7.2. FITOPREPARATLAR TAYYORLASHDA MEHNAT
SHAROITLARINING GIGIYENIK TAVSIFI
Fitopreparatlar dorivor o‗simlik xom ashyosidan oladilar. Ularni ikki
guruhga ajratadilar: yangi uzilgan o‗simliklardan tayyorlangan preparatlar va
quritilgan o‗simlik xom ashyosidan tayyorlangan preparatlar.
Yangi uzilgan o‗simliklardan tayyorlangan preparatlar sharbatlar va
ajratmalarga bo‗linadi.
Ularni tayyorlash chog‗ida apparaturaning germetikligi buzilgan holda va
havo almashinuvi ishining samaradorligi past bo‗lganda ishlovchilarga
ekstragentlarning (dixloretan, efirlar, spirtlar va b.) bug‗lari ta‘sir ko‗rsatishi
mumkin. Yangi uzilgan dorivor o‗tlarni maydalash jarayonlarini gigiyenik jixatdan
noqulay deb hisoblash lozim, chunki bu paytda ular sharbati tomchilari va mayda
bo‗laklari nafas organlari tananing ochiq qismlari terisiga (qo‗llar, yuz) tushib,
bunda terini yallig‗lantiruvchi va sensibilizatsiyalovchi ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Quritilgan o‗simlik xom ashyosidan tayyorlangan preparatlarga nastoyka va
ekstraktlar kiradi. Nastoykalar quruq o‗simlik xom ashyosidan tayyorlangan spirtli
yoki spirtli-efirli ajratmalar bo‗lib, ular isitishsiz va ekstragensiz olib
tashlanmasdan olinadi. Nastoykalarni tindirish, perkolyasiya (filtr orqali uzluksiz
filtrlash) va ekstraktlarni eritish yo‗li bilan oladilar.
Ekstraktlar - quruq o‗simlik xom ashyosidan olingan konsentratsiyalangan
tortmalar, ballast moddalardan tozalangan galenli preparatlar. Konsentratsiyasiga
ko‗ra suyuq, quyuq va quruq ekstraktlarga ajratiladi.
Ekstraktlarni olinishining texnologik jarayoni quyidagicha bo‘ladi:
- quruq o‘simlik mahsulorlari;
- suyuq qismi quruq qismidan ajratiladi, ya‘ni tindirish, filtrlash
sentrafugalash yo‘li bilan olish;
167
- ekstragentlarni haydash, bunda suv, efir, spirt va boshqa moddalardan
quyuq ekstraktlarni bug‘lantirish usuli bilan, quruq ekstraktlarni esa vakum ostida
quritish usuli bilan haydash.
Dorivor changi fizikaviy xususiyatlari, kimyoviy qurilishiga ko‗ra
organizmga
turlicha
ta‘sir qilishi mumkin: umumiy zaxarli, terini
yallig‗lantiruvchi, allergen va boshqalar. Chunonchi, masalan, tarkibida atropin
guruhidagi alkaloidlar bo‗lgan belladonna o‗tini ortishda teriga tushib, uni
yallig‗lantiradi. Uzoq ta‘sir etganda, ayniqsa ushbu o‗t yuqori nafas yo‗llari orqali
tushganda zaxarli ta‘sir ko‘rsatidi va bosh aylanishi, umumiy qo‗zg‗alish, tomir
urishi va nafas olishning tezlashishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Qizil qalampir,
shalfey, va boshqalarning changi teriga yallig‗lantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi.
Limonnik va boshqa o‗tlarning changi bilan aloqada allergik tasirlanish xillari
ta‘riflangan.
Galenli va yangi galenli preparatlarning olinishida ish zonasi havosining
ekstragentlar va eritmalar (spirt, efir, xloroform, dixloretan va boshqalar) bug‗lari
bilan ifloslanishi ro‗y beradi. Masalan, bir qator korxonalarda spirtli eritmalar
tayyorlash xonalarida etil spirti bug‗larining yuqori konsentratsiyalari aniqlandi,
ularda ish zonasi havosida olingan sinamalarning 20-30% ida havodagi
bug‗larning miqdori REMdan ortiq bo‗lgan. Kimyoviy omilga ega majmuada
ayrim uchastkalarda ishlovchilar me‘yoridan ortiq issiqlik bilan belgilanuvchi
mikroiqlim va shovqinning bir vaqtdagi ta‘siri ostida bo‗ladilar.
Farmasevtik ishlab chiqarish omillarining zararli ta‘sir ko‗rsatishining oldini
olishda oqimli-so‘ruvci havo almashinuvining bo‘lisi, ishchilarni shahsiy himoya
vositalari bilan ta‘minlanganligi katta ahamiyatga ega
. Maydalagichlar,
tegirmonlar, elaklar, shnekli va tasmali transportyorlar va boshqa texnologik
uskunalarga xizmat ko‗rsatuvchi ishchilar maxsus kiyim-bosh, 03-N, 03-K turidagi
ximoya ko‗zoynaklari qo‗lqoplar, ShB-1 turidagi respiratorlar bilan ta‘minlanishi
shart. Bundan tashqari, organik ekstragentlar bilan aloqada bo‗luvchi ishchilarda A
rusumli filtrlovchi qutichali protivogaz bo‗lishi shart.
|