Nuraliyeva xafiza otaevna


  9.3. QUYOSH RADIATSIYASINING BIOLOGIK TA’SIRI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

 


201 
9.3. QUYOSH RADIATSIYASINING BIOLOGIK TA’SIRI. 
Quyosh katta temperaturadagi erigan modda tarzidagi olovli shar bo‗lib, 
temperaturasi 6000 gradusdan yuqori va unda termoyadro reaksiyalari doimiy 
ravishda davom etadi, xamda atrofga katta miqdorda issiqlik tarqatadi. Quyosh 
massasidan tarqalayotgan shunday katta energiyaning 2 milliarddan bir qismigina 
er sathiga etib keladi. Biroq shu miqdor energiyaning o‗zi xam erda organik 
hayotning paydo bo‗lishi uchun etarli ekan. Xuddi shuning uchun quyosh 
radiatsiyasining asosiy ahamiyati shundadir. Quyosh radiatsiyasi atrofga vakt 
biriligi ichida bir xilda tarqalmaydi.
O‗tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, er yuzidagi barcha jonzotlar 
quyosh aktivligiga ta‘sirchan degan mulohazalar ham bor. Quyosh aktivligining 
oshishi insonlarda uchraydigan ayrim kasalliklarni ko‗payishiga va ayrim 
kasalliklarni esa kamayishiga sababchi bo‗larkan. Masalan, quyosh aktivligini 
oshishi davrida gripp epidemiyasining ko‗payishi va difteriya kasalining kamayishi 
kuzatilgan.
Yana bir misolKo‗pgina mamalakat va o‗lkalarda (Afrika) chigirtkalarining 
ko‗payib ketganligi va natijada qishloq xo‗jaligiga katta zarar etkazganligi qayd 
etilgan. Quyosh aktivligi bilan bog‗liq bo‗lgan qonuniyatlarni professor Chijevskiy 
chuqur tahlil qilib shunday degan edi: "quyosh faclligi yillarida kasal organizmni, 
muayyan muvozanatdan chiqqan holda ko‗rishimiz mumkin, bunday organizm 
uchun tashqaridan beriladigan bitta impuls ham etarli, bu holda izdan chiqqan 
organizmning ahvoli keskin murakkablashishi va oqim kuzatilishi mumkin, 
bunday impulslarga meteorologik va geodinamik omillarning o‗zgarishi kiradi. 
Quyoshning spektral tarkibi ko‗rinuvchi (40%), ultrabinafsha (1%) va 
infraqizil (59%) nurlardan tashkil topgan.
Ko„zga ko„rinuvchi nurlar-to‗lqin uzunligi bo‗yicha 760 dan 400 
nanometrgacha bo‗lgan qismini egallaydi. Ko‗rinuvchi nurlar psixofiziologik ta‘sir 
etish xususiyatiga xam ega. Ko‗k va binafsha ranglar ruxiy siqilish va ruxiy 
dilxiralikka, engil va havo ranglar tinchlantiruvchi, to‗q sariq va qizil ranglar 
qo‗zg‗atuvchi ta‘sir etishi mumkin. Nurlarning bunday ta‘sir etish samarasi ruxiy 


202 
kasalliklarni 
davolashda; 
jismoniy 
kasallarni 
davolovchi 
muassasalarda 
davolovchi-himoyalovchi tartib o‗rnatishda, sanoatda, qurilishda biror narsaga 
go‗zallik, nafosat berishda qo‗llaniladi. 
Ultrabinafsha nurlar.Ultrabinafsha nurlar retseptorlar bilan qoplangan tana 
terisining keng yuzasiga tushib, to‗qima va xujayralardagi oqsillarning kalloid 
holatini o‗zgartiribgina qolmay, balki beixtiyor tarzda butun organizmga ta‘sir 
etadi. Oqsillarning parchalanishidan gistalin, xolin va boshqa moddalar hosil 
bo‗ladi. Bu moddalar organizmga so‗riladi va asab tizimiga ta‘sir etadi, bu esa 
organizm faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin. Organizmda kechadigan fiziologik 
vazifalarning nospetsifik qo‗zg‗atuvchisi sifatida, ultrabinafsha nurlar oqsil, yog‗, 
karbon suvlar va mineral tuzlar almashinuvini yaxshilaydi. Shu bilan birga teri 
epiteliysi to‗qimalarining nafas olishini yaxshilaydi. Retikuloendotelial sistemasi 
va qon ishlab chiqarish sistemasi faoliyatini tezlashtiradi. 
Ultrabinafa nurlarining raxitga qarshi to‗lqin uzunligidagi qismi organizmga 
etarlicha ta‘sir etmagan taqdirda, tanada fosfor-kalsiy almashinuvi, asab sistemasi, 
parenximatoz organlarining ishi, qon ishlab chiqarish tartibi, oksidlanish 
qaytarilish jarayoni, kapillyarlarning barqarorligi xamda tananing kasalliklarga 
qarshi kurashish xususiyati pasayib ketadi. 
Yosh bolalarda raxit kasalligining belgilari namoyon bo‗ladi. Yoshi katta 
odamlarda esa fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishi kuzatiladi va natijada singan 
suyaklarning bitishi sekinlashadi, bo‗g‗imlarda bog‗lovchi apparatlarining 
susayishi va tish emalining tez edirilib ketish hollar kuzatiladi. Ultrabinafsha 
nurlarning bakteritsid, ya‘ni bakteriyalarga qiron keltiruvchi ta‘siri katta 
umumbiologik ahamiyatga ega. Tabiiy ultrabinafsha nurlar yordamida havo, suv 
va tuproqlarni sog‗lomlashtirish chora va tadbirlarini o‗tkazish mumkin
Ultrabinafsha nurlarning biologik ta‘siri 3 guruxga bo‗linadi a) tur 320-400 
nm to‗lqin uzunligidagi eritema va qoraytiruvchi ta‘sirli nurlar; b) tur 275-320 nm 
to‗lqin uzunligidagi raxitga qarshi; v) tur 200-275 nm to‗lqin uzunligidagi 
bakteritsid ta‘sir etuvchi nurlar. 


203 
«Ultrabinafsha nur tanqisligi»- toza havoga olib chiqilmay xona sharoitida 
tarbiyalanadigan bolalarda, konchilarda, er ostida ishlaydiganlarda, suv osti 
kemalarida ishlaydigan va kutb sharoitida yashovchilar organizmida kuzatiladi. 
«Ultrabinafsha nur tanqisligi» uchun xos bo‗lgan noxushliklarga toliqish, ish 
qobiliyatining susayishi, va gipovitaminoz holatlari kiradi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin