Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

 


112 
Jadval 5.1 
Xonalarning insolyasiya tartibining turlari 
Insolyasiya 
tartibi 
Orientatsiya 
Insolyasiyani 
vaqti 
Xona yuzasini 
Insolyasiyasi (%) 
Maksimal 
Janubiy, Sharqiy 
Janubiy-G‗arbiy 
5-6 soat 
80% 
O‗rtacha 
Janubiy, Sharqiy 
3-5 soat 
40-50% 
Minimal 
Shimoliy-Sharqiy 
Shimoliy-G‗arbiy 
3 soatdan 
kam 
30% kam 
Binolar g‗arb tomonga qaratilganda insolssiya tartibi turli bo‗ladi. Davomi 
bo‗yicha u o‗rtacha, havoni isitish bo‗yicha esa u maksimal insolyasiya tartibiga 
to‗g‗ri keladi. 
Sun‟iy yorug„lik bilan yoritishga qo„yiladigan gigiyenik talablar 
Sun‘iy yorug‗lik manbalari xonalar xamda ulardagi ishchi o‗rinlarining 
etarlicha va bir tekis yoritilishini ta‘minlab beradigan bo‗lishi kerak. Sun‘iy 
yorug‗lik bilan yoritishning ikki sistemasi tafovut qilinadi: umumiy yoritish va 
aralash yoritish sistemasi aralash yoritishda umumiy yoritish manbaiga qo‗shimcha 
qilib mahalliy yorug‗lik qo‗shiladi. Ish o‗rinlarining yoritilishi, ish vaqtida ko‗z 
o‗tkirligi, mayda jismlarni farq qilish tezligi xamda doim ravshan ko‗rishni etarli 
ta‘minlab berishi kerak. 
Yorug„likni ko„rish a‟zolari faoliyatini baholash 
Qarama-qarshi kontrast sezuvchanlik. Bironta buyumni ko‗rish uchun u 
ravshanligi hamda rangi bilan boshqa buyumlardan farq qilishi kerak. Buyum 
ravshanligi va rangi bilan boshqa buyumlardan farq qilishini ko‗z ajrata olsa, unga 
kontrast sezuvchanlik chegarasi deyiladi. 
Ish joylarining bir tekis yoritilmasligi tufayli, yorug‗lik bir xil 
tushmasligidan har xil soyalar paydo bo‗lib, ish qobiliyati pasayadi. Shu bois ish 
joyini to‗g‗ri yoritish zarur. 


113 
Ko„z o„tkirligi deb ko‗zning mayda detallarni ajrata olish xususiyatiga 
aytiladi. Ko‗z o‗tkirligi ko‗zdan kechirilayotgan ikki ob‘ektni alohida-alohida deb 
idrok etish uchun ketadigan eng kam vaqt oralig‗i bilan ta‘riflanadi. 
Farq qilish tezligi deb ko‗zning detalni ko‗ra olishi xamda shaklini aniqlay 
olishi uchun sarflanadigan eng kam vaqtga aytiladi. 
Doim ravshan ko„rish ko‗ruv analizatorining ko‗zga chalingan detallarni 
aniq holda uzoq saqlab qolish xususiyatini ta‘riflab beradi. Ko‗zning bu funksiyasi 
ko‗z bilan ko‗rib qilinadigai ishni bajarishda muhim axamiyatga ega bo‗ladi va 
ko‗p jihatdan ish qobiliyatini belgilaydi. 
Sun‟iy yoritish manbalari va uni baholash usullari 
Standartlar bo‗yicha eritilganlik nazorat nuqtalarida o‗lchanadi: xona 
O‗rtasida, devor yonlarida, yoritgichlar ostida, ularni o‗rtalarida va qatorlari 
orasida o‗lchanadi. Nazorat nuqtalari soni 5 tadan kam bo‗lmasligi kerak. 
Me‘yordagi shartli ish yuzalarida yoki amaldagi ish yuzalarida o‗lchash o‗tkazish 
mumkin. O‗lchashni o‗tkazishdan avval barcha kuygan lampochkalarni yangisiga 
almashtirish kerak. Su‘niy yoritilganlik qorong‗i paytda o‗lchanadi (tabiiy 
yoritilish aralashganligi 0,1 dan oshmasligi kerak). Mahalliy va umumiy yoritilish 
manba‘lari bo‗lganda avval umumiy yoritgichlar ostida, keyin mahalliy 
yoritgichlar yoqiladi va ular tagida o‗lchaniladi, o‗lchanganlar natijalari yig‗indisi 
ishlatiladi. 
Sun‘iy yoritilganlik bir qancha omillarga bog‗liq bo‗ladi, xonaning kattaligi 
(o‗lchamlari), foydalanilgan chiroqlarning turi, quvvati va soniga, ularning sozligi, 
osilish balandligi, tozaligi, armaturalarning turi, xonadagi yuzalarning nurni 
qaytarish xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi. Xonalarning sun‘iy yoritilish xolatini 
baxolashda birinchi navbatda yuqoridagi xamma omillarni tavsiflash kerak bo‗ladi. 
Sun‘iy yoritilganlikka quyidagi gigienik talablar qo‗yiladi: 
- yoritilish etarli bo‗lishi; 
- tushayotgan nurlar tarqoq bo‗lishi; 
- ish joyidagi yoritilganlik bir tekis va keskin ko‗lankalarsiz (soyalarsiz) 
bo‗lishi kerak. Ko‗lankalar tushganda ish qobiliyati pasayadi va yoritilganligi 


114 
bo‗yicha keskin farq qiladigan bir yuzadan ikkinchisiga qaralganda ko‗zning 
moslashuvi tez bo‗lganligi sababli ko‗zning toliqishi kuchayadi. 
Yorug‗lik manbalari va yuzalar odamning ko‗ruv maydoniga tushib, ko‗zni 
qamashtiradi va funksiyasini buzadi. Juda ravshan yorug‗lik manbalari va yuzalar 
ko‗zdan yosh oqizadi va hatto og‗riq sezgisini paydo qiladi. Ko‗z yordamida 
zo‗riqib ishlashda yoritilish etarlicha bo‗lmaganda kishida, ayniqsa bolalarda yaqin 
masofadan ko‗ra olmaslik rivojlanadi. Turar joy xonalarida o‗rtacha yoritilganlik 
30-50 lyuksdan kam bo‗lmasligi, o‗qish va yozishda ish joyidagi yoritilganlik esa 
150-300 lyuksdan kam bo‗lmasligi kerak (sinflar uchun). 
Hozirgi vaqtda yorug‗lik manbalari sifatida cho‗g‗lanma va lyuminitsent 
lampalardan foydalaniladi. Cho‗g‗lanma lampalarda issiqlik energiyasi yorug‗lik 
energiyasiga aylanadi. Lyuminitsent lampa oddiy shishadan yasalgan simob 
bug‗lari va argon to‗ldirilgan naychadan iborat. Spektrning xilma xilligi 
lyuminitsent lampalarning gigienik afzalliklaridan xisoblanadi. Lyuminitsent 
lampalar gigiyenik jixatdan afzalroqdir, chunki tarqoq, bir tekkisda yorug‗lik 
beradi, ko‗zni qamashtirmaydi, kam elektr energiyasi sarflaydi, uzoq muddat 
ishlaydi. Lekin ularning qo‗shimcha salbiy xususiyatlari bor, ya‘ni tovush 
chiqaradi. Bundan tashqari nur chiqaradigan yuzasi katta bo‗lgan lyuminitsent 
lampalar ko‗lanka hosil qilmaydigan yumshoq tarqoq yorug‗likni vujudga 
keltiradi. 
Sun‘iy yoritish manbai sifatida lyuminetsent lampalar cho‗g‗lanma 
lampalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega: 
1) bir xil quvvatda cho‗g‗lanma lampalarga nisbatan 2 barobar yorug‗lik ko‗p 
ajratadi 
2) uning spektri quyosh spektriga yaqin 
3) oz yorug‗lik quvvatini talab qilish bilan ifodalaniladi 
4) keskin soyalar hosil qilmaydi 
5) to‗g‗ri rang o‗tkazishni ta‘minlaydi 


115 
Xonalarda bir vaqtda lyuminetsent lampalar bilan cho‗g‗lanma lampalarni 
birgalikda ishlatishga ruxsat etilmaydi. Sun‘iy yoritilganlik ish joylarida gorizontal 
tekislikda lyuksmetr bilan aniqlanadi. 
Agar aniqlash kunduzi olib borilsa, avval aralash yoritilganlik (sun‘iy va 
tabiiy yoritilganlik), so‗ngra tabiiy yoritilganlik aniqlanadi. 
Xonaga kerakli lampalar miqdorlarini aniqlash uchun, uning solishtirma 
quvvatiga qarab hisob qilinadi. Solishtirma quvvati - bu lampalar umumiy 
quvvatining pol yuzasiga bo‗lgan nisbatidir (Vt/m
2
). Lampa solishtirma 
quvvatining kattaligi lampaning jihozlanishiga, balandligiga, pol sathiga va shu 
xonada (bajariladigan ishga qarab) kerak bo‗lgan yoritish miqdoriga bog‗liq. 
Xonaga kerakli lampalarning miqdorini aniqlash uchun solishtirma quvvatini 
xona sathiga ko‗paytirib, 1 ta lampaning quvvatiga bo‗linadi (SK-300 lampada-300 
Vt, ShOD-2-80-100 Vt, ShOD-2-40 da 80 Vt). 
Sun‘iy yoritish qurilmalaridan yoritilganlikni o‗lchash (shu jumladan 
kombinatsiyalashgan yoritish rejimida ishlaganda) kechasi (binolarda joylashgan 
tabiiy yorug‗ligi bo‗lmagan xonalar bundan mustasno) amalga oshirilishi kerak. 
Yoritilganlik o‗lchovlari lyuksmetrlar yordamida amalga oshiriladi. 
Lyuksmetr bilan ishlaganda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 
- fotoelementni ish stoli yuzasida (gorizontal, vertikal, qiya) joylashtirish kerak; 
- fotoelementga odamlardan va ish uskunalaridan tasodifiy soyalar tushmasligi 
kerak; agar ish joyiga ishchining o‗zi yoki uskunaning qismlari tomonidan soya 
tushadigan bo‗lsa, unda yorug‗likni haqiqiy sharoitda o‗lchash kerak; 
- o‗lvochi asbobni metall yuzalariga o‗rnatish mumkin emas. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin