131
Aseptik bo‗limda havo muhitining sifatli saqlashning yana bir yo‗li xonada
mavjud bo‗lgan yuzalarga doimiy ishlov berishdir. Yuvish vositalari va
dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda yuzalarni nam tozalash tavsiya
qilinadi. Aseptik bo‗linma binolarini tozalash ish oxirida smenada kamida 1 marta
amalga oshiriladi. Haftada bir marta, agar iloji bo‗lsa, uskunalar chiqarilishi bilan
umumiy tozalash amalga oshiriladi.
Aseptik bo‗lim yoki xonalarni tozalashda tozalash bosqichlari ketma-
ketligiga qat‘iy rioya qilish talab qilinadi. Tozalashni aseptik zonadan boshlash
kerak. Birinchi bo‗lib, devor va eshiklar yuzalarini shiftdan polgacha yuvish,
harakatlar yuqoridan pastga qarab bo‗lishi kerak. Keyin
statsionar uskunalar
yuviladi va dezinfeksiya qilinadi, oxirida esa pollar yuviladi.
Aseptik
bo‗linmaga kiritiladigan barcha uskunalar va mebellar
dezinfeksiyalovchi eritma bilan oldindan tozalanadi. Tozalash va dezinfeksiya
qilish uchun ko‗pikli gubkalar, tolali materiallardan tayyorlangan salfetkalar
tavsiya etiladi. Pollarni artish uchun, qattiq matolardan tayyorlangan lattadan
foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: