Nuraliyeva xafiza otaevna


 TUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

10.2. TUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI. 
TUPROQNING O‘Z-O‘ZIDAN TOZALANISHI. 
Tuproq muhitida doimo turli xildagi mikroorganizmlarning bo‗lishi tabiiy 
bir holdir. Ifloslanmagan tuproq tarkibida asosan saprofit mikroorganizmlar bo‗lib, 
ular organik va anorganik birikmalarning parchalanishida ishtirok etadi. Biroq 
tuproq muhiti insonlarning chiqindilari - najas, peshob, xo‗jalikda hosil bo‗ladigan 
qattiq va suyuq chiqindilar, uy hayvonlarning axlatlari kabilar bilan ifloslanishi 
mumkin. Natijada bunday tuproq tarkibida patogen mikroorganizmlar paydo 
bo‗ladi, inson organizmi uchun xavf-xatar tug‗dirishi mumkin. 
Qoida bo‗yicha patogen mikroorganizmlar tuproqning yuza qismida hayot 
kechiradi (1-20 sm). Bunday kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar tuproq 
muhitida ancha uzoq muddatlargacha hayot kechirishi va o‗zining virulentligini 


208 
saqlab qolishi mumkin. Tuproq tarkibida bo‗ladigan patogen mikroblar suv bilan 
yuvilib, suv havzalarini ifloslaydi, ifloslangan tuproqli sharoitda etishtirilgan 
sabzovot va mevalararni ifloslaydi va natijada odam organizmiga tushib, turli 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Tuproq muhiti turli kasalliklarning tarqalishida insonlarning u bilan bevosita 
aloqasi yoki bilvosita aloqalarning tutgan o‗rni ham kattadir. Bundan tashqari, 
tuproq muhiti turli gelmentlar va ularning tuxumlari bilan ifloslanishi mumkin, 
shu bilan bir qatorda ayrim turdagi gelmentlar o‗zlarining yashash va rivojlanish 
bosqichlarini tuproq muhitida o‗tkazadi. Gelment tuxumlari tuproq tarkibida juda 
uzoq muddatlargacha saqlanishi va o‗rtacha 14 oygacha o‗zlarining invazion 
xususiyatlarini saqlashlari mumkin. Bunday sharoitda shu tuproqda etishtirilgan 
sabzavot va mevalar yuvilmasdan iste‘mol qilinganda, yoki shunday ifloslangan 
tuproqli joylarda bolalarning o‗ynashi orqali ular odam organizmiga o‗tadi, 
natijada gelmentoz kasalliklarini ko‗payishiga sababchi bo‗ladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin