8.2. ANTIBIOTIKLAR ISHLAB CHIQARISHDAGI
SHAROITLARINING ISHCHILAR SALOMATLIK HOLATIGA
TA’SIRINING GIGIYENIK TAVSIFI
Aholini zaruriy dori vositalari bilan etarli darajada ta‘minlashdagi muhim
vazifalardan biri kasalliklarni oldini olish va davolash maqsadida keng
qo‗llanadigan antibiotiklarni ishlab chiqishni yanada kengaytirish hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib tibbiy korxonalarda 50 dan ortiq turdagi antibiotiklar va 100
ortiq dori shakllari ishlab chiqarilmoqda.
Antibiotiklar - mikroorganizmlar, yuqori bosqichdagi o‗simlik va
hayvonlarning hayot faoliyati jarayonida ishlab chiqariladigan va bakteritsid yoki
bakteriostatik ta‘sir xususiyatiga ega bo‗lgan moddalardir. Bugungi kunga kelib
dunyo miqyosida turli xildagi kimyoviy birikmalar sinfiga taalluqli bo‗lgan 500 ga
yaqin
antibiotiklar
ishlab
chiqarilmoqda.
Antibiotiklarning
antibakterial
178
hususiyatlari tibbiyotda, xususan, yuqumli kasalliklar va yallig‗lanish jarayonlari
terapiyasi va ularni oldini olish amaliyotida keng ko‗lamda qo‗llanishi uchun asos
bo‗ldi.
Antibiotiklar quyidagicha sinf va guruhlarga taqsimlanadi:
- tabiiy antibiotiklar;
- yarim sintetik antibiotiklar;
- ingibitordan himoyalangan antibiotiklar;
- sintetik antibiotiklar.
Tabiiy antibiotiklar quyidagilardan olinadi:
- hayvonlardan olingan (lizotsim, ekmolin, eritrin va boshqalar);
- o‗simliklardan olingan (fitonsidlar);
- bakteriyalardan olingan (polimiksinlar - B.polymyxa);
- o‗zlari ishlab chiqaruvchilar (mog‗or zamburug‗lari va aktinomitsetlar).
Antibiotiklar tibbiy amaliyotda qo‗llanishidan tashqari, oziq-ovqat va sut-
go‗sht sanoatida ham keng qo‗llanadi. Ularni hayvonlar va qushlarning vaznini
tezroq oshirish maqsadida ovqatlariga qo‗shib beriladi va x.h.
Antibiotiklarni
olishdagi
texnologik
jarayon
jihozlarda
ketma-ket
bajariladigan bir nechta bosqichlardan iborat: a) ekish, ya‘ni materialini etishtirish
va antibiotiklarni biosintezlash (fermentatsiyalash); b) kultural suyuqliklarni
birlamchi ishlovdan o‗tkazish; v) filtrlash; g) ajratish va kimyoviy usulda tozalash
(ekstraksiya, ion almashinish usuli, cho‗ktirish usuli); d) tayyor dori shakllarini
tayyorlash; e) qadoqlash va idishlarga joylash.
Birlamchi
texnologik
jarayonlar
ekish
materialini
kolbalar
va
fermentyorlarda o‗stirishga asoslangan (produtsent). O‗stirilgan ishlab chiqarish
produtsent shtammi, uni yanada boyitish maqsadida maxsus apparatlar-
inokulyatorlarga o‗tkaziladi. Inokulyatorlarda mog‗orlar, bakteriyalarni etishtirish
jarayoni qattiq belgilangan sharoitlarda amalga oshirilib, ular isitish va sovutish
tizimlari, havo berish, o‗stirilayotgan va boyitilayotgan massani aralashtirish uchun
179
maxsus jihozlar bilan ta‘minlanadi. Shundan so‗ng produtsent fermentatsiya
jarayoniga o‗tkaziladi.
Fermentatsiya deb - produtsentni kultivatsiya qilish (o‗stirish) va maksimal
darajada antibiotikni hosil qilinishiga aytiladi. Antibiotiklar mikroorganizmlar
tanasida sintezlanadi yoki kultural suyuqlikda biosintez jarayonida ajraladi.
Fermentatsiya jarayoni uchun asosiy jihoz bo‗lib fermentyorlar hisoblanadi.
Ularning hajmlari turlicha, hatto 100 000 litrgacha bo‗lishi mumkin. Fermenterlar
isitish va sovutish sistemalari, sterillangan havo aralashmasini berish,
aralashtirgich, ovqatli muhit va kultural suyuqlikni kiritish va chiqarish
mexanizmlari bilan jihozlangan. Texnologik jarayonning mazkur bosqichi
qo‗llanadigan jihozlarning germetikligi bilan ta‘riflanadi. Bunda havo muhitining
antibiotiklarni biosintezlash uchun qo‗llanadigan moddalar, hamda fermentatsiya
jarayonining yakuniy bosqichi bo‗yicha hosil bo‗ladigan biomassa bilan ifloslanish
mumkinligi amalda bartaraf qilingan. Antibiotiklarning kultural suyuqlikda
bo‗ladigan juda ko‗p moddalar bilan birikib, erimaydigan birikmalarni hosil
qilishi, konsentratsiyani oshirish uchun hamda undagi aralashmalarni to‗liq
cho‗kishini ta‘minlash maqsadida, suyuqlikni suyuqlikning pH 1,5-2,0 bo‗lguncha
shovil va xlorid kislotasi bilan nordonlashtiriladi. Ishlov berilgan kultural
suyuqlikni mitseliyalar va cho‗ktirilgan ballast moddalardan holi qilish uchun
«nativ eritma» deb ataluvchi tiniq filtrat olinguncha suziladi (filtrlanadi). Ishlov
berilgan filtral suyuqlik suzish ochiq turkumdagi romli filtr- presslarda amalga
oshiriladi, natijada nativ eritmaning sochilishi yuzaga keladi. Filtr-presslarga
mahsulotni qo‗lda solishda ishchilar, tarkibida antibiotiklari bo‗lgan kultural
suyuqlik bilan aloqada bo‗lishi mumkin. Antibiotiklarni olishning keyingi bosqichi
ajratish va kimyoviy tozalash hisoblanadi. Mazkur bosqichda antibiotikli eritmani
konsentrlash va tozalash shunday bo‗lguncha olib boriladiki, toki undan tayyor
dori preparatini olish mumkin bo‗lsin. Nativ eritmada antibiotiklarning miqdori
juda kam, shuning uchun uni toza holda ajratib olish, tozalash va tayyor dori
shakliga keltirish - juda murakkab va ko‗p mehnat talab qiladigan jarayondir.
180
Masalan, 1 kg antibiotik olish uchun 600 litrga yaqin kultural suyuqlikni qayta
ishlash kerak bo‗ladi.
Antibiotiklarni ajratib olish va kimyoviy tozalashdan o‗tkazishda quyidagi
usullardan birini qo‗llash mumkin: 1) turli eritmalardan, foydalanish bilan
ekstraksiya qilish usuli; 2) cho‗ktirish usuli; 3) ion almashtirish usuli.
Antibiotiklarni biosintezlashda ekstraksion va ion almashtirish usuli keng
qo‗llanishga egadir. Oxirgi yillarda antibiotiklarni ajratish va tozalashdagi ion
almashtirish usulidan boshqa turdagi dori preparatlarini olishda ham
foydalanilmoqda. Bu usulning asosiy ustunligi shundan iboratki, bunda zaxarli va
portlashga xavfli eritmalardan foydalanishga umuman xojat qolmaydi: usul iqtisod
tomonidan ham foydali, chunki uning texnologiyasi oddiy va qimmatbaho jihozlar
va xom-ashyolarni talab qilmaydi. Nativli eritmadan antibiotiklarni ekstraksiya
qilish ekstraktor-separatorlarda amalga oshirilib, uning asosiy kamchiligi
ekstraktorlarga mahsulotni qo‗lda solinadi, natijada mazkur sex havosi eritmalar
bilan ifloslanishi mumkin. Masalan, tetratsiklin va oksitetratsiklikni ishlab
chiqarishda izooktanol moddasi bilan havo muhiti ifloslanishi mumkin.
Antibiotiklarni ajratish va kimyoviy tozalash jarayonida qo‗llanilayotgan
jihozlarning yaxshi takomillashtirilmaganligi tufayli havo muhitiga eritmalardan
tashqari olein kislotasi, natriy ishqori, shovil kislotasi, butil va etil spirtlari,
butilatsetat va b.q tushishi mumkin. Ionli sorbsiyalash usuli shundan iboratki, nativ
eritma sulfokationit SBS-3 solingan ion almashtiruvchi kolonnalarga markazdan
qochuvchi nasoslar yordamida uzatiladi. Ion almashinishi natijasida antibiotik
ionitlarga sorbsiyalanadi, so‗ngra uni ammiak-boratli bufer eritmada desorbsiya
qilinadi.
Bu usul cho‗ktirish va ekstraksiya qilish usuliga qaraganda bir qator
ustunliklarga ega. Cho‗kmalar bilan ishlashda qo‗l mehnatini talab qilmaydi, bu
shu o‗rinda ishchilarni konsentirlangan eritmalar va cho‗kmalar va antibiotik
qoldiqlari bilan bo‗ladigan aloqaga chek qo‗yadi. Bundan tashqari bu usulda
zaxarli organik eritmalardan foydalanilmaydi. Kimyoviy tozalash jarayonida
olingan pastasimon mahsulot, keyinchalik quritiladi va elashdan o‗tkaziladi.
181
Antibiotiklarni ishlab chiqarishdagi quritish jarayoni juda muhim rol o‗ynaydi,
chunki uni to‗g‗ri tashkil qilish ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini
belgilaydi. Kristall holida olinadigan va ma‘lum namlikka ega bo‗ladigan
termostabil antibiotiklar vakuumli quritish shkaflarida quritiladi. Kimyoviy
tozalashdan keyin suvli konsentratlar ko‗rinishida olinadigan antibiotiklar
bug‗lantiruvchi-quritish agregatlar va vakuum-sublimatsiyali quritgichlarda
quritishga duchor qilinadi. Quritish bo‗limida mahsulotlarni shkaflarga solish va
chiqarishda qo‗l mexnatining ishlatilishi, bu bo‗limdagi texnologik jarayonning
asosiy kamchiligi hisoblanadi. Bu operatsiyalarni bajarish, hamda kukunsimon dori
massasini aralashtirish va quritish agregatlarining, ish tartibini nazorat qilish,
ishchilarni antibiotik changlari bilan aloqada bo‗lishi mumkinligidan dalolat
beradi. Quritish shkaflarining etarlicha germetik yopilmaganligi ishlab chiqarish
xonalari havosiga ayrim zaxarli moddalarning chiqarilishiga yordam beradi va bu
moddalarning qoldiq konsentratsiyalari antibiotiklar tarkibida ham bo‗lishi
mumkin. Masalan, tayyor holdagi xlortetratsiklin tarkibida metanol qoldig‗i,
tetrotsiklinda - izooktil spirti, xlorgidratli tetratsiklin va oksitetratsiklin- p- butanol
va xlorid kislota qoldig‗ini uchratish mumkin. Steril holda quritilgan antibiotiklarni
sterillangan shisha idishlariga (flakon) qadoqlanadi. Flakonlarlardagi quruq
antibiotiklarni dozalash, tiqinlab berkitish, berkitish va pishitish avtomatlarda
bajariladi. Ayrim hollarda bu maqsadda «texnolog» yarim avtomatlanishi mumkin.
Bunda faqat flakonlarni antibiotiklar bilan to‗ldirishgina avtomatlashtirilgan,
qolgan barcha operatsiyalar qo‗lda bajariladi, shuning uchun bunday sharoitda
ishlab chiqarish xonalarining havosi antibiotiklar changi bilan ifloslanishi mumkin.
Bir vaqtning o‗zida bir necha turdagi antibiotiklarni qadoqlash vaziyatida ishchilar
bu mahsulotlarning kombinatsiyalashgan ta‘siriga uchrashi mumkin. Ichish
maqsadlari uchun antibiotiklarni tabletka yoki draje shaklida chiqariladi.
Antibiotiklarni tabletkalash jarayoni quyidagilardan iborat: antibiotik tarkibiga
kiruvchi hamma komponentlar – to‗ldiruvchilar (shakar tolqoni, kalsiy stearat,
talk) aralashtirgichga solinadi, aralashtiriladi va shakarli qiyom, jelatina, xlorid
kislota va etil spirti aralashmasi bilan namlantiriladi. So‗ngra hosil bo‗lgan massa
182
granula holiga o‗tkaziladi va
quritishga yo‗naltiriladi. Quritish, odatda kaloriferli
quritgichlarda amalga oshiriladi. Granulalar quritilgandan so‗ng, sochiluvchanlik
xossasini oshirish uchun talk, kalsiy stearat va kraxmal aralashmasi talqoni bilan
ishlovdan o‗tkaziladi, keyin rotatsion tabletkalash mashinalarida jipslashtiriladi va
konvalyutalarga joylanadi, gigiena nuqtai-nazaridan tabletkalash jarayoni bo‗linib
tutuvchanligi, germetiklikning etarlicha emasligi va qo‗lda bajariladigan
operatsiyalarning ko‗pligi bilan ta‘riflanadi. Shu sabablar bilan antibiotik changlari
amalda tabletkalash jarayonining barcha bosqichlarida ishchi zona havosiga
tushishi mumkin.
Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat sharoiti havo
muhitiga yuqori dispersli antibiotik changlari, texnologik jarayonda ishlatiladigan
kimyoviy moddalarning bug‗ va gazlar va ortiqcha haroratning chiqarilishi bilan
ta‘riflanadi. Fermentatsiyalash bosqichida ishchilar xonalar va jixozlarni
sterilizatsiya qilishda qo‗llanadigan fenol va formaldegid hamda produtsent
changlari ta‘siriga duchor bo‗lishlari mumkin.
Mahsulotlarga birlamchi ishlov berish va filtrlash bosqichlarida ishchilar
shovil va sirka kislotasi bug‗lari bilan aloqada bo‗ladilar, qo‗lda bajariladigan
operatsiyalar ko‗pincha badan terisi va maxsus kiyimlarni kultural suyuqlik va
antibiotiklarning - nativ eritmalari bilan ifloslanishiga olib keladi.
Antibiotiklarni ekstraksiyalash va cho‗ktirish usullari yordamida ajratib olish
va kimyoviy tozalashdan o‗tkazish jarayonlarida ishchilar organizmi bu bosqichda
qo‗llanadigan butil, izopropil va metil spirtlari, butilatsetat, shovil, sirka, sulfat va
xlorid kislotalari ta‘siriga uchrashi mumkin. Bu moddalarning ishchi havosidagi
konsentratsiyasi ayrim hollarda ruxsat etiladigan miqdorlardan ortib ketishi
mumkin. Zararli moddalar bilan ishchi zonasi havosining ifloslanishiga sababchi
bo‗ladigan jarayonlar apparatlarni nogermetikligi, qo‗l operatsiyalarining
mavjudligi, shamollatish tizimlarining past samarador ishlashi hisoblanadi.
Tekshirishlarning ko‗rsatishicha, yakuniy bosqichda antibiotiklarni quritish,
elash, tabletkalash, qadoqdash va idishlarga joylashda atrof muxit tayyor
mahsulotning kichik dispersli changlari bilan ifloslanishi bilan kuzatiladi. Bundan
183
tashqari, tayyorlov sexlari, quritish, fermentatsiyalash bo‗limlarining ishchilari
kimyoviy omildan tashqari, bir vaqtning o‗zida teploizolyasiyasi etarlicha puxta
bo‗lmagan
inokulyatorlar,
fermentyorlar,
quritish
agregatlari,
hamda
kommunikatsion tarmoqlarining yuzasidan ortiqcha issiqlik ta‘siriga duchor
bo‗ladilar.
Dostları ilə paylaş: |