162
3. biologik.
Fizikaviy usullari
1. Ionizatsiya usuli. Bu usul Geyger-Myuller hisoblagichini to‗ldiradigan
gazning ionizatsiyalanish samarasini qayd qilinishiga asoslangan.
Ionlanish
natijasida hisoblagichni darajalanishi yoki ular zaryadlari potensialining
kamayishiga olib keladi. Hisoblagichga priborni pasportida ko‗rsatilgan
muayyan
ish kuchlanish berilganda hisoblagichni darajalanishidan kelib chiqadi.
Geyger-Myuller hisoblagichi yordamida beta-zarrachalari,
gamma-kvant,
shuningdek rentgen nurlari qayd qilinadi qattiq turdagi nurlarni dozimetriya va
dozimetriyasi.
2. Sintilyasion usul. Ba‘zi bir moddalar (rux sulfid, stilben, antratsit)
ionizatsion nurlanishi ta‘siri ostida yorug‗lik va sintilyasion portlash hosil qilishiga
asoslangan. Sintilyasiya intensivligi ionlovchi nur instensivligiga
proporsional
bo‗ladi. Bu usul har xil nurlanishlarni aniqlashda ishlatiladi.
3. Kalorimetriya usuli. Bu usul nurlanish energiyasining kalorimetik
tanasida yutilib unda issiqlik energiyasiga aylanishiga asoslangan.
Alfa nurlarini kalorimetrik usulda o‗lchash osonroq. Chunki ular kalorimetr
tanasiga to‗liq yutiladi. Ko‗proq dozimetriyada qo‗llaniladi.
Kimyoviy usullar.
Kimyoviy usul. Bu usul yordamida ionizatsion nurni moddalarga ta‘sir
qildirib kimyoviy o‗zgarishi aniqlaniladi: valentligining o‗zgarishi,
molekulyar
tarkibini o‗zgarishi, ochiq materiallarni qorayishi. Shaxsiy nurlanish dozasini
aniqlash uchun ishlatiladi.
Fotografiya usul. Ionlovchi nurlanish ta‘sirida fotoqog‗ozning qorayishni
qayd qilinishiga asoslangan. Bu fotoqog‗ozning qorayishi
darajasi nurlanish
dozasiga bog‗liq bo‗ladi. Asosan korpuskulyar nurlarni tashqi oqimini o‗lchash
uchun ishlatiladi.
Biologik usul.
Bu usul ionlovchi nurlanish ta‘sirida organizmda bo‗ladigan o‗zgarishlarni
darajasi va xarakterini qayd qilishga asoslangan. Odamga nisbatan bu usul
163
qandaydir avariya natijasida shtatdan tashqari holatda
olgan nurlanish dozasini
baholash uchun ishlatiladi. Bu murakkab, mehnat talab qilinadigan usullar olingan
nurlanish dozasi haqida aniq ma‘lumot bermasligi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: