Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


II. Raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə64/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Chashma
II. Raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar.
Raqamli topshiriqlarda ish individual kartochkalar yoki tayyorlangan devoriy jadval bo’yicha olib boriladi. Kartochkada topshiriq ko’rsatiladi va javoblarga kalit beriladi. O’quvchi kerakli kalitni topishi lozim. Bunday ishni bajarish natijasida o’qituvchi 4-5 minut ichida endigina o’rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida ham, uy vazifasini tekshirishda ham o’quvchilar bilimini sinash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Raqamli dasturlashtirilgan ishlar faqat tabiat obyektlarining tashqi belgilari to’g’risidagi bilimlarni nazorat qilish uchungina emas, balki birmuncha murakkabroqlarini tekshirish uchun ham tavsiya qilinishi mumkin. Masalan, tabiiy xarita bo’yicha bilimlarni (4-sinf) aniqlovchi topshiriqlar tuzish mumkin.
Topshiriq:
1). Daryoning boshlanish joyi.
2). Daryo oqimi chuqurligi.
3) Daryoning boshqa daryoga, ko’lga, dengizga quyiladigan joyi.
4) Pandj va Vaxsh daryolarining quyilishidan hosil bo’lgan daryo.
5) Qora daryo va Norin daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lgan daryo.
6) Quyiladigan joyiga ega bo’lmagan daryo.
Chashma: 1. Amudaryo; 2. Sirdaryo; 3. O’zani; 4. Boshlanishi; 5.Zarafshon; 6. Quyiladigan joyi.
Javoblar: 1 (4), 2 (3), 3 (6), 4 (1), 5 (2). 6 (5).
Dasturlashtirilgan topshiriqlarning boshqa turidan ham foydalanish mumkin. O’qituvchi doska yoki jadvalda, masalan, tabiiy zonalar nomlarini raqamlar bilan ko’rsatadi. Keyin zonalar bu zonaga xos bo’lgan jonli tabiat vakillarini sanab beradi. Doskaga obyektlarning nomlarini tegishli raqamli belgilar bilan (4-sinf) yozib berish mumkin.
1. Qulon 7. Dafna
2. Zig’ir 8. Silovsin.
3. Qizg’aldoq 9. Xurmo
4. Marmarak 10. Kedr
5. Choy 11. Magnoliya
6. Chalov 12. Shimol bug’isi

13. Ilonxo’r lochin 17. Qizilcha


14. Bug’u lishaynigi 18. Qo’shoyoq
15. Kungaboqar 19. Burama shoxli bug’u
16. Saksovul 20. Oq quyruq.
Javoblar: a) Tundara: 3,12,15
B) O’rmon: 2,8,10,19
V) Dashtlar: 4,6,14,17
G) Cho’llar: 1,13
D) Qrim va Kavkazning Qora dengiz sohillari.
Bunday toifadagi dasturlashtirilgan topshiriqlardan umumlashtiruvchi darslarda foydalaniladi. Xatolarga yo’l qo’yilganda o’qituvchi o’quvchilar bilan individual ishlar tashkil qiladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin