Nuraliyeva xafiza otaevna


 HAVO ALMASHINUVI VA KONDITSIONERLARGA



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

5.2. HAVO ALMASHINUVI VA KONDITSIONERLARGA 
QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR. 
Ishlab chiqarish ventilyasiyasi (havo almashtirish) sanitariya –texnik 
tadbirlarga kiradi va ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini sog‗lomlashtirishni 
ta‘minlovchi choralar sistemasida etakchi o‗rinlardan biriga ega. Uning yordamida 
ko‗p xollarda optimal yoki yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan mehnat sharoitlarini 
ta‘minlanishiga erishilmoqda. Turar joy va jamoat binolarida havo almashinuvini 
to‗g‗ri tashkillashtirish xonadagi havoning ifloslanishiga qarshi ko‗rashning eng 
asosiy sharoiti hisoblanadi. Bundan tashqari, ventilyasiyaning ahamiyati shundan 
iboratki, u binoni saqlashda va namlik rivojlanishidan ogohlantiradi. 
Havo almashinuvi jihozlariga va tizimiga qo’yiladigan gigiyenik talablar 
qo‘yiladi: 
-havo harorati va namligini komfort ushlab turish; 
- kuchli va noxush havo harakati tezligiga yo‗l qo‗ymaslik; 
- havodagi turli gaz va bug‗ aralashmalarini va begona hidlarning 
to‗planishidan ogohlantiradi; 
- yil davomida to‗xtovsiz ta‘sir ko‗rsatadi; 
- detallarning kichik gabaritliligini ta‘sirining shovqinsiz sozlash va 
tozalashning engilligi. 
Havo almashinuvining etarligini baholashda CO

ning miqdorining ortishi 
bilan parallel ravishda metabolizmning gaz va bug‗simon mahsulotlari ammiak, 
oltingugurt vodorodi, indol, merkapton va boshqalarning to‗planishi bilan birga 
boradi. Havoda ularni aniqlash esa birmuncha qiyinchiliklar tug‗diradi. Turar joy 


118 
xonalari va kishilar to‗planadigan boshqa joylar havosida CO
2
miqdori 0,07% dan 
oshmasa, odatda unda havo buzilmaydi. Havoda CO

miqdorining 0,1% oshishi 
xonaning etarlicha shamollatilmaganligini ko‗rsatadi. Xonaga vaqt birligida berish 
zarur bo‗lgan shamollatuvchi havo miqdori bir qancha omillarga - xona xajmiga, 
kishilar soniga, bajariladigan ish turiga, xona havosidagi zararli moddalar 
miqdoriga bog‗liq. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin