Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Xonalarda havo haroratining o„rtacha ko„rsatkichlarini aniqlash 
Xonalardagi havo haroratini simobli va spirtli termometrlarda aniqlanadi. 
Hozirgi kunda xona haroratini aniqlashda selsiy shkalasi bo‗yicha 0

dan + 30
0
-50
0

tashqi havoni esa-50
0
bo‗lgan simobli va spirtli termometrlardan foydalaniladi. 
Xonaning kun davomida maksimal darajadagi yuqori va eng past haroratini 
aniqlash uchun maksimal va minimal ko‗rsatkichlarni ifodalovchi termometrlardan 


191 
foydalaniladi. Bunday termometr orqali xonaning haroratini maksimal darajaga 
ko‗tarilganligini va tushganini ma‘lum ajratilgan vaqtda aniqlash mumkin. 
Devor haroratini aniqlashda devor haroratini o‗lchaydigan termometrlardan 
foydalaniladi. Termometrni yopishtirish uchun mum, kanifol yoki alibastr pol 
sathidan 10-15 sm hamda 1,5m balandlikda o‗lchanadi. Ushbu termometr 
yordamida devorning burchaklari va eng sovuq joyining haroratini aniqlash muhim 
ahamiyatga ega. 
Tashqi muhit haroratini uzluksiz ravishda ob‘ektiv belgilab turish uchun o‗zi 
yozuvchi asbob-termografdan foydalaniladi. Termograflar bir kunlik yoki haftalik 
bo‗ladi. Asbob takomillashmagani tufayli vaqti-vaqti bilan tekshirib aniqlik kiritib 
turish zarur. Havo haroratini aniqlashda termometrni mumkin qadar isituvchi yoki 
sovutuvchi moslamalardan uzoqroq o‗rnatganma‘qul. Spirtli termometrlar simobli 
termometrlariga nisbatan ancha aniq bo‗lmasa ham, ishlanish uchun bexavotirdir. 
Oz miqdorda bo‗lsa ham tasodifan termometrdan to‗kilgan simob bolalarga zaxarli 
ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 
Xona havosining o‗rtacha haroratini aniqlash uchun gorizontal holda poldan 
1,5 m balandlikda, ularning o‗rtacha bo‗yiga qarab 5 nuqtadan, ya‘ni xonaning 4 
burchagidan devorlardan va isitish moslamalaridan 10 sm nari va xona o‗rtasidan 
o‗lchab arifmetik miqdori olinadi. 
Vertikal bo‗yicha kuzatilishi mumkin bo‗lgan haroratning o‗zgarishi 3m 
balandlikda, jumladan: poldan 10 sm va 1,5 m balandlikda hamda shiftdan 15-20 
sm pastdan aniqlanadi. 
Gorizontal yo‗nalishi bo‗yicha haroratning o‗zgarishi tashqi devordan ichki 
devorgacha bo‗lgan oraliqda 2
0
dan, vertikal yo‗nalishi bo‗yicha xonaning polidan 
1,5 m balandlikda 1,5-2
0
S dan oshmasligi kerak. 
Xona haroratini bir yo‗la tekshirib to‗la ma‘lumot olindi, deb bo‗lmaydi, 
chunki olinadigan ko‗rsatkich faslga, isitish moslamalarining turiga, issiqlik 
chiqarish davomiyligiga, xonadagi odamlar soniga, ularning xonada bo‗lish 
paytiga va hakozoga bog‗liq. Shunga ko‗ra xona harorati yuqoridagilarni hisobga 
olgan holda kun davomida tekshirib turilgani ma‘qul. 


192 
Havo namligi 
Suv havzalari, tuproq yuzasi va o‗simliklardan muntazam ravishda suv 
bug‗lari chiqib turadi, bu havoning namligini ifodalaydi. Havo namligini quyidagi 
turlari farqlanadi: absolyut, maksimal, nisbiy. 
Absolyut havo namligi deb - 1 m
3
havodagi suv bug‗larining miqdoriga (g da) 
aytiladi.
Maksimal havo namligi deb havoning 
ma‘lum haroratda namlik bilan to‗la-to‗kis 
to‗yinib olishi uchun zarur bo‗lgan suv 
bug‗larining miqdoriga (g da) aytiladi. Havo 
harorati ko‗tarilib borgan sari havoning 
maksimal namligi oshib boradi.
Nisbiy havo namligi deb, absolyut havo namligining maksimal havo 
namligiga foizlarda ifoda qilingan nisbatiga aytiladi. Nisbiy havo namligi havoning 
suv bug‗lari bilan to‗yinish darajasini belgilab beradi. 
Havo namligini aniqlashda aspiratsion va statik psixrometrlardan hamda 
gigrograflardan foydalaniladi. Aspiratsion psixrometrni statik psixrometrdan farqi 
shundaki, aspiratsion psixrometrga o‗rnatilgan moslama orqali termometr 
ko‗rsatkichlarini aniqlashdan oldin, joylarda aspiratsiya usulida havo yo‗nalishini 
bir tekisda tashkil qilish bilan birga termometrlarni radiatsion nur ta‘siridan 
himoya qilish choralari ko‗rilgan. 
Avgust psixrometrlar yordamida absolyut namlik aniqlanadi.
Absolyut namlik Reno formulasi yordamida hisoblab chiqiladi:
K= F – 0,50 (T – T
1
)xV/755 
– t – t
1
V,
bu erda: K - absolyut namlik, mm simob bo‗yicha; 

- nam termometrning ko‗rsatishi bo‗yicha maksimal namlik ; 
– psixrometr koeffitsienti (xona havosi uchun 0,0011)

- quruq termometr ko‗rsatishi (gradusda) 


193 
t
1
- nam termometr ko‗rsatishi (gradusda); 
V - tekshirish vaqtidagi barometrik bosim, mm simob ustunida.
Topilgan absolyut namlikni nisbiy namlikka o‗tkazish uchun quyidagi formuladan 
foydalaniladi. 
R = K x 100 / F 
bu erda: R - nisbiy namlik, % hisobida 
K-absolyut namlik, mm simob ustunida 
F -quruq termometrning harorati bo‗yicha maksimal namlik olinadi
(jadvaldan olinadi). 
Havo namligini aniq o‗lchovlari aniqlash uchun Assman aspiratsion 
psixrometridan foydalaniladi, bunda termometrlar nurli energiya ta‘siri oldini 
oluvchi porloq naychalar bilan himoyalangan va havo ventilyator yordamida teng 
ravishda so‗riladi. 
Avgustning statsionar psixrometri ikkita bir xil simobli yoki spirtli 
termometrlardan iborat, ular shartli ravishda "nam" va "quruq" deb nomlanadi. 
"Nam" termometr rezervuari yupqa material (batist, doka) bilan o‗ralgan bo‗lib, 
uning oxiri distillangan suv tutuvchi idishga solingan bo‗ladi. Idishning yuqori 
chekkasi termometr rezervuaridan 3-4 sm uzoqlikda bo‗lishi lozim. Nam material 
yuzasidan suv bug‗lanadi. Bug‗lanish jarayoni uchun issiqlik sarflanadi, shu 
sababli "nam" termometr soviydi va "quruq" termometrga nisbatan past haroratni 
ko‗rsatadi. Havo namligini aniqlashda asbobni nurlanish manbalari va havoning 
tasodifiy harakatlaridan saqlash lozim. Ikkala termometr ko‗rsatkichlari asbob 
o‗rnatilgach, 10-15 minutdan so‗ng amalga oshiriladi.
Nisbiy namlikni formula bilan aniqlashdan tashqari, aspiratsion psixrometr 
ko‗rsatkichlari bo‗yicha maxsus jadval yordamida ham topish mumkin (Jadval 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin