209
aholi yashash joylarini turli xildagi chiqindilar va iflosliklardan muntazam tozalab
turilishiga ehtiyoj tug‗iladi va tuproq muhitining ifloslanishining oldini olishga
doir tadbirlarning ishlab chiqilishini talab etadi (SanQ va M №0272-09
―O‗zbekiston sharoitida tuproqni ifloslanishdan muhofaza qilish sxemalarini
gigienik asoslashni tuzish bo‗yicha Sanitariya qoida va me‘yorlari‖ ).
Tuproq muhitini ifloslashi mumkin bo‗lgan manbalar juda ko‗p va xilma-
xildir. Masalan, qishloq aholi yashash joylarida qishloq xo‗jalik
ishlab chiqarish
ob‘ektlari (pestitsidlar, mineral o‗g‗itlar, chorvachilik), shahar sharoitida esa
xo‗jalik chiqindilari, ko‗cha supirindilari, sanoat korxonalarining
chiqindilari
bo‗lishi mumkin. Sanoat korxonalari oxirgi o‗n yilliklarda atrof-muhitni
ifloslovchi asosiy ob‘ektlar bo‗lib qolmoqda va hattoki qishloq aholi yashash
joylarining ifloslanishida ularning tutgan o‗rni yuqori ekanligi aniqlanmoqda:
birinchidan zararli moddalarning manbai bo‗lgan korxonalarni shahar hududidan
chetga chiqarilishi bo‗lsa, ikkinchidan atmosfera
havosiga chiqariladigan gaz,
tutun, chang, bug‗, kul ko‗rinishidagi iflosliklar havo oqimlari tufayli qishloq
hududlarini ham ifloslaydi. Ifloslangan havo muhitidagi zararli moddalar atmosfera
yog‗inlari orqali tuproq muhitini ifloslovchi manbaga aylanadi.
Tuproq muhitining kimyoviy ifloslanishi fan-texnika taraqqiyotining eng
salbiy oqibatlaridan biri hisoblanadi. Tuproq muhitining kimyoviy iflosliklardan
tozalanishi juda sekinlik bilan boradigan jarayon hisoblanadi
va shuning uchun
ham tuproq muhitini kimyoviy ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaslik eng asosiy
muhofazalash variantidir. Tuproqning organik ifloslanishiga kelganimizda, uning
o‗z-o‗zidan tozalanishini inobatga olish talab etiladi. Organik birikmalarning o‗z-
o‗zidan tozalanishi natijasida kichik miqdorlardagi
ifloslanishlar oxirgi
mahsulotlargacha parchalanib ketadi va mineral tuzlar, suv, C0
2
va chirindiga
aylanadi. Tuproqning o‗z-o‗zidan tozalanish jarayoni juda murakkabdir. Suyuq
holdagi iflosliklar
tuproq orqali filtrlanadi, kolloidli moddalar va qo‗lansa hidga
ega bo‗lgan gazlar sorbsiyalanadi, suyuqlik tarkibidagi organik moddalar esa
ularning fizikaviy va kimyoviy xossalariga muvofiq aerobli va anaerobli
sharoitlarda parchalanishga uchraydi. Aerobli sharoitda karbonsuvlar va yog‗lar
210
tuproq tarkibida bo‗ladigan mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari ta‘sirida suv
va CO
2
va chirindi mahsulotigacha parchalanib ketadi.
Oqsilli
moddalar aerobli sharoitda ham, anaerobli sharoitda ham 2-
bosqichda tuproq mikroorganizmlari ta‘sirida ammonifikatsiya jarayoniga
uchraydi, 2-bosqichda esa aerobli sharoitda nitritlargacha parchalanadi.
Keyinchalik nitritlar nitrobakteriyalar ta‘sirida nitratlargacha parchalanadi.
Anaerobli sharoitda organik moddalarning parchalanishidan qo‗lansa hidga ega
bo‗lgan gazlar hosil bo‗ladi.
Tuproqda aeratsiya sharoiti yaxshi bo‗lsa, o‗z - o‗zidan tozalanish jarayoni
juda yaxshi ketishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari organik moddalarning
parchalanishi uchun yuqori bo‗lmagan tuproq namligi hamda bakteriotsid ta‘sirga
ega bo‗lgan quyosh nurlarining ultrabinafsha radiatsiyasining
ahamiyati ham
kattadir. Ammo, bu omillar ta‘sirida tuproqning yuza qatlami doimo toza bo‗lishi
mumkin. Organik moddalarning parchalanishi natijasida chirindi hosil bo‗ladi.
Gummus - bu moddalar kompleksi bo‗lib, o‗z tarkibiga gemitsellulozalarni,
yog‗larni, organik kislotalarni, mineral moddalarni, protein komplekslarini va
sanitar saprofitlarni oladi.
Dostları ilə paylaş: