Sanitar-texnologik kiyimni zararsizlantirish.
Aseptik bo‗lim uchun sanitar-texnologik kiyimlar to‗plamiga xalat yoki
shim kostyum shim yoki kombinezonlar; maxsus poyafzal va baxillalar; og‗iz va
burunni qoplovchi niqob; zarur bo‗lgan paytlarda talksiz rezina qo‗lqoplar kiradi.
Komplekt bug‗ sterilizatorlarida 120
0
S da 45 daqiqa davomida yoki 132
0
S da – 20
daqiqa davomida sterillanadi va yopiq bikslarda 3 kundan ortiq bo‗lmagan
muddatda saqlanadi. Agar iloji bo‗lsa, bir martalik steril kiyimlar komplektidan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Xodimlarni qo„lini dezinfeksiya qilish.
Dorixonalarning sanitariya rejimiga muvofiq qo‗llarni maxsus tozalash
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: yuvish, dezinfeksiya qilish va yumshatuvchi
vositalar bilan ishlov berish. Ifloslanishlarni va mikroflorani mexanik olib tashlash
uchun qo‗llar yuqori ko‗pik qobiliyatiga ega bo‗lgan sovun bilan (bolalar, xo‗jalik
sovunlari) yoki ishqorsiz suyuq yuvish vositasi bilan iliq oqib turgan suvda
yuviladi. Chayilgan qo‗llar elektr quritgich yoki bir martalik sochiq yoki salfetka
bilan quritiladi.
Steril kiyim kiyilgandan so‗ng dezinfeksiyalovchi vositalar (teri
antiseptiklari) bilan qo‗llar tozalanadi. Buning uchun 70% li spirt yoki boshqa
spirt saqlovchi vositalar (AXD-2000, Oktoniderm, Oktonisept), 0,5% xlorgeksidin
biglyukonat eritmasi ( 70%li etil spirtida), iodopiron eritmasi i 1% li boshqa
iodoforlar (iodonat, iodvidon), 0,5% xloramin B eritmasidan foydalaniladi.
Qo‗llarni zararsizlantirishda spirt saqlovchi preparatlar shimdirilgan dokali
salfetka orqali artiladi. Xlorgeksidin yoki yodoforlarning eritmalaridan
foydalanilganda preparat ko‗l kaftlariga 5-8 ml miqdorda quyiladi va shu bilan qo‗l
terisi artiladi; qo‗llarni xloramin eritmasi bilan tozalanganda ular eritmaga
botiriladi va 2 daqiqa davomida yuviladi, so‗ng qo‗llar quritiladi.
Ish oxirida qo‗llar iliq suv bilan yuviladi va qo‗l terisining elastikligini va
mustahkamligini ta‘minlovchi yumshatuvchi vositalar bilan ishlov beriladi.
140
Qopqoqli vositalar va yordamchi materiallarni dezinfeksiya qilish.
*Yangi rezina tiqinlar 3 daqiqa davomida issiq (50-60
0
S) 0,5% li yuvish
vositalari "Lotus", "Astra" eritmasi bilan yuviladi (tiqin va yuvish vositasi og‗irligi
1:5 nisbatda bo‗ladi); 5 marta issiq vodoprovod suvi bilan yuviladi, har safar suv
yangisiga almashtiriladi va 1 marta tozalangan suv bilan yuvildi; 30 daqiqa
davomida 1% li natriy bikarbonat eritmasida qaynatiladi, 1 marta vodoprovod suvi
va 2 marta tozalangan suv bilan yuviladi. So‗ngra shisha yoki emal idishlarga
solinib, tozalangan suv bilan to‗ldiriladi, qopqog‗i yopiladi va 120
0
S da 60 daqiqa
davomida bug‗ sterilizatorida saqlanadi. Keyin suv to‗kiladi va tiqinlar tozalangan
suv bilan yana yuviladi. Tozalangandan so‗ng tiqinlar bikslarda joylashtirilib
120
0
Sda 45 daqiqa davomida bug‗ sterilizatorida sterillanadi. Steril tiqinlar 3
kundan oshmagan xolda yopiq bikslarda saqlanadi. Biks ochilgandan so‗ng,
tiqinlar 24 soat ichida ishlatilishi kerak. Rezina tiqinlarni oldindan tayyorlab
qo‗yish maqsadida ishlov berilganidan keyin sterilizatsiya qilmasdan issiq oqimli
sterilizatorda 50
0
S dan yuqori bo‗lmagan haroratda 2 soat davomida quritiladi va 1
yildan ko‗p bo‗lmagan muddatda salqin joyda yopiq bikslarda saqlanadi.
Ishlatishdan oldin rezina tiqinlar 120
0
S da 45 daqiqa davomida bug‗ sterilizatorida
sterillanadi.
* Rezina qopqoqlar 70-80
0
S gacha qizdirilgan 1-2% li yuvish vositalari
eritmasida 15 daqiqa saqlanadi. Qopqoqlar massasining tozalash eritmasi hajmiga
nisbati 1:5. Keyin eritma to‗kiladi va qopqoqlar oqib turgan vodoprovod suvi
bilan, keyin tozalangan suv bilan yuviladi. Toza qopqoqlar biksga joylashtiriladi va
50-60
0
S haroratda havo sterilizatorida quritiladi. Yopiq idishlarda (biks, banka,
qutilarda) ularning ifloslanishini istisno qiladigan sharoitda saqlanadi.
* Yangi polietilen tiqinlar vodoprovod suvi bilan bir necha marta yuviladi
(50-60
0
S). Saqlash vaqtida tiqinlar ifloslangan taqdirda, ular yuvish vositalari bilan
oldindan yuviladi. So‗ngra tiqinlar tozalangan suv bilan chayiladi va 6 soat
davomida yangi 6% li vodorod peroksidining eritmasiga botirib sterillanadi,
shundan so‗ng ular tozalangan suv bilan yuviladi va 50-60
0
S da havo sterilizatorida
141
quritiladi. Quritilgan tiqinlar steril bankalarda, bikslarda 3 kunlik muddatda
ifloslanishini istisno qiladigan sharoitda saqlanadi.
* Yangi plastik vintli tiqinlar vodoprovod suvi (50-60
0
S) bilan bir necha
marta yuviladi, ifloslanganlari esa yuvish vositalari bilan yuviladi, so‗ngra 50-60
0
S
da havo sterilizatorida quritiladi. Quritilgan tiqinlar ularning ifloslanishini istisno
etuvchi sharoitlarda yopiq qutilarda saqlanadi.
* Yordamchi materiallarni sterillash uchun ular tayyor xolatda qanday
ishlatilsa, shunaqa xolatda bikslarga joylashtiriladi (pergament va filtr qog‗ozlar,
doka kerakli kattalikdagi bo‗laklarga bo‗linadi; paxtadan tamponlar qilinadi va
boshqalar). 120
0
Sda bug‗li sterilizatorda 45 daqiqa davomida sterillanadi. Yopiq
biks yoki qutilarda 3 kunlik muddatda saqlanadi, ochilgandan so‗ng material 24
soat davomida ishlatiladi.
Dezinfeksiya tadbirlarining sifatini nazorat qilish.
Dezinfeksiya tadbirlarining sifati vizual, kimyoviy va bakteriologik nazorat
orqali aniqlanadi.
Vizual tekshirish vaqtida manbaning sanitariya holati, zararsizlantirish
tadbirlarining o‗z vaqtida va to‗liq o‗tkazilganligi, manba va zararsizlantirish
usullarini to‗g‗ri tanlanganligi, xona, manba (ob‘ekt) va manba yuzalarini
zararsizlantirish sifati aniqlanadi.
Kimyoviy nazorat faol ta‘sir etuvchi preparatlar va ishchi eritmalarning
tarkibini, ya‘ni ishlatilayotgan ishchi eritma konsentratsiyasini amaldagi me‘yoriy
hujjatlarda keltirilgan konsentratsiyalarga mosligini tekshirish, dezinfeksion
moddalarni saqlanish jarayonlarining to‗g‗riligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Buning uchun dezinfeksiyalangan jixozlar va manba yuzalarida xlor mavjudligi
aniqlanadi. Agar dezinfeksiyadan so‗ng dezinfeksiyalangan jixoz va manba
yuzalarida qoldiq xlor aniqlansa, dezinfeksiya to‗g‗ri va to‗liq o‗tkazilgan deb
hisoblanadi.
Yod-kraxmal usuli - dezinfeksiya sifatini baholashda tezkor usul hisoblanadi.
Paxtadan tayyorlanilgan sharcha oldin 10% li kaliy yodidning eritmasida va keyin
yangi tayyorlangan 1% kraxmal eritmasi bilan xo‗llaniladi. Agar paxtadan
142
tayyorlanilgan sharcha nazorat qilinayotgan yuzaga tegizilganda ko‗k rangga
bo‗yalsa, bu faol xlor mavjudligini ko‗rsatadi, ya‘ni o‗tkazilgan dezinfeksiyani
ishonchli ekanligini ko‗rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |