214
kichikroq probirkalarga, masalan, 80-100 ml. xajmli probirkaga 45 - 50 ml
to‗yingan eritma. Tuproq yaxshilab aralashtiriladi, hosil bo‗lgan aralashma
sentrifugalanadi. Probirkalarni shtativga joylashtirilib, bir xil to‗yingan tuz
eritmasini qo‗shiladi va buyum oynachasi bilan yopiladi. Gelmintlarning tuxumlari
ustki qismga suzib chiqadi va to‗yingan eritmaning sirtqi plyonkasida
to‗planadi. Yuzaki plyonkaning yo‗qolishini oldini olish juda muhimdir. Buning
uchun probirka va buyum oynachasi o‗rtasida 10 mm dan ko‗p bo‗lmagan bo‗sh
joy qoldiriladi, probirkaga pipetka yordamida buyum oynasining pastki qismiga
tekkuncha to‗yingan tuz eritmasi kiritiladi. 20 - 25 daqiqa tindirilgandan so‗ng
buyum oynasi pastki qismi tepaga qaratilib olib tashlanadi va o‗rniga boshqa
buyum oynasi qo‗yiladi (agar kerak bo‗lsa, uchinchi). Yuza plyonkali buyum
oynachasi ustiga 1-2 tomchi 30%li glitserin eritmasi tomiziladi, qoplag‗ich oyna
bilan qoplanadi, keyin mikroskoplanadi. Gelmintlar tuxumlarini aniqlash uchun
preparat 80 marta kattalashtirilib, ular rivojlanishi yoki deformatsiyasini
aniqlashda 400 marta kattalashtirilib ko‗riladi.
Tayyorlangan preparatlar quritilishiga yo‗l qo‗ymasdan 5 - 7 kun davomida
muzlatgichda saqlanishi mumkin. Preparatlar quriganda, qoplag‗ich oyna bo‗ylab
bir necha tomchi 30% glitserin eritmasi qo‗shiladi.
Natijalarni baholash uchun 4 qismli namunadan topilgan tuxumlar soni 10
ga ko‗paytiriladi va 1 kg tekshiriladigan tuproqdagi tuxum tarkibining ko‗rsatkichi
olinadi. Usul samaradorligi 59,6 - 83,1%, o‗rtacha 73,0%.
Dostları ilə paylaş: