Nurmamatov ramazon abdirashid o'gli bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash”



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə17/26
tarix15.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#143802
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
рамазон диссертация 05.06.2023

Interfaol ta’lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – o‘zaro, “act” – harakat qilmoq) – ta'lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va ma'lum bir axloqiy sifatini o‘zlashtirishdagi o‘zaro harakatlarni tashkil etishga asoslangan ta’lim [38].
Darhaqiqat, interaktivlik deganda ta'lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va ma’lum axloqiy fazilatlarni egallash maqsadida o‘zaro hamkorlik asosida harakatlarini tashkil etishi tushuniladi. Mantiqiy nuqtai nazardan, interfaollik, avvalo, o'zaro hamkorlikka asoslangan suhbat (dialog), harakat va faoliyatni olib borishdir.
Interfaol ta'lim o'quv jarayonining asosiy ishtirokchilari - pedagog va bo'lajak kadrlar o'rtasidagi hamkorlik asosida tashkil etiladi, o'z shaxsiy qarashlarini oson ifoda etish, ular erkin fikrlash, muammoli vaziyatlarda echimlarni birgalikda izlash, o'quv materialini ishlab chiqishdagi o'zaro hamjihatligini yaratish, "bo'lajak kadrlar - pedagoglar" guruhi o'zaro hurmat, tushunish va qo'llab-quvvatlash, samimiy munosabatlar, ma'naviy birlik bilan ajralib turadi.
Interfaol ta'limda quyidagi shaxslar o'rtasida suhbat tashkil etiladi. Interaktiv TT dan foydalanish jarayonida talabalar quyidagilarga ega bo'lishadi:
- tengdoshlari orasida o‘z fikrlarini erkin ifodalash, o‘z bilimlarini aqliy to‘siqlarsiz namoyish etish;
- guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
- muammoni hal qilishga kreativ yondashish;
57
- guruh yoki jamoadoshlar bilan yaqinlikka erishish;
- o‘zining ichki imkoniyati hamda qobiliyatini to‘liq namoyon eta olish;
- o'z faoliyatini nazorat qilib borishi va mustaqil baholash;
- fikrlarni umumlashtirish, eng zarurini ta'kidlash;
- o'z qobiliyatlari va kuchli tomonlariga ishonch hosil qilish;
- turli vaziyatlarda harakat qilish va qiyin vaziyatlardan chiqish ko'nikmalarini egallash.
Interfaol ta'lim ma'lum xususiyatlarga ega (4-ilova).
Refleksiya (lot. “reflexio” – ortga qaytish, aks etish): kishining harakatlari, ularni asoslab tushunishi, anglahiga qaratilgan nazariy faoliyati, o‘z-o‘zini tahlil qila olishidir.
Interfaol ta'lim barcha ta'lim turlari kabi ustuvor prinsipga ega:
1. Mashg'ulot - bu ma'ruza emas, balki jamoaviy ish.
2. Guruh tajribasi o‘qituvchi tajribasidan kattaroqdir.
3. Talabalar yoshi, ijtimoiy mavqei va tajribasi jihatidan tengdir.
4. Har bir ta'lim oluvchi o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrini bildirish huquqiga ega.
5. Mashg'ulot davomida tinglovchining shaxsiyati tanqid qilinmaydi (fikrni tanqid qilishingiz mumkin emas).
6. Bildirilgan fikrlar o’quvchilar faoliyatini nazorat qilmaydi, balki fikrlash uchun ma’lumot (axborot) bo’lib asoslanadi.
Interfaol ta'lim quyidagi xususiyatga ega:
- har bir o‘quvchi ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- o‘quvchilarda bilim olishga qiziqish uyg‘otadi;
- o‘quvchilarga ko‘p qirrali ta’sir ko‘rsatadi;
- o'quv materialini chuqur o'zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi;
- o'quvchilarning fanlarga bo'lgan fikri va munosabatini keltirib chiqaradi;
- ta'lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag'batlantiradi;
- o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi;
58
- o'quvchilarning xulq-atvorida ijobiy o'zgarishlarni ta'minlaydi
Hozirgi vaqtda respublika ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni dars jarayonida qo'llashda eng ommabop texnologiyalardan foydalanilmoqda:
1. Interfaol usullar: “Blits-so`rov”, “Keys-stadi” (yoki “O`quv keyslari”), “Munosabatlar”, “Reja”, “Suhbat”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish” va boshqalar.
2. Strategiyalar: Bumerang, Aqliy hujum, Zigzag, Galereya, Zinapoya, Muzey, T-jadval va boshqalar.
3. Grafik organayzerlar: “BBB”, “Tushunchalar jadvali”, “Baliq skeleti”, “Insert”, “Venn diagrammasi”, “Nima uchun?”, “Klaster”, “Qanday qilib?”. va b [43].
Interfaol ta'lim bevosita interfaol usullar yordamida tashkil etiladi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin