Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə83/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107
3-sinf. Bu sinf oxirida o’quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:
a) tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar, belgilari, jonli va jonsiz tabiatning o’zaro aloqasi. 2-sinfda olingan bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;
b) jonsiz tabiatning, havo, suv, tuproq, foydali qazilmalarning nomlari va farqli belgilari;
v) mahalliy o’simliklar nomlari va farqlari (beshtadan kam bo’lmagan daraxtlar, butalar, o’tlar);
g) qishloq xo’jalik o’simliklarga ishlov berish usullarining elementar biologik asoslari;
d) suv o’tlari guruhlari, moxlar, poporotniklar, xushbo’y hidli gullovchi o’simliklarning ayrim farqli ko’rinishlari, o’simlikshunoslik – qishloq xo’jaligining asosiy qismi;
y) hayvonlar guruhi: hasharotlar, o’rgimchaksimonlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, hayvonlar va ularning farqli tomonlari, hayvonlar bilan shug’ullanish qishloq xqjaligining asosiy qismi;
j) hayvon guruhlari o’rtasidagi o’xshashlik va farqli belgilari; mahalliy sharoitda keng tarqalgan hayvonlar hayot tarzi va tashqi tuzilishi;
z) o’rganilgan hayvonlarning tabiatga, hayotga va inson xo’jalik faoliyatidagi ahamiyati;
i) o’simliklarning o’simliklar bilan, hayvonlarning o’simliklar bilan, hayvonlarning hayvonlar bilan o’zaro aloqalari, insonning jonli va jonsiz tabiat bilan o’zaro aloqasi;
k) insonlarning tabiatga sovuqqonlik bilan qarashlari, tabiat muhofazasi, tabiatda o’zini tutish qoidalari;
l) inson organizmidagi asosiy organlarning joylashishi, tuzilishi va nomlari;
m) tana tuzilishi, asosiy organlarning vazifalari haqida oddiy tasavvur;
n) chekish va alkogol ichimliklarni iste’mol qilishning organizmga zararli ta’siri;
o) sanitar – gigiyenik qoidalar.
«5» bahosi o’z joyida eng ko’p tarqalgan mavsumiy hodisalar to’g’risidagi to’liq bilimlarga, ular to’g’risida sabab, oqibat bog’lanishlarini ko’rsatish bilan va o’zining tabiatdagi kuzatishlariga tayanib hikoya qila olish o’quviga, o’z joyida ko’proq tarqalgan o’simlik va hayvonlar, ularning yashash sharoitlari to’g’risida (darslik va tabiatni kuzatish kundaligi hajmida) hikoya qila olish uquviga; o’z joyidagi odamlarning yil fasllari bo’yicha mehnatlari to’g’risida aytib bera olish uquviga qo’yiladi. O’quvchilar odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishlari, tabiatda muntazam kuzatish olib borishlari va ularni kuzatishlar kundaligida qayd qilib borishlari; havo haroratini to’g’ri o’lchay olishlari, gerbariylarni rasmiylashtira bilishlari, kundalik materiallari bo’yicha kuzatishlariga yakun chiqara olishlari kerak.
«4» bahosini qo’yishda ham o’sha talablarga rioya qilinadi, biroq bunda biroz noaniqlikka yo’l qo’yilgan bo’ladi.
«5» va «4» baholari faqat darslik materialini bilgangagina emas, balki shuning bilan birga o’quv-tajriba uchastkasidagi va ekskursiya vaqtidagi faol ishlariga, kuzata olishlariga va tabiatning o’zidan bilim ola bilishiga ham qo’yiladi.
«3» bahosi tabiat to’g’risidagi noaniqlik, uzuq bilimlarga, sabab-oqibat aloqalarini aniqlay olmaslikka, tabiatning mahalliy hodisalari, o’simlik va hayvonlari, tabiatdagi odamlar hayoti to’g’risida bilim yetarli bo’lmaganda, tabiatda kuzatishlarni muntazam olib bormaganda va kuzatishlar kundaligini sistemali yuritmaganda qo’yiladi.
Salbiy baho qo’yilmaydi.
4-sinf. Bu sinf yakunida o’quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:
a) yashash joyi tabiatining xususiyatlari (tekislik, tuproq, foydali qazilmalar, suv havzalari, o’simlik va hayvonlar);
b) kishilar mehnati;
v) foydali qazilma (temir va mis rudasi)ning fizik xossalari;
g) tabiat zonalari xaritasida O’zbekistonning jug’rofik joylashishi, o’rni;
d) turli tabiiy sharoitlar va ularning kishilar tomonidan o’zlashtirilishi;
ye) tabiatni muhofaza qilish bo’yicha O’zbekistondagi asosiy tadbirlar;
j) tabiatda o’zini tutish qoidalari;
z) yerning tuzlishi xossalari, uning tepaliklari (globus, jug’rofiy xarita);
i) quruqlik va okeanlar nomlari;
O’quvchilar bajara olishlari shart:
a) yarim sharlar, tabiiy zonalar, fizik xarita va globusdan O’zbekiston Respublikasini chegaralab so’zlab berish;
b) globus va xaritada ufq tomonlarini aniqlash, o’rganilgan hududlarni topish va ko’rsatish;
v) tabiatdagi o’zaro bog’liqlik, tabiat va inson o’rtasidagi bog’liqlikni tushuntirish;
g) tabiiy iqlim, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy sharoitlar, odamlar mehnati o’rtasidagi bog’liqlikni keltira bilish;
d) «Kundalik kuzatish daftari» ga ob-havo kuzatishlarining natijasini belgilab borish;
ye) tabiat atrofini muhofaza qilish chora-tadbirlarini qo’llash, tabiatda o’zini tuta bilish.
«5» baho dasturning asosiy mavzulari bo’yicha aniq bilimlarga, reja bilan xaritaning farqiga borish, kompasdan foydalanish, joyida ufq tomonlarini farqiga borish,o’z o’lkasi tabiati to’g’risida (darslik yoki mahalliy o’lkashunoslik qo’llanmasi hajmida) gapirib berish, o’z kuzatishlaridan amalda foydalanish uquvlariga, shuningdek Vatanimiz tabiati to’g’risida to’g’ri, to’liq hikoyaga, har xil zonalar tabiatidagi sabab-oqibat aloqalarini ko’rsata olishiga; tabiatga ehtiyotlik munosabati nimadan iboratligi va odamlar tabiatni qanday ehtiyot qilayotganliklarini tushuntira olishiga; amaliy ishlarni to’g’ri bajarishi va kuzatishlar kundaligini muntazam yuritishiga qo’yiladi.
«4» bahosi o’sha bilimlar uchun qo’yiladi, ammo javob berishda uncha katta bo’lmagan noaniqlikka yo’l qo’yilgan bo’ladi.
«3» bahosi bilimlarning noaniqligi, to’la bo’lmaganligi, o’quv materialini bo’sh ekanligi, hikoyada o’z kuzatishlaridan foydalana olmaganligi va amaliy ishlarni va kuzatishlar kundaligi yuritishni sifatsiz bajarilganligi uchun qo’yiladi.
«2» bahosi o’quvchi kerakli narsani topolmagan va uning xususiyatlarini to’g’ri ta’riflay olmagan, shuningdek shu guruhning xarakterli belgilarini ko’rsata olmagan, hodisalarni tushuntirolmagan va konkret misollar keltirolmagan, tajriba qo’yolmagan va xulosalarni ifodalay olmagan hollarda, shuningdek u javobida adashganda, biroq materialni tushunganda qo’yiladi.
«1» bahosi o’quvchi butunlay javob bermagan yoki «taxminan» javob bergan, materialni tushunmaganligini ko’rsatgan hollarda qo’yiladi.
O’qituvchi bu normalardan foydalana borib, har bir o’quvchining individual xususiyatlarini, uning o’quv materialini o’zlashtirishdagi xarakatlarini, o’zining kamchiliklari va qiyinchiliklarni bartaraf qilish qobiliyatini hisobga olish zarur.
Baho sinfdagi yoki joylardagi konkret amaliy ishlar uchun ham qo’yilishi mumkin. Bunda ishning izchil va puxta bajarilishi, o’quvchining mustaqillik darajasi, olingan xulosalarning to’g’riligi, ularni ifodalana olishi hisobga olinadi. Kamida oyda bir marta o’quvchilarning kuzatishlar kundaligidagi ishlar baholanadi. Bunda kuzatishlarning mustaqilligi, o’z vaqtida o’tkazilganligi, ob-havoni qayd qilishning to’g’riligi hisobga olinadi. Kuzatishlar kundaliklarida o’quvchilar yo’l qo’ygan imlo xatolari albatta tuzatiladi, ammo tabiatshunoslik bo’yicha baho qo’yishda hisobga olinmaydi. Ularni til ustida ish olib borilganda e’tiborga olish zarur.
O’quv choragi yoki yili uchun yakuniy baho qo’yishda o’quvni dastur talablarida ko’rsatilgan bilim, o’quv va ko’nikmalarni qanchalik egallaganliklarini hisobga olish lozim. Bunda o’quvchilarning og’zaki javoblari, ularning amaliy faoliyati va kuzatishlar kundaligini yuritish sifati hisobga olinadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin