219
muddatlarda yashay olishi bilangina bog‗liq bo‗lmay, balki ular suv muhitida
o‗zlarining virulentligini ham to‗liq saqlay oladi. Ayniqsa issiq iqlim sharoitida
buning
ahamiyati juda muhim, chunki bunday sharoitda mikroorganizmlar va
ayniqsa patogen mikroblar juda uzoq muddatlargacha yashay oladi. SHuning
uchun suv muhiti yuqumli kasalliklarning tarqalishida bizning Respublikada juda
muhim omil bo‗lib hisoblanadi.
L.Paster ifloslangan suv epidemiya manbai ekanligini ilmiy jihatdan
asoslagan, R.Kox Hindistondagi suv saqlanadigan
idishlardan vabo vibrionini
topgan.
Yuqumli kasalliklarning suv orqali tez tarqalishini aniqlash (suv
epidemiyalar), ularning yanada keng tarqalib ketmasligining oldini olishdagi tez va
samarali tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi. Shu narsani alohida nazarda
tutish lozimki, suv orqali tarqaladigan epidemiyalar o‗ziga xos ayrim
xususiyatlarga egadir, chunonchi: juda qisqa vaqt ichida katta miqdordagi bir
turdagi kasallik aniqlanadi (ommaviy kasallanish), aniqlangan yuqumli kasallik
aniq bir yashash joyiga ega (chegaralanganligi), kasallik aniqlanganidan so‗ng esa
ifloslangan manbani zararsizlantirish choralari ko‗rilishi
bilan kasallanish keskin
kamayib ketadi.
Suv orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar ko‗p bo‗lib, ularni bir qancha
guruhlarga bo‗lish mumkin. Birinchi navbatda bu bakterial tabiatli ichak
infeksiyalari bo‗lib, ularga vabo, qorin tifi, paratif A va B, ichburug‗ (dizenteriya),
har xil enteritlar va enterokolitlar (patogen ichak tayokchalari) kiradi. Suv orqali
tarqaladigan eng xavfli ichak kasalligi bo‗lib vabo xisoblanadi. Kasallikning
klinikasi og‗ir kechishi va pandemik tarqalish tendensiyasi tufayli vabo kasalligi –
o‗ta xavfli infeksiyalarga kiradi.
Issiq iqlimli davlatlarda leptospiroz kasalliklari uchraydi. Ayrim
bakterial
zoonoz infeksiyalar ham suv orqali tarqaladi. Bunda kasallik manbai bo‗lib
kemiruvchilar (tulyaremiya) yoki qoramollar (brutsellez, kuydirgi) hisoblanadi. Bu
kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilari suvga bemor va bakteriya tashuvchilarning
ajralmalari (najaslari) tushganda hamda suvga yuqumli kasalxonalar chiqindisi va
220
har xil chiqindilar tushishi tufayli ro‗y beradi. Epidemiologik jihatdan ochiq suv
manbalari ayniqsa havotirli hisoblanadi.
Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf tug‗diradi.
Shubhali ochiq suv manbalarida cho‗milish va mevalarni chayish ham xatarli
hisoblanadi.
Suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi juda xavflidir.
Suvda rivojlanuvchi organizmlar — plankton,
mollyuskalar, suv o‗tlari va
boshqalar o‗zida radioaktiv moddalarni kumulyasiya qilish xususiyatiga ega, bu
o‗z yo‗lida suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga olib keladi.
1950 yillardan boshlab, suv manbalarining sun‘iy radioaktiv izotoplar bilan
ifloslangani aniqlana boshlandi, bunday izotoplar ayrim a‘zolarda kumulyasiya
qilinishi natijasida nur kasalligiga sababchi bo‗lishi mumkin.
Suv odamlar orasida infeksiya tarqatuvchi manba bo‗lishi
mumkinligi
haqidagi birinchi ma‘lumotlar London shahrida vabo kasalligini epidemiyasida
Djon Stou tomonidan 1854 yili aniqlangan. Uning olib borgan tajribalarini hayron
qolarli joyi shundaki, inson suv bilan ishlashi davomida kasallik asoratlarini
sezmaydi. Anologik tekshirishlar Robert Kox tomonidan 1892 yili Germaniyada
olib borilib, u suv tarkibidagi vabo chaqiruvchi bakteriyalarni
filtratsiya qilish
yo‗li bilan yo‗qotish mumkinligini isbotladi. Keyingi paytlarda AQSh da
o‗tkazilgan tajribalar shuni ko‗rsatdiki, ich terlama kasalligi o‗rganilib, shunday
xulosaga kelishgan, ya‘ni suvni filtratsiya qilishdan oldin kimyoviy moddalar
bilan koagulyasiya qilish kerak ekan.
Dostları ilə paylaş: