198
0,2 i 0,4 – empirik (o‗zgarmas) koeffitsient.
Yopiq xonalarda, dorixona xonalarida va muassasalarida havoning harakat
tezligi 0,2-0,4 m/sek orasida bo‗lishi kerak.
Kichik havo yo‗nalish tezligini quruq katotermometrning sovush tezligi
(mkal/sm
2
/sek) ko‗rsatkichini, odamning tana harorati (36,5
0
S) bilan tashqi muhit
harorati orasidagi farqining nisbat ko‗rsatkichini maxsus jadvallar yordamida ham
topish mumkin. Havo harakati tezligining me‘yori asosan xonaning haroratiga
qarab belgilanadi. Turar joy xonalarida havo harakatinig tezligi 0,1-0,3 m/sek,
sport zallarida 0,5 m/sek gacha, ishlab chiqarishda va issiq sexlarda 1-1,5 m/sek
gacha me‘yor bo‗lib hisoblanadi.
Gigiyenik nuqtai nazardan qulay deb shunday harorat, nisbiy namlik tezligi
va boshqa ko‗rsatkichlarga aytiladiki, hosil qilingan bunday sharoitlarda
organizmda issiqlik almashinuvi va fiziologik faoliyat me‘yorida kechadi. Bunday
mikroiqlim komfort zona deb aytaladi.
Komfort zona (kattalar uchun) havo harorati 17-18
0
S, nisbiy namligi 40-60%
va havo yo‗nalish tezligi 0,1- 0,3 m/sek bo‗lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: