Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

 
Nazorat savollari 
1. Fitopreparatlar tayyorlashda mehnatni sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 
2. Ampula shaklidagi dorilarni ishlab chiqarishda mehnat sharoitlariga ta‘rif bering
3. Ampula shaklidagi dorilarni ishlab chiqarish bosqichlari. 
4. Tabletkalar ishlab chiqarish bosqichlari. 
5. Tabletkalar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi.
6. Draje ishlab chiqarishdagi sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 
7. Farmasevtik ishlsb chiqarish korxonalarida ishchilar organizmiga salbiy ta‘sir 
etuvchi qanday omillar bor? 
8. Ishchilar organizmiga salbiy ta‘sir etuvchi omillarni oldini olish yo‘llari. 
 
 


176 
VIII BOB. ANTIBIOTIKLAR ISHLAB CHIQARISHDA MEHNAT 
GIGIYENASI
8.1. KIMYOFARMATSEVTIKA KORXONALARIDAGI MEHNAT 
GIGIYENASI 
Kimyofarmatsevtika sanoati - xalq xo‗jaligining etakchi sohalaridan biridir. 
Uning tarkibiga bir qator korxonalar kompleksi kirib, unda materiallarga kimyoviy 
usullarda ishlov berish bilan bir qatorda, dorivor preparatlarni biologik sintezlash 
keng qo‗llanadi. 
Zamonaviy kimyofarmatsevtika korxonalari o‗ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‗lib, uning rivojlanish spetsifikasini belgilaydi, jumladan chiqariladigan 
mahsulotlarning kimyoviy tozaligini ta‘minlash. Bundan tashqari mushak ichiga 
yuboriladigan, vena ichiga qo‗llaniladigan, teri ostiga yuborilish uchun 
mo‗ljallangan preparatlarning to‗liq sterillanganligini ta‘minlash kerak. Ishlab 
chiqariladigan mahsulotning sifat ko‗rsatkichlari O‗zbekiston Respublikasi 
Farmakopiya Davlat standartlari talablariga muvofiq kelishi kerak. 
Kimyofarmatsevtika korxonalarining ikkinchi o‗ziga xos xususiyati, 
ko‗pgina dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining kichikligi hisoblanadi. 
Kimyo-farmatsevtika 
korxonalarida 
faqat 
sulfanilamidlar, 
salitsilatlar, 
barbituratlar, analgetiklar va ayrim antibiotik, hamda silga qarshi vositalar katta 
miqdorlarda ishlab chiqiladi. 
Mazkur korxonalar uchun xomashyo va boshqa yordamchi materiallarni 
katta hajmlarda sarflanishi xarakterlidir, chunki dorivor vositalarni sintezlash ko‗p 
bosqichli va murakkabligi bilan farqlanadi. 
Kimyo 
farmatsevtika 
korxonalari 
dorivor 
preparatlarning 
nomenklaturalarining tez-tez almashinib turishi bilan ta‘riflanadi. Korxonaning 
mazkur xususiyati, hamda dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining 
kamligi, bu korxonalarda aralashgan texnologik sxemalarni keng qo‗llashga 
sababchi bo‗ladi va bu yil davomida 2-3 va undan ortiq, dori turlarini ishlab 
chiqishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur soha bo‗yicha ishlab 


177 
chiqiladigan moddalar tayyor dori shakllarini olish uchun qayta ishlovdan 
o‗tkazish kerak. 
Kimyofarmatsevtika korxonalarining ko‗rsatilgan xususiyatlari gigiyena fani 
va amaliyoti oldiga korxonada sog‗lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va 
o‗tkazish sohasida yangi-yangi va murakkab vazifalarni qo‗yadi. 
Kimyofarmatsevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga gigiyenik
ta‟rif. 
Kimyofarmatsevtika sanoatida bir nechta guruh korxonalarni farqlash 
mumkin. Ularning ichida eng asosiylari, sintetik dorivor preparatlarni 
tayyorlovchi, antibiotiklarni ishlab chiqarish bo‗yicha zavodlar va tayyor dori 
shakllari va preparatlarini ishlab chiqaradigan zavodlar hisoblanadi. 
Sintetik dori vositalarini sanoat asosida ishlab chiqarish asosida organik 
sintezlashni keng ko‗lamda qo‗llash yotadi va bu mazkur korxonalari asosiy kimyo 
sanoati korxonalariga yaqinlashtiradi. 
Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalari alohida guruhni tashkil qiladi. 
Bu shu preparatlarni olishdagi asosiy texnologik jarayon biologik sintez 
bo‗lganligi bilan bog‗liqdir. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin