalar bor 
xonalarda xamda odam ko‗p bo‗lgan xonalarda tabiiy yo‗l bilan shamollatish 
kifoya qilmaydi. Shunday xollarda xonalarni sun‘iy yo‗l bilan shamollatadigan 
uskunalar o‗rnatiladi. Sun‘iy yo‗l bilan shamollatish tashqi havo temperaturasi va 
havo xarakat tezligining o‗zgarishlariga bog‗liq bo‗lmaydi. Havo almashinuvi 
tizimining havo o‗tadigan yo‗llarida havo mexanik yo‗l bilan (ventilyatorlar) yoki 
issiqlik ta‘siri bilan (havoni tortuvchi kanalda isitish) xarakatlanadi. Mexanik 
ventilyasiya olib keluvchi havoni avvaldan tayyorlab beradi. (tozalab, sovitib, isitib 
yoki namlab) va atmosfera havosiga chiqarishdan avval xam havo zararli 
omillardan tozalanadi. 
Sun‘iy yo‗l bilan shamollatish tizimi markaziy va mahalliyga bo‗linadi. 
Markaziy - butun binoga xizmat qiladi, mahalliy esa manbaning tepasiga 
o‗rnatiladi. 
Sun‘iy havo almashinuvi tizimi: 
a) olib keluvchi 
b) olib ketuvchi 
d) keluvchi - ketuvchi bo‗lishi mumkin. 
Havo berib shamollatishda ventilyator yordami bilan bino ichiga yangi havo 
tortiladi, iflos havo esa tabiiy yo‗l bilan xonadan chiqib ketadi. 
Havo tortib shamollatishda iflos havo binodan mexanik yo‗l bilan yoki 
issiqlik ta‘sirida chiqarib tashlanadi, yangi havo esa binoga tabiiy yo‗l bilan kiradi. 


122 
Ishlab chiqarish sharoitlarida –issiq sexlarda – meteorologik shart-
sharoitlarni yaxshilash uchun muayyan ish o‗rinlarida havo beruvchi mahalliy 
ventilyasiyadan – havo dushlaridan foydalaniladi. 
Havoni tortib shamollatiladigan mahalliy ventilyasiyalar havoga chang, 
zaxarli va zararli moddalar, ortiqcha issiq va nam chiqadigan joylarga o‗rnatiladi ( 
mo‗rili shkaflar, soyabonlar va b.). Xam havo berib, xam tortib shamollatish 
sistemasining quyidagi elementlari bor: 
a) havoni qabul qilish qismi; 
b) changdan tozalash inshoatlari; 
v) havoni isitadigan yoki sovutadigan uskuna; 
g) havoni namlash uskunasi
d) dvigatelli ventilyatorlar; 
e) havo beradigan va tortadigan kanallar (havo yo‗llari) bilan xonadagi 
teshiklari; 
j) chiqarilgan havoni korxona changi, bug‗ va gazlardan tozalash uskunasi. Bu 
sistemada eng muhim narsa havo olinadigan joyni to‗g‗ri tanlashdir ya‘ni havo 
buzilmaydigan joyga o‗rnatish, havoni buzadigan manbalarga nisbatan olganda 
shamolga ro‗para o‗rnatish kerak xamda atrofiga daraxtlar ekish maqsadga 
muvofiqdir. Havo kiradigan teshiklar erdan kamida 2 m yuqorida bo‗lishi kerak. 
Yog‗inlardan saqlash uchun havo kiradigan teshiklarga panjara yoki soyabonli to‗r 
tutish lozim. 
Binoga havo beradigan yo‗llar, ular orqali o‗tadigan havo o‗z xossalarini 
o‗zgartirib qo‗ymasligi uchun, qisqaroq va devorlari silliq xamda tozalash uchun 
oson bo‗lishi kerak. Havo yo‗llari tuproqdan o‗tgan bo‗lsa, devorlari suv va havo 
o‗tkazmaydigan bo‗lishi lozim. Beriladigan havoni mexanik aralashmalardan 
tozalash uchun changni cho‗ktiradigan kameralar yoki filtrlar ishlatiladi. 
Yilning sovuq paytlarida xonalarga beriladigan havo isitilgan bo‗lishi kerak. 
Havo maxsus asboblar kaloriferlar bilan isitiladi. Zaruriyat tug‗ilganda xonaga 
beriladigan havo sovutilgan bo‗lishi kerak. 


123 
Past temperaturalarda tashqi havoda suv bug‗lari odatda arzimas miqdorda 
bo‗lgani uchun havo isitilganida va issiqlikdan xajmi kengayganida nisbiy namligi 
juda kamayib qoladi. Havoning nisbiy namligini etarli darajaga keltirish uchun uni 
namlash usulidan foydalaniladi. Havoni namlash uchun bug‗lantiruvchi asboblar 
qo‗llaniladi yoki namlash kameralarida suvni purkash usulidan foydalaniladi. 
Havo yo‗llarining ichki yuzasi silliq bo‗lishi kerak, tozalash oson bo‗ladi va 
havo o‗tishiga ko‗rsatadigan qarshiligi kamayadi. Bir xil maqsadga xizmat 
qiladigan xonalardan havo tortuvchi kanallarni umumiy sistemaga birlashtirsa 
bo‗ladi. Inson yashaydigan xonalarning havo tortuvchi yo‗llarini oshxona, 
xojatxona va boshqalardan chiqadigan havo yo‗llari bilan birlashtirish yaramaydi. 
Sun‘iy havo almashinuvi tizimining eng murakkablashgani berilgan harorat 
va havo namligi parametrlariga avtomatik boshqarish yordamida yutiladigan 
havoni konditsirlash. Havoni konditsirlash texnikasining tug‗ilishi XX asrning 
boshlari hisoblanadi. Havoni konditsirlash termini 1904-yil S. Kramer tomonidan 
taklif qilingan. Konditsionerlar havoni mexaniq aralashmalardan tozalab, uni 
isitadi yoki sovutadi, xonaga beriladigan havo namligini oshiradi yoki kamaytiradi 
va ularga muayyan tezlik bilan havo berib turadi. 
Xonalarda havo almashinuvi sifatini, uning tarkibida karbonad angidrid 
gazining miqdoriga qarab baholash mumkin. 
Turar joylarni loyixalash va xonalarni shamollatishni hisobga olganda, SO
2
ning 0,1% miqdori hisob-kitob ko‗rsatkichi hisobida qabul qilingan. 
Havoning almashinish karraligi deb , shu xona havosining 1 soat mobaynida 
necha marta to‗liq almashinishiga aytiladi. 
Havo almashinuvining karraligi berilgan yoki xonadan chiqarilgan havo 
miqdorining xona hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi. 
Masalan, Qadoqlash xonasining kengligi 60 m
3
ga
teng, xonadan olib 
chiquvchi ventilyasiya 
yordamida
soatiga 180 m

hajmidagi havo olib chiqiladi. 
Havo almashinuvining karraligi 3 ga teng. Havo karraligi ko‗rsatkichining oldiga ( 
+ ) yoki ( – ) belgisi qo‗yiladi. ( + ) belgisi kirish havo oqimini, ( – ) belgisi esa 
chiqarish orqali havo oqimini ko‗rsatadi. Masalan, aseptika xonasida havoning 


124 
hajmi + 4-2 bo‗lishi kerak. Bu degani har soatda xonaga to‗rt marta havo kiradi va 
ikki marta chiqariladi. Shunday qilib, olib kirilayotgan va olib chiqayotgan havoni 
hajmini bilish orqali, zarur bo‗lgan havo almashinuvi karraligini hisoblab chiqish 
mumkin (5.3. Jadval). 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin