4.3. DORIXONA XODIMLARINING SHAXSIY GIGIYENASI.
Dorixona ishchi-xodimlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari.
Dorixona xodimlari ishga kirishdan oldin dastlabki va ish jarayonida davriy
tibbiy ko‗riklardan o‗tishlari kerak va ko‗rik natijalari sanitariya daftarchasiga
qayd etiladi. Farmatsevtika xodimlari bir yilda bir
marta terapevt,
dermatovenerolog nazoratidan o‗tishi, flyurografiya qildirishi, jinsiy yo‗l bilan
yuqadigan kasalliklarga analiz topshirishi lozim. Ishlab chiqarish sohasida
ishlaydigan xodimlar qo‗shimcha yiliga bir marta oftalmolog, nevropatolog,
102
otorinolaringologga tashrif buyurishlari, leykotsit formulasini aniqlash uchun
umumiy qon testini o‗tkazishlari kerak. Bundan tashqari, har bir xodim o‗z sog‗ligi
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni rahbariyatga ma‘lum qilib borishi kerak. Yyqumli
kasalliklar bilan kasallangan, teri va ko‗z, burun shilliq pardalarining shikastlanishi
bo‗lgan ishchi xodimlar ishga qo‗yilmaydi. Kasallik aniqlangan ishchi xodimlar
davolanish va sog‗ligini qayta tiklash uchun yuboriladi va davolash profilaktika
muassasasi tomonidan sog‗ligi tiklanganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma
bo‗lsagina ishlashga ruxsat beriladi.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish har bir inson uchun albatta
bajarilishi shart va bu odatiy bo‗lishi lozim. Dorixona xodimlarining shaxsiy
gigiyena qoidalariga rioya qilishi katta ahamiyatga ega, chunki sanitariya
qoidalarini buzilishi dorixona ichidagi infeksiyaning tarqalishi va dorilarni
ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari dorixona xodimlarining tashqi
ko‗rinishi, kiyim va qo‗llarining tozaligi, soch turmaklashi, gigiyenik bilimlarga
amal qilishi sanitariya oqartuvida katta rol o‗ynaydi. Dorixona xodimlarining
xaridorlar bilan bo‗lgan muomalasi, gapirish madaniyati namunali bo‗lishi kerak.
Dorixona xodimi ish vaqtida doimo xalatda va bosh kiyimda (ro‗mol yoki
qalpoq) bo‗lishi kerak. Shuning uchun u uchta xalat va uchta bosh kiyimi bo‗lishi,
kamida ikki marta almashtirishi, sochlarini bosh kiyim ostiga olishi, qo‗llarini
sovunlab va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvishi lozim. Xalat va shahsiy
kiyimlar alohida saqlanishi lozim. Dorixona xodimlari ishga kelganlarida oyoq
kiyimlarini almashtirishlari lozim.
Dorixona
xodimlari
hojatxonaga
kirayotganlarida
xalatni
echishi,
chiqqandan so‗ng qo‗llarni sovun, dezinfeksiyalovchi modda bilan yuvishi kerak.
Hojatxona oldida sovuq va issiq suv keltirilgan rakovina, dezinfeksiyalovchi
moddali eritma, elektr quritgich, xalat va sochiq uchun ilmoqcha, bularning
hammasi hojatxonadan oldingi xonada bo‗lishi kerak.
Xalatda ishlab chiqarish xonalaridan, dorixonadan tashqariga chiqishi,
ishlab chiqarish xonalariga xalatsiz kirishi, dastro‗moldan tashqari begona
103
narsalarning xonaga olib kirish, saqlash mumkin emas. Shkafda shahsiy kiyim va
ishlab chiqarish kiyimlarini saqlash ta‘qiqlanadi.
Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi.
Ayniqsa tirnoq osti tozalik holatiga e‘tibor berish lozim.
Aseptik sharoitida dori tayyorlaydigan xodimlar shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilishlari lozim. Steril dorilarni tayyorlash shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilgan holatlarda tayyorlanilishi kerak. Ish vaqtida tananing
barcha qismi yopiladigan (jarrohlik) xalat, bosh va oyoq kiyim, dokali niqob
kiyilishi shart. Kiyimlar aseptika (shlyuz) xonasiga kirish oldida almashtirilishi
kerak.
Ishlab chiqarish xodimlari oziq-ovqat, chekish materiallari yoki shaxsiy
dori-darmonlarni dorixonalar ishlab chiqarish sohalarida va tayyor mahsulotlarni
saqlash joylarida iste‘mol qilmasligi va saqlamasligi kerak. Xalatlarining
cho‗ntaklarida ro‗molchadan tashqari shaxsiy buyumlar bo‗lmasligi kerak.
Spasokukotskiy-Kochergin usulida 100 ml suv va 0,5ml 10% ammiak
eritmasi solingan ikkita sirli tog‗arachada qo‗l zararsizlantiriladi. Qo‗lni dokali
salfetka yoki paxta bilan avval birinchi, so‗ng ikkinchi tog‗arachada
zararsizlantiriladi. Agarda ikkinchi tog‗aradagi suv xira bo‗lsa zararsizlantirishni
yana takrorlash lozim. Qo‗l yuvilganidan so‗ng quruq steril sochiq, so‗ng 3-5
daqiqa 70
0
S etil spirti bilan artiladi.
Bu omillarni oldini olish uchun avvalambor ish joyini to‗g‗ri jihozlash,
kompleks va kichik mexanizatsiyalangan texnologik va tashkiliy muhit
ta‘minlanishini to‗g‗ri tashkil qilish kerak. Barcha kerakli jihozlar, dori tayyorlash
uchun kerak bo‗ladigan qo‗shimcha materiallar va moddalar ortiqcha harakat
qilmaslik, osonlikcha olish uchun ish stoliga maksimal darajada yaqin joyga
joylashtirilgan bo‗lishi kerak. Ish joyi qulay, tanani noto‗g‗ri tutishga majbur
qilmaydigan qilib tanlanishi kerak.
Ishda qo‗llaniladigan jihozlar va buyumlar stol ustida qulay va ratsional
joylashtirilishi lozim. Ish jarayonida o‗ng qo‗lda olinadigan barcha narsalar (tarozi
104
toshlari, ruchka va boshqalar) o‗ng tarafda joylashtirilishi kerak. Chap tarafda
tarozi, signaturlar, dorixona shisha idishlari va boshqalar joylashtiriladi.
Stol va stul konstruksiyasi organizmning fiziologik holatiga mos kelishi va
ishlashga qulay bo‗lishi kerak (harakatlanadigan, aylanadigan va boshqa).
Ish turini va faoliyatini almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Kukunli
dori shakllarini qadoqlashda, idishlarni to‗ldirishda, eritmalarni qadoqlashda va
boshqa jarayonlarni qo‗l mehnati bilan bajarishni qisqartirish va iloji boricha to‗liq
taqiqlash kerak.
Ko‗pgina
diqqatni
ishlab
chiqarish
jismoniy
mashgg‗ulotlarga,
mikrotanaffusga, tana holatini o‗zgartirishga, mehnatning ilmiy elementlarini
kiritishga qaratish lozim. Tahminiy va davriy tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish, ko‗z,
tayanch-harakatlantiruvchi apparatlardagi o‗zgarishlar va boshqa kasalliklarni
oldini olishga imkon beradi.
Ishlab chiqarishda aseptik sharoitda ishchi xodimlarni ishlashga tanlash va
tayyorlashga alohida e‘tibor qaratish lozim. Aseptik bo‗limda ishlaydigan xodimlar
ishlab chiqarish jarayonidagi noqulayliklarga, ya‘ni qo‗llarni doimiy tozalashga,
kiyimni qat‘iy belgilangan ketma-ketlikda o‗zgartirishlarga, yuzga taqiladigan
niqoblarga, qo‗ldagi rezina qo‗lqoplarga ko‗nikishlari shart bo‗ladi. Xodimlarning
salomatlik holatiga alohida e‘tibor beriladi va quyidagilarga aseptik bo‗limda
ishlash taqiqilanadi: tanasidan ter va epidermis ko‗p ajratuvchilar, allergik
kasalliklarga chalinganlar, surunkali yo‗talga chalinganlar, bakteriya tashuvchilar.
Xodimning og‗iz va burun bo‗shlig‗i dastlabki sanatsiyadan o‗tkazilishi zarur.
Xodimning shaxsiy psixologiyasiga xam alohida e‘tibor beriladi. Tinch,
muvozanatli xarakterga ega bo‗lish talab etiladi, chunki hissiy odam odatda tezroq
harakat qiladi, ko‗proq nafas oladi, ko‗proq terlaydi va gapiradi, shuning uchun
ko‗proq zarrachalarni va mikroorganizmlarni o‗zidan ajratadi.
Bundan tashqari, bu
bo‗lim xodimlari ishning bir xilda (monotonlik) uzoq vaqt davom etishiga sabr
toqat bilan chidashlari va bajarilayotgan xar bir jarayonga diqqatlarini jalb
qilishlari kerak. Ko‗rsatmalardagi ko‗plab qoidalar va talablarga rioya qilish juda
muximdir.
|