Nuraliyeva xafiza otaevna


 TABLETKALAR TAYYORLASHDA MEHNAT



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

7.4. TABLETKALAR TAYYORLASHDA MEHNAT 
SHAROITLARINING GIGIYENIK TAVSIFI. 
Tabletkalar - tayyor dorivor preparatlarning presslangan kukunlari yoki 
aralashmalaridan iborat qat‘iy dozalangan dorivor shakldir. Tayyorlash usuliga 
ko‗ra tabletkalar presslangan va trituratsion turlarga bo‗linadi. Presslangan 
tabletkalar eng keng tarqalgan. Tabletka tarkibiga dorivor moddadan tashqari 
yordamchi birikmalar ham kiradi, ular belgilanishiga ko‗ra quyidagilarga bo‗linadi: 
- aralashtirmalar, ular tabletkaga zaruriy massa hosil qilish maqsadida 
quyiladi (kraxmal, sutli qand, lavlagi qandi, glyukoza, magniy oksidi kaolin, sorbit 
va boshqalar); 
- parchalovchilar - oshqozon yoki ichakda tabletkaning mexanik bo‗linishini 
ta‘minlovchi birikmalar. Ularga shishish (agar-agar, jelatin va boshqalar) yoki gaz 
hosil qilish (limonli yoki vino-tosh kislotali natriy nitrokarbonat) hisobiga 
tabletkani parchalovchi yoki namlanishni yaxshilovchi (kraxmal, tvinlar, spenlar 
va boshqalar) moddalarning uch guruhi kiradi; 
- sirg‗anuvchi yoki moylovchi moddalar, ular tabletkaga uning sirg‗anishini 
yaxshilash uchun qo‗shiladi (kraxmal, talk, parafin, stearin kislotasi, alyuminiy 
silikati va boshqalar); 
- granula va tabletkalarni mustaxkamligini oshirish uchun foydalaniladigan 
bog‗lovchi yoki elimlovchi moddalar (glyukoza, sellilyuza, algin kislotasi va 
boshqalar). 


172 
Tabletkalarning tayyorlash uchta asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini o‗z 
ichiga oladi, bular: aralashtirish, granulalash (donalash) va presslash 
(tabletkalash). Tabletkalashga mo‗ljallangan dorivor moddalar farmatsevtik ishlab 
chiqarish korxonasiga etkazib berilib, omborda standart o‗ramda standartlanadi. 
Zaruratga ko‗ra ular tabletkalash sexiga kelib tushadi. So‗ngra dorivor va 
yordamchi birikmalarini quritish, maydalash, elakdan o‗tkazishdan iborat 
materialning tayyorlanishi amalga oshiriladi. Bu bosqichda ishlovchilarga turli xil 
moddalar changi ta‘sir qiladi, bunda nafas organlari orqali organizmga bir vaqtning 
o‗zida bir nechta moddalarning changi kirishi mumkin. 
Ingridientlarni 
aralashtirish 
dorivor 
moddalar 
reglamentiga 
ko‗ra 
aralashtiriladigan aralashtirgichlarda amalga oshiriladi, so‗ngra keyinchalik 
granulalash uchun zarur bo‗lgan elimlovchi modda bilan boshqa idishda 
namlanadi. 
Granulalash - kukunga o‗xshash materialni ma‘lum hajmdagi donalarga 
aylantirish. U tabletkalanayotgan aralashmaning qumoqligini yaxshilash va uning 
qatlamlanib qolishining oldini olish uchun amalga oshiriladi. Granulalashning har 
xil turlari mavjud: tuyish, bosish va tarkibiy granulalash
Granulalash mahsus granulyator apparatlarida amalga oshiriladi. Ko‗pincha 
ho‗l granulalashdan foydalaniladi, bundan so‗ng granulalar quritilishi zarur. U 
quritish javonlarida 30-40°S haroratda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda infraqizil 
nurlar, yuqori chastotali toklar va boshqalar yordamida quritishning turli 
usullaridan foydalanilmoqda. 
Sifatli presslashni ta‘minlash uchun olingan granulyatni maxsus upalovchi 
apparatda talk, kraxmal, tvin va boshqa sirpanuvchi moddalar bilan upalaydilar. 
So‗ngra tabletkalash mashinalarida presslash (tabletkalash) amalga 
oshiriladi. Tabletkalarni olish jarayoni materialni dozalash, presslash va tabletkani 
matritsadan chiqarish xamda uni qabul qiluvchiga tashlashdan iborat. Tabletkalash 
mashinasining asosiy detallari matritsalar (tabletka uchun silindrli teshiklarga ega 
po‗lat disk) va puansonlar (presslanadigan massani matritsaga chiqarish uchun 
xromlangan po‗latdan sterjenlar) hisoblanadi. Tabletkalash mashinalari avtomatik 


173 
ravishda ishlaydi. Trituratsion tabletkalarni presslanganlaridai farqli ravishda 
namlangan dorivor massani maxsus shaklga ishqalash, keyin uni puanson 
porshenlar yordamida chiqarish va 
40
0
ga yaqin haroratda quritish yo‗li bilan 
oladilar. Bu operatsiyalar maxsus mashinada amalga oshiriladi. Nitroglitserin 
tabletkalari shu usulda tayyorlanadi. Bu usul boshqa preparatlar uchun xam 
ishlatiladi. 
Tabletkalash sexidagi ishning barcha bosqichlarida ishlovchilarga turli 
dorivor va yordamchi moddalar changi ta‘sir ko‗rsatadi. Bu tabletkalash sexining 
asosiy ishlab chiqarish zararidir. Aralashtirish, granulalash, granulyatni quritish va 
uni upalash chog‗ida eng katta chang konsentratsiyasi hosil bo‗ladi. Tabletkalash 
sexining o‗ziga xos jixati havoda aralash changning mavjudligi bo‗lib, bu o‗ta 
xavflidir, chunki bu changning ayrim komponentlari aralashgan aerozolining 
umumiy biologik ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Quritish bo‗limidagi yuqori 
harorat sababli havoga eng ko‗p chang ajralib chiqadi. Quritilgan mayda dispers 
chang havoda uzoq turadi. Ishlayotgan tabletkalash mashinalarining tinimsiz 
shovqini va yuqori harorat xam muxitning noqulay ishlab chiqarish omillari 
hisoblanib, dorivor chang bilan birgalikda bu ta‘sir yanada kuchayadi. Shu tariqa 
quritish bo‗limida ishlovchilar kimyoviy va fizikaviy omillarni kompleks ta‘sirini 
his etadilar. 
Tabletkalash sexida ishlab chiqarish zararlari ta‘sirining oldini olish 
maqsadida 
asosiy 
va 
yordamchi 
jarayonlarni 
avtomatlashtirish 
va 
mexanizatsiyalash, oqilona ishlaydigan maxalliy mexanik tortish havo almashinuv 
tuzilmasini o‗rnatish zarur. Tortqich eng ko‗p chang yuzaga keladigan joylarda va 
avvalo aralashtirgichlar, granulyatorlar, upalovchilar, kukunlash apparatlari, 
tabletkalash mashinalari oldida o‗rnatilishi kerak. Uskunalarning iloji boricha 
to‗liq germetizatsiyalanishiga katta e‘tibor berish zarur. Sochma moddalarni ortish, 
tushirish va tashish jarayonlarni mexanizatsiyalanish lozim. Quritish, presslash, 
granulalash va boshqa bo‗limlarda maxalliy tortma havo almashinuv tuzilmasidan 
tashqari umumiy almashtiruvchi oqimli tortish havo almashinuv tuzilmasini 
o‗rnatilishi shart. Shovqin bilan kurashish uchun tabletkalash mashinalarining 


174 
ishini takomillashtirish, xonalarni shovqin yutuvchi panellar bilan jihozlash, 
mashina bo‗limini sexning eng uzoq qismidagi alohida xonada joylashtirish zarur. 
Ishlab chiqarishda jaroxatlanishning oldini olish maqsadida tabletkalash 
mashinalari tegishli chegaralarga ega bo‗lishi, ishlovchilar esa xavfsizlik texnikasi 
bo‗yicha doimiy ko‘rsatmalardan o‗tishi shart. Bundan tashqari, ular shahsiy 
himoya vositalari (maxsus kiyim-bosh, himoya qo‗lqoplari, «Lepestok», ShB-1, 
«Astra» turidagi changga qarshi respiratorlar va boshqalar), davolash-profilaktika 
oziq-ovqatlari bilan ta‘minlangan bo‗lishlari shart. Barcha ishichilar ishga kirishi 
chog‗ida dastlabki, keyinchalik davriy tibbiy ko‗riklardan o‗tishlari kerak. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin