156
Keyinchalik birinchi jarayonda hosil bo‗lgan mahsulotlar ta‘sirida
hujayralarda hayotning biologik qonuniga bo‗ysunuvchi funksional o‗zgarishlar
sodir bo‗ladi va hujayra yoki to‗qima o‗ladi.
Hujayralardagi eng muhim o‗zgarishlar:
A) hujayraning bo‗linish mexanizmi va nurlangan
hujayraning xromosom
apparatining shikastlanishi
B) hujayraning qayta tiklanishi va tabaqalanishi jarayonlarini to‗sib qo‗yadi
V) hujayradagi proliferatsiya jarayonini bog‗laydi va keyinchalik to‗qimaning
fiziologik regeneratsiyasini izdan chiqaradi.
Ionlantiruvchi nurlanishlarning ta‘siridan yuzaga keladigan shikastlanish va
uning samarasi eng avval nurlarning dozasiga va bu nurlarning organizmga ta‘sir
etish samarasi yiliga 0,5 3v (50 ber yil
-1
) va undan ortiq dozada ta‘siri surunkali
ravishda kuzatiladigan bo‗lsa u holda ionlantiruvchi nurlarning surunkali ta‘sirida
har qanday dozada bo‗lsa ham ularning stoxastik ta‘sirini kutish mumkin.
Ionlantiruvchi nurlar ta‘siriga barcha organizmlarning sezuvchanligi bir xilda emas
shuning
uchun xozirgi kungacha “kritik organlar” degan tushuncha organlarning
shu xususiyatlarini ta‘riflab beradi. Eng yuqori darajadagi radiosezgir organlar
qatoriga hujayrasi doimiy ravishda yangilanib turuvchi qizil suyak ko‗migi, jinsiy
organlar, taloqni kiritish mumkin. Radiosezgirlik bo‗yicha ikkinchi o‗rinda
mushaklar, qalqonsimon bez, yog‗ to‗qimasi, jigar, buyrak, o‗pka, oshqozon-ichak
yo‗li, ko‗z gavhari turadi. Eng kam radiosezuvchanlik badan terisi,
suyak
to‗qimasi, qo‗l panjalari, barmoqlar, to‗piq, tovon kabi a‘zolarga xosdir.
Organlarning turlicha radiosezuvchanligi nurlanish dozalarini gigiyenik
me‘yorlashtirishda inobatga olinadi.
Ionlantiruvchi nur manbalarida ishlovchilar va aholini ―Radiatsion havfsizlik
me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari ‖O‗zR SSV
tomonidan 05.01.2006 da buyrug‘i bilan tasdiqdan o‗tgan.
Bu
me‘yorlarning asosida qilib Radiatsion Havfsizlik Xalqaro
Komissiyasining tavsiyalari, RXM (Radiatsion Xavfsizlik Me‘yorlari) 76/87ning
ayrim Nizomlari hamda Radiatsion Havfsizlik Me‘yorlari
ionlantiruvchi
157
nurlarning zararli nur manbalaridan foydalanish va qo‗llashdagi xavfsizlik
qoidalarini hamda radiatsion-yadroli ob‘ektlarning atrof muhitga zararli ta‘siridan
muxofaza qilish masalalarining aniqlab beradi. Sanitariya Qoidalari va Radiatsion
xavfsizlik me‘yorlari (SQRXM) ning bajarilishini nazorat qilish Sanitariya
epidemiologiya xizmati radiologik bo‗limlari zimmasiga yuklash va uni bajarish
uchun doir yuklama (nagruzka) ni pasaytirishga
qaratilgan nazorat qiluvchi
tadbirlar majmuasidan iboratdir. Bu tadbirlar
Sanitariya dozimetrik nazorat deb
nom olgan. Sanitariya nazorati quyidagi vazifalarni o‗z ichiga oladi:
1.
Radiologik
ob‘ektlarni qurish va eskilarini qayta qurishdagi
ogohlantiruvchi sanitariya nazorati.
2. Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanadigan
va ishlab turgan
radiologik ob‘ektlarni qayd qilish.
3. Turli toifadagi aholining nurlanish dozalarini o‗lchash va baholash.
4. Tabiiy va texnogen radioaktiv moddalarni sanoatda, turar joy binolarida va
atrof muhitdagi miqdorini nazorat qilib borish.
5. Vaqtinchalik ruxsat etsa bo‗ladigan darajalarni o‗rnatish va radiatsion
avariya sodir bo‗lgan holatlarda radionuklidlarning amaldagi miqdorlarini
aniqlash.
6. Radioaktiv moddalarni saqlash va tashish sharoitlarini nazorat qilish
7. Kasbiy nurlanish oluvchi shaxslarning soni va ularni davriy tibbiy
ko‗riklardan o‗tkazilishini nazorat qilish.
Dostları ilə paylaş: