211
Qilingan hisob-kitoblarga qaraganda 1 odam 1 yil davomida o‗rtacha 160 kg
dan 360 kg gacha qattiq chiqindilarni ua 300 litrgacha suyuq chiqindilarni chiqarar
ekan. Xar yili Respublikamizdagi kanalizatsiyasi bo‗lmagan aholi turar-joylaridan
o‗n ming tonnalab chiqindilarni, kanalizatsiyasi bor bo‗lgan shaharlardan esa o‗n
minglab quruq chiqindi va million kub metrlab suyuq chiqindilar tashib
chiqariladi. Bunday katta miqdorlardagi chiqindilarni nima qilish kerak va ularni
qanday zararsizlantirish mumkin degan muammoning yuzaga kelishi tabiiy.
Chiqindilar o‗z tarkibida juda katta miqdordagi mikroorganizmlarni ushlaydi,
gelmentlar va ularning tuxumlarini tutadi,
metall va shisha chiqindilari, plastik
materiallarning qoldiqlari va turli tabiatga ega bo‗lgan kimyoviy birikmalarni
ushlaydi. Chiqindilarni o‗z holicha tashlab qo‗yilishi esa ularning parchalanishi va
chirishi oqibatida o‗zidan turli xildagi qo‗lansa hid tarqatuvchi kimyoviy gazlarni
hosil qilib tabiiy muhitning tozaligiga putur etkazadi; sasib - chiriyotgan chiqindi
pashshalar, suvaraklar, kemiruvchi hayvonlar va boshqa turdagi zararkunandalarni
ommaviy tarzda ko‗payib ketishiga sharoit yaratadi.
Aholi yashash joylarida hosil bo‗ladigan
va chiqarib tashlanadigan
chiqindilarni tashkiliy tarzda to‗plash, uzoqlashtirish va zararsizlantirish tizimi
tashkil etilmagan taqdirda ana shu joylarning sanitar tartibini keskin
yomonlashishiga sabab bo‗ladi. Shuning uchun aholi yashash joylarini axlatlar va
chiqindilardan o‗z vaqtida tozalash hamda zararsizlantirish muhim gigiyenik
ahamiyatga egadir.
Aholi yashash joylarini qanday usulda bo‗lmasin tozalashda quyidagi asosiy
prinsipga amal qilish juda muhimdir - aholi imkoniyati boricha ana shu chiqindilar
bilan kamroq aloqada bo‗lishi va atrof-muhitga imkon qadar zarar keltirmasligi,
ya‘ni tabiiy muhitning tabiiy holiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmasligi kerak. Bu prinsipga
aholi yashash joylarida to‗planadigan axlatlar
va chiqindilarni muntazam, o‗z
vaqtida, maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan holda chetlashtirish va ularni
zararsizlantirishni esa iloji boricha germetik tarzda bajarilish sharoitidagina amal
qilinishi mumkin.
212
Aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan tozalash quyidagi tarzda
amalga oshiriladi:
1)tashib chiqarish tizimi orqali;
2) aholi yashash joylarini kanalizatsiya bilan jihozlash orqali.
Tashib chiqarish tizimida kichik aholi yashash punktlarida hosil bo‗ladigan
suyuq chiqindilar avval to‗planishi va vaqtincha saqlanishi lozim; bu tizimni
qo‗llashda quyidagi holatlarga e‘tiborni qaratish kerak - chiqindilar to‗planadigan
o‗ralar izolatsiya qilingan bo‗lishi kerak, tuproq orqali sizilib o‗tib shu tuproqni va
er osti suvlarini ifloslamasligi lozim.
Axlat idishlari va o‗ralarning to‗lishi bilan
tezlikda maxsus transport
vositalari yordamida ularni aholi yashash joylaridan chetga chiqarilishi va
zararsizlantirilishi kerak. Suyuq chiqindilarni zararsizlantirish assenizatsiya
maydonchalari va haydash maydonchalarida amalga oshiriladi, bunday tozalash va
zararsizlantirish usuli shu maydonlardagi tuproqning o‗z-o‗zidan tozalanish
xususiyatiga asoslangan holda bajariladi. Kanalizatsiya tizimi aholi yashash
joylarini suyuq chiqindilardan tozalashdagi eng yaxshi variant hisoblanadi.
Kanalizatsiyalangan shahar va ishchi poselkalarida oqizish tizimidan to‗g‗ri
va unumli foydalanilganda aholi yashash joylari doim toza bo‗lib, aholi o‗rtasida
yuqumli kasalliklar darajasi keskin pasayadi.
Kanalizatsiya deganda - turar joy
binolari ichidagi har bir xonadonda hosil bo‗ladigan suyuq chiqindilarni qabul
qilish vositalari, oqizish shoxobchalari, chiqindi suvlarini
tozalash inshootlarini
tushuniladi.
Chiqindi
suvlarini zararsizlantirish sug‗orish va boyitish
maydonlarida, filtrlash maydonlarida yoki maxsus tozalash inshootlari majmuasida
amalga oshiriladi.
Umumiy kanalizatsiya tizimi bo‗lmagan hollarda ayrim ob‘ektlardan hosil
bo‗ladigan suyuq chiqindilar, agar ularning umumiy hajmi 800m
3
bo‗ladigan
bo‗lsa, kichik kanalizatsiya tizimi jihozlanishi mumkin. Bunday tozalash va
zararsizlantirish turi hosil bo‗ladigan suyuq chiqindilarni ob‘ektdan
uzoqroqda
maxsus tashkil etilgan maydonlarda tuproq orqali tozalash yoki kichik tozalash
moslamalari orqali amalga oshirilishi mumkin, bu inshootlarning qudrati 25—100
213
m
3
tengdir. Texnik vositalardan va tibbiy jarayonlardan to‗g‗ri foydalanilgan
hamda to‗g‗ri tashkillashtirilgan tozalash tizimida kanalizatsiya chiqindi suvlarini
tozalangandan so‗ng suv manbalariga qo‗shib yuborilishi yoki maxsus ob‘ektlar
bo‗lsa shu suvdan qayta foydalanish imkoniyati yaratiladi. Aholi yashash joylarini
qattiq chiqindilardan tozalash (axlatlar) ham etarli darajada murakkab jarayondir.
Axlatlarni zararsizlantirishdagi an‘anaviy usul - axlat to‗plash joylari va
keyinchalik ularni ko‗mish usuli hisoblanadi (axlatlarni tuproq usulida
zararsizlantirish), ammo hozirgi kunda axlatlarni biotermik usulda zararsizlantirish
ham mavjud bo‗lib, axlatlar maxsus kameralarga joylashtiriladi, natijada axlat o‗z-
o‗zidan qizib, uning harorati 50-70 °C gacha ko‗tariladi.
Bunday sharoitda axlat
tarkibidagi oqsil va organik birikmalar aerobli sharoitda parchalanib go‗ngga
aylanadi, mikroorganizmlar, ayniqsa patogen mikroblar, gelmentlar va ularning
tuxumlari o‗ladi.
Dostları ilə paylaş: