Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


– mavzu Ekskursiya darsi va uning boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslikni o’rganishdagi o’rni



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə72/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
16 – mavzu Ekskursiya darsi va uning boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslikni o’rganishdagi o’rni.
. Ekskursiya darsi va uning boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslikni o’rganishdagi ahamiyati.
2. Ekskursiya darsiga tayyorgarligining asosiy bosqichlari
3. Ekskursiya darsining rejasi va undan samarali foydalanish yo’llari
4. Ekskursiyada o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining turlari
5. Ekskursiya va kuzatishlardan keyin tabiatshunoslik maqolalarini o’qish

Adabiyotlar ro’yxati



  1. Asosiy adabiyotlar: 10, 17, 18, 28, 29.

  2. Qo’shimcha adabiyotlar: 9, 12, 16, 27, 32.



Tayanch iboralar: tabiatshunoslik, ekskursiya, kuzatish, dars kuzatishlar, ekskursiyadan keyingi o’qish, metodlar

Ma’lumki, tabiatshunoslik darslarida o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarini qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni demonstrasiya qiladi. Amaliy ishlarni bajarish yo’li bilan o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi.


Ammo sinfdagi darsda hayotni uzoq kuzatishni talab qiluvchi o’simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik
o’qitish metodikasida darslarni to’ldiruvchi maxsus shakllar qo’llaniladi. Ekskursiyalar – tabiatdagi tabiiy guruhlashda yoki qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda yoki muzeylarda, o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. O’rganilayotgan tushunchalar kompleksiga kiradi yoki ilgari qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi, umumlashtiradi.
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog’lanadi: ekskursiyada ko’rilgan obyektlar kurs davomida ko’p marta esga olinadi, to’plangan narsalar esa demonstrasiya qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o’quvchilar ilgari olgan bilimlarini ishlatib, tabiatshunoslik o’quvchilarini rivojlantirish, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar.
Darslarning uy vazifalari bilan xususan eksperimental xarakterdagi topshiriqlar bilan bog’liqligi aniq va ravshandir. O’quvchilar uyda uncha murakkab bo’lmagan tajribalar qiladilar, kuzatishlar o’tkazadilar. (Masalan, uyda daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo’laklarini yopishtiradilar), jadval to’ldiradilar rasmini chizadilar.Bu o’qitishning eng yuqori ko’rgazmalilikka va o’quvchilarning ijodiy mustaqilligiga asoslangan maxsus shaklidir. Dasturning deyarli har bir mavzusi bo’yicha ekskursiyalar mo’ljallangan. Ammo O’zbekistonning tabiiy sharoiti ular sonini ancha ko’paytirishga imkon beradi.
Ekskursiya o’quv-tarbiya ishlarining juda murakkab va qiyin shakli va bilimlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali o’qitish shakllaridan biridir. Ekskursiyaning kalendar ish rejasi o’quv yilning boshida bir yil uchun choraklar bo’yicha mahalliy sharoitni hisobga olgan holda tuziladi. Har bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi va odatda quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1) ekskursiyalarning kalendar rejasini tuzish;
2) konkret o’quv-tarbiya vazifalarini belgilash;
3) obyekt tanlash va u bilan taxminiy tanishish;
4) kengaytirilgan ish planini tuzish;
5) ekskursovodni yoki korxona xodimlarini o’quvchilar bilan suhbat o’tkazishga tayyorlash, ularni ekskursyaining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
6) o’quvchilarni oldindan tayyorlash (ekskursiyaning umumiy vazifalarini qo’yish, topshiriq va vazifalarni taqsimlash, ekskursiyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtirish, anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlash);
7) kuzatish imkoniyatlarini hisobga olib eng maqsadga muvofiq, marshrut tanlash;
8) ekskursiya o’tkazish uchun yordamchilarni tayyorlash.
Ekskursiya vaqtida o’tkaziladigan va bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat: 1) ekskursiya vaqtida o’quvchilar ekskursiya joyigacha yo’l-yo’lakay kuzatishlar o’tkazib boradilar; 2) butun ekskusrya davomida o’qituvchi tushuntirib boradi; 3) ekskursiya joyida o’quvchilar odamlar va mashinalarning ishini yoki tabiat obyektlari va hodisalarini kuzatadilar; 4) ishchilar va injenerlar bilan suhbatlashadilar; 5) tabiiy material yig’adilar va oldindan tayyorlab qo’yilgan papka, quticha, bankalarga soladilar; 6) o’lchov ishlarini (daryoda, tuproq kemasida, tepalikda) olib boradilar; 7) kompas bo’yicha yo’nalishlarni anqlaydilar; 8) rasm chizadilar, xulosalar chiqaradilar va umumlashtiradilar; 9) kuzatayotgan obyektda baholi-qudrat ijtimoiy foydali mehnat qiladilar.
Ekskursiya vaqtida to’plangan material darsda, uyda yoki darsdan tashqari vaqtda maktabda ishlanadi (tartibga keltiriladi). Ulardan gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi, ular tarqatma material bo’lib xizmat qiladi yoki ko’rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda, shuningdek, rasmlar, albomlar, har xil yasalgan narsalardan ham foydalaniladi.
Ekskursiyada to’plangan materialardan faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika, ona tili, mehnat va rasm darslarida ham foydalanish kerak. Chunonchi, 1-sinfda savodga o’qitishning alifbe davrida o’quvchilar bilan «Kuz» mavzusi bo’yicha ikkita ekskursiya o’tkaziladi, ekskursiyalar vaqtida o’quvchilar o’rmonda yoki parkda erta va kech kuz davrida o’simliklar hayotidagi o’zgarishlar bilan tanishadilar. Bolalar qushlarning uchib ketishini kuzatadilar, mehnat darslari uchun tabiiy material yig’adilar. Qish va bahorda o’quvchilarning o’simliklar hayotidagi yil fasllariga qarab farqlarni ko’rishlari uchun kelgusi ekskursiyalar o’sha obyektlarda o’tkaziladi. 2 sinfda «Tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar» mavzusi bilan bog’lq holda ekskursiyalar o’tkaziladi, ularda o’qituvchi bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, tabiat to’g’risida konkret tushunchalarni shakllantiradi.
Tabiatshunoslik sohasidagi bilim doiralarini doimo kengaytirib borish lozim. Chunonchi, 1-sinfda bolalar ekskursiyalarda 3-4 o’simlik bilan tanishadilar va ularni yil davomida kuzatib boradilar. 2-sinfda yana 3-4 o’simlik turi qo’shiladi, 3-sinfda o’qishning oxiriga kelib, ular 6-8 o’simlik (daraxt, buta va o’t o’simliklari) turlarini taniy va ta’riflay olishlari, 4-sinfda esa 8-10 turni yaxshi bilib olishlari kerak.
Ekskursiya – o’quvchilarni tabiat hodisalarining yoki tabiat va mehnat aloqalarini aks ettiruvchi faktlar biln tanishtirish uchun zarur bo’lgan noyob bilim manbaidir. Misol sifatida eng ko’p tarqalgan suv o’simliklari va hayvonlar bilan tanishish maqsadida suv havzasiga o’tkaziladigan ekskursiya rejasini keltiramiz. (3-sinf):
1) ilgari tabiatga (parkka, skverga) o’tkazilgan ekskursiya mazmuni bo’yicha suhbat;
2) yangi mavzu bo’yicha (suv havzasining mavjudotlari to’g’risida) kirish suhbati;
3) o’smliklarni kuzatish;
4) hayvonlarni kuzatish;
5) yaqinda joylashgan suv havzasidagi o’simlik va hayvonlarning tashqi tuzilishini qarab chiqish;
6) ekskursiya materialini yig’ish;
7) umumlashtiruvchi suhbat;
8) uyga vazifa berish (jadval).
Ekskursiya jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi, bunda og’zaki (hikoya, suhbat, tushuntirish), ko’rgazmali (suhbat jarayonida kuzatish) va amaliy (o’quvchilarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish) metodlaridan foydalanadi.
Ekskursiya jarayonida o’quvchilar faqat kuzatibgina qolmasdan, balki o’rganilayotgan obyekt to’g’risida yangi ma’lumotlar olishlari va ularni amalda foydalana bilishlari kerak. Olgan bilimlarning natijalarini o’quvchilar so’zlab bera olishlari kerak.
O’qitishning xilma-xil metodlari va uslublaridan foydalanish jihatidan darslarga o’xshash bo’lgan ekskursiya ayni vaqtda o’ziga xos belgilarga ham egadir. U maktab devoridan chetda o’tkaziladi va ko’proq vaqtni talab qiladi, vaqt faqat bilish faoliyatigagina emas, balki o’rganish obyektiga tomon va orqaga qarab harakatlanishiga ham sarflanadi. Ekskursiya vaqtida bilimni faqat o’qituvchigina emas, balki boshqa shaxslar ham bayon qiladilar. Uning farq qiladigan muhim belgisi – atrof borliqning obyekt va hodisalari bilan tanishtirish, haqiqatni

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin