Nuraliyeva xafiza otaevna


 DRAJE ISHLAB CHIQARISHDAGI MEHNAT



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

7.5. DRAJE ISHLAB CHIQARISHDAGI MEHNAT 
SHAROITLARINING GIGIYENIK TAVSIFI. 
Draje - dorivor va yordamchi moddalarni shakarli granulalarga ko‗p 
marotaba qatlamlash (drajelash) yo‗li bilan olinadigan qat‘iy dozalangan dorivor 
shakl. Dorivor va yordamchi moddalardan iborat smetanaga o‗xshash massali 
shakarli sirop yoki kraxmal kleyster yordamida avvaldan tayyorlab qo‗yadilar. 
Tabletkalarning achchiq ta‘mi yoki xidini niqoblash, tashqi ko‗rinishini jozibali 
qilish, tabletkaning tarkibiy qismlarini noqulay tashqi ta‘sirlardan himoya qilish
tabletkaning ta‘sir qiluvchi qismining oshqozonda parchalanishidan saqlash 
maqsadida ular ko‗pincha drajelanadi. Drajelash qiyshiq o‗rnatilgan elips 
shaklidagi aylanuvchi qozonlar bo‗lgan obduktorlarda (drajelash qozonlari) amalga 
oshiriladi. Obduktorga quvur o‗tkazilib, undan issiq havo yuboriladi. 
Drajelash jarayoni shunday kechadiki, dorivor shakl (tabletka, pilyulya) yoki 
shakarli granulalar obduktorga solinib, tegishli qoplovchi eritmaga botiriladi. 
Qozon aylanayotganda va bir vaqtning o‗zida issiq havo ta‘sirida dorivor shakl 
qoplanishi va uning quritilishi ro‗y beradi. Bu bo‗limda yuqori harorat (30
0
gacha) 
va tinimsiz shovqin asosiy ishlab chiqarish zararlari bo‗lib ishlayotgan motorlar 
shovqin chiqaradi. Bundan ilgari, dorivor shakllar aralashtirilayotganida bir-biriga 
urilib, shovqinni kuchaytiradi. 
Uskuna ishonchli germetizatsiyalanganda va oqimli tortish havo almashtiruv 
tizimi samarali ishlatganda obduktorlar oldida operatorlarning ish joylaridagi 


175 
dorivor chang tarkibi REK dan oshmaydi. Drajelash bo‗limidagi profilaktika 
choralari birinchi navbatda shovqinni yo‗qotishga qaratilishi kerak. Shu maqsadda 
obduktorlar shovqinni cheklovchi joylarga o‗rnatiladi. Issiqlik omilini bartaraf 
etish uchun obduktorga issiq havo uzatuvchi kommunikatsiya tizimlarni o‗rnatish. 
Chang chiqarish bilan kurashish uchun obduktorlar bortdagi chang tortgich bilan 
jihozlanishi shart. Bundan tashqari, bo‗limda umumiy havo almashuvchi oqimli 
tortish havo almashtiruvchi tizim zarur. Drajelash bo‗limida ishlovchilar maxsus 
ovqat (sut) bilan va shahsiy himoya vositalari bilan ta‘minlanishi shart. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin