Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə69/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107
Predmetli darslardan keyin o’qish. O’quvchilarni tabiat jismlari bilan bevosita tanishtira borib, jismlarning tarkibiy qismlari va ularning amaliy ahamiyatini tahlil qilib, o’qituvchi shu jismlar to’g’risidagi bilimlarni mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan tabiatshunoslik darslaridan: 2-sinfda «Termometr», 3-sinfda «Foydali qazilmalar», 4-sinfda «Kompas bo’yicha oriyentirlash» va shu kabi maqolalarni o’qiydi. Suhbat jarayonida o’qituvchi predmetli darslarda o’rganilgan va darslikda ta’riflangan obyektlarning xarakterli xususiyatlarini taqqoslaydi.
Bundan tashqari darslar didaktik maqsadlariga qarab quyidagi tiplarga bo’linishi mumkin: 1) yangi materialni o’rganish darsi; 2) mustahkamlash darsi; 3) ekskursiya darsi; 4) o’quv tajriba uchastkasidagi dars; 5) maktab jug’rofiya maydonchasidagi dars; 6) izohli o’qish darslari ; 7) kino va teledarslar va boshqalar.
Yangi materialni o’rganish darsi. Darsning bu tipi toza ko’rinishda uchramaydi. Biroq o’quv materialining o’ziga xosligi va o’quvchilar diqqatining barqaror emasligini hisobga olib, yangi materialni o’rganish asosiy maqsad hisoblangan darslar o’tkazilishi mumkin. Bu ishga darsda vaqtning ko’p qismi ajratiladi, darsning boshqa qismlari unga buysunadi. Yangi materialni o’tishda ilgari o’rganilganlar bilan vorislik o’rnatish va yangi materialni ilgari o’zlashtirilganlar sistemasiga, kiritish uchun bolalarni yangi materialni qabul qilib olishga tayyorlovchi bo’lim va savollarni takrorlaydilar. Bunday darsda o’rganiladigan materialni birlamchi mustahkamlash boradi.
Bu tipdagi dars strukturasi shunday bo’ladi: 1) yangi bilimlarni ongli o’zlashtirilishi uchun zarur bo’lgan materialni takrorlash va kuzatishlar kundaligi bilan ishlash; 2) dars mavzusi va maqsadini bildirish; 3) yangi materialni o’rganish (kiritish suhbati, amaliy ish, o’qituvchi hikoyasi); 4) amaliy ish mazmuni bo’yicha suhbat; 5) o’quvchilarning mustaqil ishlashi (daftarlar, darslik, qiziqarli – idrokiy material, kontur va tabiiy xaritalar, dusturlashtirilgan kartochkalar va shu kabilar bilan); 6) o’quvchilarning o’rganilgan materialni tushunganliklarini tekshirish; 7) dars yakunini chiqarish; 8) uyga vazifa berish (qo’yilgan maqsadga qarab, u darsning hohlagan vaqtida berilishi mumkin).
Mustahkamlash darsi. Bu tipdagi darsda o’quvchilarning har xil topshiriqlar va tabiatshunoslikni boshqa predmetlar bilan aloqasini, shuningdek tabiat jismlari hamda hodisalarining o’zaro bog’lanishini ochib beruvchi ishlar bajarishlari markaziy o’rinni egallaydi.
Bu darslarning strukturasi quyidagicha bo’ladi: 1) oldinda turgan ishlarning maqsadini taklif qilingan topshiriqlarni bajarish uchun zarur bilim, uquv va ko’nikmalarni esga olish (tiklash); 2) o’quvchilarning topshirilgan ishlarni bajarishlari; 3) o’qituvchining bajarilgan ishlarni tekshirishi; 4) uyga vazifa berish.
Bilim, uquv va ko’nikmalarni kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek yangi materialni qabul qilib olinishini osonlashtirish uchun bunday darslarda kelgusi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Masalan, jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba uchastkasidagi ishlar (ko’p yillik gulli – manzarali o’simliklarni parvarish qilish, ularni tupini bo’lish yo’li bilan ko’paytirish, rezavor meva butalari va meva daraxtlarini qishga tayyorlash, xona o’simliklarini o’tqazish va ko’paytirish, qlupnay ko’chatlarini o’tqazish, tuproqni yumshatish va h.k.) yoki tabiatdagi o’simlik zararkunandalari bilan tanishish.
Bu tipdagi darslarda ekskursiyalar yoki tabiiy obyektlar ustidan uzoq kuzatishlar jarayonida o’zlashtirilgan bilimlarni qayta tiklash maqsadida ilgari o’quvchilar tayyorlagan albomlardan, surat, sxema, diafilmlardan foydalanish mumkin.
O’quv-tajriba maydonchasidagi dars. Darsning bu tipidan faqat nazariy bilimlarnigina emas, balki konkret uquv va ko’nikmalarni egallashda ham o’quvchilarga yordam berish uchun foydalaniladi. O’quv tajriba maydonchasidagi darslar tabiat obyektlarini tabiiy sharoitlarda o’rganishga, o’simliklarni parvarish qilishga, qishloq xo’jaigi ish qurollari bilan ishlashga o’rgatish imkoniyatini beradi.
Bu darslarning bosh didaktik maqsadi – mehnatsevarlikni tarbiyalash bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir. Asosiy struktura elementlari – tashkiliy qism, o’qituvchining yo’l-yo’riq berishi, o’quvchilarning mustaqil ishlashidir.
1-2-sinf o’quvchilari o’quv-tajriba maydonchasidagi darslarni mehnat ta’limi bilan bog’liq holda, 3-4-sinflar – yana tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan bog’liq holda o’tkazadilar.
Boshlang’ich sinflarning o’quvchilari o’quv-tajriba maydonchasida sabzavot va manzarali o’simliklar bilan ish olib boradilar. Tajribalar va ular bilan bog’liq bo’lgan kuzatishlar, ekskursiyalar, agrotexnik va texnik-texnologik ma’lumotlar, shuningdek o’quvchilar olishi kerak bo’lgan zarur o’quv va ko’nikmalar dasturida ko’rsatilgan. Tajribalarni o’tkazish rejasi tabiatshunoslik darsligida aks ettirilgan, shunga ko’ra o’quv-tajriba maydonchasidagi darslarning eng muhim xususiyatlarini belgilab o’tamiz.
Bu tipdagi darslar boshqa har qanday dars kabi puxta o’ylangan reja asosida aniq belgilangan mazmunda o’quvchilarning o’quv materialini qabul qilib olishni va o’zlashtirishni ta’minlovchi xilma-xil metod va uslublar qo’llanishi bilan olib boriladi, ammo ular har vaqt suhbat bilan boshlanadi, uning jarayonida o’qituvchi dars mazmuni va vazifasini tushuntiradi. Keyin amaliy ish o’tkazish uchun zarur bo’lgan material (urug’lar, ko’chatlar) o’rganiladi va shu darsda kerak bo’ladigan ilgari o’tilgan bilimlar takrorlanadi.
Maydonchadagi dars vaqtida suhbat sinfdagi o’sha metodik talablarga muvofiq olib boriladi. O’rganiladigan material (urug’lar, ko’chatlar, o’simliklar) tabiiy holda ko’riladi. Suhbatdan keyin amaliy faoliyat bilanbog’liq bo’lgan yo’l-yo’riqlar beriladi. So’ngra o’quvchilar amaliy ishni bajarishga kirishadilar.
Maktab oldi maydonchasidagi mashg’ulot rejasini keltiramiz:
1) darsning vazifalari;
2) darsga tayyorlanish;
3) darsni jihozlash;
4) dars o’tishning tashkil etish va metodikasi (dars mavzusi va maqsadini tushuntirish, muammoli savollar qo’yish, muammoli vaziyat vujudga keltirish, o’qituvchining tushuntirishi, o’qituvchining ish uslublarini ko’rsatishi, suhbat, ko’rsatilgan uslublarni o’quvchilar tomonidan takrorlanishi, butun sinf bilan amaliy ish bajarilishi, o’simliklarni parvarish qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish);
5) yakuniy suhbat.
Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga barcha ish qurollarini to’plashi, ularni tozalab, ko’rsatilgan joyga qo’yishni taklif qiladi. Bir qism vaqt o’quvchilarning o’zlarini tartibga keltirib olishlari: ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo’llarini sovun bilan yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi. Darsni muvaffaqiyatli o’tishi va qat’iy intizomga erishish uchun o’qituvchi yana ish boshlangungacha har bir o’quvchiga u mehnat qiladigan maydonchani ko’rsatadi, shuningdek kerakli individual ish qurollarini va ekish materilini beradi. Har bir o’quvchi ish bilan band bo’lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi va baholanishi kerak.
Maktab jug’rofiya maydonchasidagi dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko’p qismini makatb oldi uchastkasida jihozlangan jug’rofiya maydonchasida o’tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntiriishi va o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan murakkab mavzular o’rganiladi. Jug’rofiya maydonchasida ishni tashkil etish maktaboldi uchastkasidagidek bo’ladi. Jug’rofiya maydonchasidagi darsga «Tabiatda suv» mavzusidagi dars misol bo’lishi mumkin. Buning uchun uchastkaga suv (vodoprovod krani) keltirilishi va tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. Agar suv oqimi yo’liga har xil to’siqlar qo’yilsa, qirg’oqlarning yuvilish, orollarning hosil bo’lish, darning oqimi, irmog’i va quyilishi manzarasini vujudga keltirish mumkin. Jug’rofiya maydonchasida o’quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko’ringani uchun, yotiq va tik yonbag’irliklarini qarab chiqadilar, keyin o’zlari qumda tepalik modelini tayyorlaydilar. Shuningdek soyni uning yaxshi ko’rinadigan qismlari – boshlanishi, oqimi, quyilishi, o’ng va chap qirg’oqlari bilan modellashtirish mumkin. Bunda uning Quyoshning ufq ustidagi balandligini aniqlash uchunu kun yarmidagi soyaning uzunligini o’lchashga, ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o’rganadilar, tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Jug’rofiya maydonchasidagi 3-4 sinf o’quvchilari bilan «Mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash», «Kompas bo’yicha aniqlash», «Quruqlik yuzasining shakllari»; «Tog’lar» va shu kabi mavzularda darslar bolalarni qiziqtiradi va katta foyda keltiradi, chunki ular amaliy faoliyat bilan bog’liqdir.
Takrorlovchi – umumlashtiruvchi dars- odatda mavzu o’rganilgandan keyin o’tkaziladi. Uning didaktik maqsadi – ilgari o’tilgan qator darslar mazmunini bir-biriga bog’lash, ulardagi eng muhim masalalarni aniqlash va umuman butun mavzu bo’yicha umumlashgan xulosalar chiqarishdir.
Takrorlovchi – umumlashtiruvchi darslar mazmuniga yangilik elementlarini: yangi misollar, ilgarigi darslarda foydalanilmagan qurollar, diafilmlar, diapozitivlar kiritilishi lozim.
O’qituvchi takrorlovchi-umumlashtiruvchi darsga puxta tayyorlanishi (o’rganilgan mavzu bo’yicha savollar ro’yxatini tuzish, umumlashtiruvchi jadval o’ylab chiqish, individual didaktik kartochkalar tayyorlash) kerak. Bilimlarning o’zlashtirilganligini chuqurroq tekshirish uchun dasturlashtirilgan kartochkalardan, shuningdek ilgari bitirgan o’quvchilar tayyorlagan albomdan foydalanish mumkin. O’quvchilar bilimni tekshirishda umumlashtiruvchi jadvallar alohida ahamiyatga ega, chunki ularda o’yin elementlari bor. Misol sifatida «To’rtinchisi ortiqcha» jadvalini keltirish mumkin. Bu jadvalning har bir qatorida to’rtta umumiy bo’lgan hayvonlardan uchtasi ular uchun umumiy bo’lgan belgi bo’yicha alohida guruhga birlashtirilishi mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin