Nurmamatov ramazon abdirashid o'gli bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash”



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə11/26
tarix15.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#143802
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
рамазон диссертация 05.06.2023

I bob bo’yicha xulosa
Bugungi kunda “innovatsion ta’lim” bu o’z-o’zini rivojlantirishga qodir bo’lgan va uning barcha ishtirokchilarining har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratadigan ta’lim va innovatsion ta’lim-bu rivojlanayotgan ta’limdir. Talabalarga yetkaziladigan zamonaviy tarkib zamonaviy bilim amaliyotiga mos keladigan kompetentsiyalarni rivojlantirish kabi fan bilimlarini rivojlantirishni o’z ichiga olmaydi. Ushbu tarkib yaxshi tuzilgan va zamonaviy aloqa vositalari yordamida uzatiladigan multimedia o’quv materiallari shaklida taqdim etilishi kerak. O’qitishning zamonaviy usullari bu nafaqat materialni passiv idrok etish asosida, balki o’quvchilarning o’zaro munosabatlari va ularning o’quv jarayoniga jalb qilinishiga asoslangan vakolatlarni shakllantirishning faol usullari. Innovatsi

26
II. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatning tashkiliy asoslari


2.1. Innovatsion faoliyatni tashkil etish texnologiyasi

Biz bilamizki, didaktika o'qish va o'qitish kabi tushunchlar mazmuni hisoblanadi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan komponent bir-birlari bilan o'zaro shunday bog'langanki, undan bittasi qolib ketishi mumkin emas.


Har biri o'z mazmuniga ega bo'lganligi boisli o'zlashtirishning eng maqbul yo'li uning mazmuniga, buning uchun avvalo p'qituvchi-o'rgatuvchiga bog'liqdir. Demak, didaktik tafakkur o‘qitish ta’lim mazmuni o‘rtasidagi bog‘liqlik, ularni izlash va aniqlashdir.
Bo‘lg'usi kadrlar dars jarayonida talaba-o‘quvchilarni faollashtirish maqsadida eng qulay o‘qitish shakllarini, usul, uslub va uslublarni hamda vositalarini takomillashtirishlari zarur. Shuningdek, “pedagogik texnologiya”, “didaktik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi” tushunchalari bilan birgalikda “pedagogik innovatsiya” tushunchasi bugungu kunda qo'llanilinib kelinmoqda [15].
Yuqorida asoslab berilganidek, ta’lim mazmuni va maqsadi darsning o’zlashtirilishiga asos bo'lib xizmat qiladi.
Ammo, shuni aytib o'tish joizki, ta’lim tuzilmasida hanuzgacha , ta’lim innovatsiyalarini to‘plash, yangi pedagogik texnologiyalar o‘z faoliyatida foydalanish, tajriba-sinovlarini o‘tkazish, samaralilarini tanlash hamda qo‘llash mexanizmlari to‘liq shakllanmagan.
2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun doirasida tuzilgan umumiy ta’lim dasturlari asosida Davlat ta’lim standartlari yaratildi va ketma-ket amalga amalga oshirilib bormoqda hamda bu tizimdagi ishlarni konkret bir yo'nalishga solish, qo‘llab - quvvatlash, yaratilgan yangiliklarni qo'llash uchun qulay imkoniyatlar yaratiladigan tuzilmalarga bo‘lgan ehtiyojlarimiz to'liq ravshan bo'lib qoldi.
Boisi, DTS tomonidan belgilangan me'yorlar ta'lim oluvchilarga qo'yiladigan
27
bilimi majburiy eng past ko'rsatkich hisoblanib, ta'lim oluvchilarga DTS ko'rsatkichsida bilim berishr va ko‘nikmalar hosil qilishni taqozo etadi. Bunda muammoni to‘g‘ri hal etishda lg‘or tajribalarni amalda qo'llash, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash tug‘ildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini aniqlash, ularning to‘plamlarini tizimlashtirish, qo‘llab-quvvatlash, o‘quv amaliyotida foydalanish, o‘quv jarayoniga joriy etish zarur.
Dars davomida ta'lim texnologiyalarini amaliyotda amalga oshirish maqsadida quyidagi vazifalar amalga oshirilmoqda:
-ta’lim sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlarning amaldagi bajarilish nazorat qilish;
- pedagogik innovatsiyalarni hayotda qo'llashning tashkiliy jihatlarini taklif qilish demakdir.
Bunda, birinchi navbatda, umumta’lim muassasalarida dars o‘tish jarayonida DTS va dasturlarning bajarilishi, pedagogik innovatsiyalarning afzalliklari ustidan nazoratni joriy etish, ularning bajarilishini nazorat qilish va tahlil qilish, umumlashtirish, tarqatish bo‘yicha tavsiyalar berish zarur. keng jamoatchilikka, shuningdek, ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va tashkil etishni o'z ichiga olgan pedagogik texnologiyalarni yanada rivojlantirish.
Davlat ta’lim standarti – o‘quvchilar bilimining eng quyi minimal darajasini belgilaydi, past darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun ma’lum izlanish va tashabbuskorlik, pedagogik yangiliklarga yangicha qarashni taklif qilish, ularni boshqarish zarur. bu muhim masalalarni hal qilish kerak.Shu boisdan pedagogik innovatsiyalarning yangi usullarini izlash, o‘rganish, ko‘proq natija beradiganini saralab olish hamda ularning amaliyotga joriy etilishini belgilab beradigan tizimni taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Bizning izlanishlarimizda innovatsiyalar haqida to'liq ma’lumotlarni saralashni taklif qilish muhim hisoblanib, buni shartli tarzda innovatsiyalarni «jamlash» jarayoni sifatida qabul qilsak bo'ladi.
Innovatsion ta’lim bo‘yicha axborot to‘plash bo‘yicha yangi markazlar –
28
vazirlik tizimida yangi tashkil etilgan markazlar, jumladan, respublika ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash institutining barcha ta’lim muassasalari rahbarlari, respublika doimiy kursi huzuridagi monitoring markazi va respublika ta’lim muassasalari markazlari hisoblanadi.
Pedagogik innovatsiyalarning samarali usullarini tanlashda “Pedagogik texnologiyalar markazi”:
- axborot yo‘nalishini belgilaydi;
- amaliy tatbiq etishda ilmiy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
- xorijiy davlatlar ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganadi, natijalarni taqqoslaydi;
- amaliyotchilarning malakasini oshiradi, ilg‘or tajribani ommalashtirish bo‘yicha almashinuv ishlarini tashkil etadi;
- pedagogika sohasida olimlar va tadqiqotchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
-ta’lim muassasalari, tuman metodik-pedagogik kengashlarni yangi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
- innovatsiyalarni joriy etishni dinamik tahlil qiladi.
Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining pedagogik faoliyatini amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan pedagogik muammolarni umumlashtirganda, kelajakdagi kadrlarning aksariyati yangilikka chidamli ekanligini ta'kidlash kerak.
Ko‘p hollarda bo'lgusi kadrlar loyiha tuzilishiga emas, balki uning yaratgan muallifiga e'tibor qaratishadi. Agarda ushbu muallifning nomi mashhur bo'lmasa, pedagog u taklif etgan go'yani qabul qilmaydi yoki aksincha, muallif ismi sharifi mashhur bo'lsa u yaratgan texnologiyalar samarali deb qabul qilamiz.
Bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini kreativligini shaxsiyatning axloqiy munosabatlarini inobatga olib mulohaza qilsa bo'ladi. Agarda kreativ faollik asosiy emas hamda mavjud bo'lgan qadriyatlarga e’tiborni qaratmasa, demak bu faollik xavfli hisoblanadi. Bo'lgusi kadrlarga lim berish va kasbiy ish faoliyatidakreativ rivojlanishi uchun ko‘p qirrali yechimlarga boy mashqlarni
29
topisha olishmagan. Masalan, M.V.Klarin fikricha xorijiy olimlar tomonidan olib rilgan pedagogik tajribalarda ta’limotning pedagogik modellari sifatida yuqori sinf ta'lim oluvchilar bilan darslarni tashkillashtirish orqali quyidagi masalalarni vazifa etib taqdim etgan:
1. Kreativ jarayonlarni tashkil etishda ichki nizolarni yo‘qotish. Ta'lim oluvchilar kreativlikka ixtiyor bo‘lsa, ularga ta'lim oluvchilar va bo'lgusi kadrlar bilan birgalikdagi munosabatlarda o‘ziga bo'lgan ishonchni o‘rnatishga halaqit bermasligi lozim.
2. Ongsizlikda ish faoliyatiga e’tibor qaratish. Agarda muammo faqat diqqatning markazida joylashmasa miyaning ongsiz qismi uning ustida ishlay boshlaydi. Ayrim fikrlar bir vaqtda paydo bo'lib qolsa ham ularni o'z vaqtida xotirada eslab qolish zarur hamda ularni analiz-sintez qilib. ulardan maqsadli foydalanish kerak.
3. Baholashdan chetda chiqish. Bunda ta'lim oluvchilarning fikrlar yo'nalishini kengaytirish, muammoni erkin fikrlash va unga ko'p vaqt hamda e’tibor berish imkoniyatini beradi.
4. Ta'lim oluvchilarga kreativ izlanish imkoniyatini berish hisobi evaziga kengayib boradi. Oliy ta'lim jarayonida ixtirolar yaratish va ular bilan ishlash, obrazli tafakkurga tasavvur qilish, timsollarning yaratilishida va ularni anglab olishida spontallikning birlashuvini kiritadi.
5. Aqliy mashqlar imkoniyatini yaratish. Boshqa jarayonlarda o‘rganish uchun ta'lim oluvchilarga mashq beriladi, boisi yechimni topish vaqtida ular buni o‘zgacha his etishi, o‘z-o'zini idora qilishga to'sqinlik qilmaslik.
6. Tasavvur faolligini qo‘llab-quvvatlash. Bunda kreativ o‘ylash asosi sifatida hisoblanadi. Tasavvurni, hayolotni o‘z joyiga qo‘yish, ularni kuzatib borish, ichki ozodalik, tartib yaratib bo‘linganidan keyin hamma gaplar mulohaza qilinadi;
7. O‘zlashtirish yo'nalishini rivojlantirish, sezish, o‘zlashtirishni kengaytirish va to‘ldirishlarni kuchaytirish.
Ta'lim oluvchilarga ularning kreativ faoliyatidagi umumiy tushunchalarini
30
tushunishga ko'mak berish, shasiy imkoniyatlarning rivojlanishini bilishga qiziqish, bunday tushunchasiz kreativ faoliyatni kuchaytiradigan mashqlar o‘yin tarzida o‘zlashtiriladi.
Yuqorida ta'kidlanganlar fikrlar almashuvda, erkin muloqotda, kreativ bahslashuvda tajribaal ish jarayonida bo‘lib o‘tishi ko'zda tutilgan. Bunday ta’lim, bilim, idroklarni shaxsiyat sohasining shakllanishiga kiritadi, yuqori sinf ta'lim oluvchilari ochiq, o‘zlashtirish va boshqa nuqtai nazarini tushunishi uchun qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Ta'lim oluvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantiradigan metodlarini va mazmunini didaktik qidirish bilim hamda usullarni o'ylab topishga olib keladi. Ushbu izlanishdagi mo‘ljal o‘quv tizimdagi pedagogik yondashuvni mos tarzda o'rganish lozim. Bunday ta’limdan ko'zlangan maqsad bo'lgusi texnologik ta'lim ta'lim oluvchilarida yangi ko'rinishdagi yangi bilimlar bilan boyitish qurollantirish imkoniyatlarini yaratadi.
Turli mazmundagi o‘zlashtirishning o‘ziga mos usullari farqlangani uchun o‘rganish jarayoning qanday bo‘lishi, uning mazmuniga bog‘liq holda o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchi-o'qituvchiga ham bog‘liq. Demak, didaktik tafakkur - o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir [28].
Bo'lg'usi kadrlar o'quvchi-talabalarni faollashtiradigan, o'z-o'zini tarbiyalash va o'quvchi-talaba uchun qulay ta'lim usullari, shakllari, yo'llari va vositalarini izlashga undaydi hamda takomillashtiradi. Shuning uchun “pedagogik innovatsiya” atamasi “pedagogik texnologiya”, “didaktik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi” tushunchalari qatoriga mustahkam tarzda birga qo'llaniladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan holatda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim maqsadi asosiy hisoblanadi.
Bo'lgusi kadrlarning pedagogik jarayonni olib borishiga halaqit beradigan psixologik to‘siqlarni yengan holda yangilik joriy etish bo'lgusi kadrlarning ko‘p marotaba qarshilik keltirib chiqarishi mumkin.
31
O‘qitish jarayonini jadallashtirish texnologiyasini Viktor Fedorovich Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u amaliyotda qo'llanilgan. Uning fikricha, o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining ochilmagan bir necha imkoniyatlarini tahlil qilib berdi, yani: bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha ta'lim oluvchilarni o‘qitish, o‘qitishni tezlashtirish kabi qimmatli fikrlarni asoslab bergan [3.]
Uning fikricha an’anaviy sinf-dars usulining tamoyillariga:
1. Ko‘proq takrorlash, majburiy ketma-ket nazorat, qiyinchilikning yuqori darajalari, katta bloklarda o‘rganish faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, va uniko'zlangan mo‘ljaldagi asosini qo‘llash.
2. Shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv.
3. Insonparvarlik.
4. Majburlab o‘qitmaslik.
5. O‘quv vaziyatlarining konfliksizligi, har bir ta'lim oluvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yodga solish).
V.F. Shatalov metodining o‘ziga mosligi shundaki, materiallar katta qismda kiritiladi, materiallar bloklar bo'yicha joylashtiriladi, o‘quv materiali tayanch sxema-konspekt ko‘rinishida rasmiylashtiriladi [31].
V.F.Shatalov fikricha tayanish (tayanch) bu ta'lim oluvchi harakatlarining taxminiy harakati, ichki fikrlashining tashqi usuli sifatida tushunadi. Tayanch signal o‘zaro chambarchas bog‘lovchi ramzlar (ishora, so‘z, sxema, rasm va hakozo) bo‘lib, birorta ma’noli mazmunni almashtiradi.
Tayanch konspekt - bu o‘quv materialning o‘zaro bog‘langan usullarining butun bo'laklari sifatida asoslar, tushunchalar o‘rnida qo‘llana oladigan ko‘rgazmali konstruksiyalardan tashkil topgan shartli konspekt ko‘rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.
V.F.Shatalovning buyuk ishlari shundaki, mashg‘ulotlarda yetarli darajada hamda barcha ta'lim oluvchilarning faolligini ta’minlovchi o‘quv jarayonini ishlab
32
chiqdi.
Uning olib brogan tadqiqot natijalariga asosan o‘quv jarayonining samarali natijadorligi, ya'ni o‘quv axborotlarining mazmuniga eng qulay tuzilmasini, bilish faoliyatlarini tashkil eta olishi, axborotlarni o‘zlashtirishda individual, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlaridan foydalanishi, axborotlarni o‘zlashtirishning samarali kuzatuvini tashkil etish jarayonlariga o'zaro bog‘liq hisoblanadi.
Tayanch tushunchalardan foydalangan istiqbolli o‘qitishni boshqarish bo'yicha yana bir pedagog olim S.N.Lisenkova quyidagi texnologiyani taklif etgan: hamkorlik pedagogikasiga oid shaxsiy yondashuv, muvaffaqiyat (o‘zlashtirish)li o‘qitish jarayonidagi rivojlanishining eng zarur shartlari, sinfdagi xayrixohlik, o‘zaro ko'makga asoslangan, xatolar ustida ishlamaslik, o‘quv materialining izchilligi, vazifaning har bir ta'lim oluvchiga qulayligi va ularga yakka tarzda bo‘lib berilishi, sekinlik bilan to‘liq mustaqillikka o‘tish, bilgan ta'lim oluvchi vositasida bilmaydigan ta'lim oluvchilarni o‘qitish.
S.N.Lisenkova texnologiyasining afzalligi shundaki, murakkab mavzular o'quv dasturlarda berilgan soatlarda emas, balki undan avval o‘rganila boshlanadi. Bu samarali tayyorgarlik o‘rganilishi qiyin mavzularni birin-ketin o'rganishning boshlanishidir [29].
Dasturlashtirilgan o‘qitish jarayoni XX asrning 50-yillarining boshlarida paydo bo‘lib, amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan aloqador. Uning fikricha o'quv materiallarning o'rganishlarini boshqarishning natijasini yanada oshirishda, axborotlarni bo'lak tarzda uzatishning muntazam dasturi asosida qurish va uni nazorat qilish tavsiyasini beradi.
V.P.Bespalko ilm olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uslubidagi pedagogik texnologiya yo'nalishiga ta'rif berishicha bo'lg’usi kadrlar munosabatlarini quyidagicha ta'riflaydi: davriy (nazorat, o‘z-ofzini nazorat qilish, o‘zaro nazorat), goh-goh (og‘zaki) yoki avtomatik (o‘quv vositalari) bo'lgusi kadrlarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati, tarqoq — (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik), orqali.
33
V.P.Bespalkoning fikriga ko'ra texnologiya turlari quyidagilarga bo'linadi: «konsultant (maslahatchilar)» jarayoni (berk, yo‘naltirilgan, qo‘lda), o‘quv adabiyotlari ko'makida o‘qitish (berk, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan) — mustaqil ish, «kichik guruhlar» jarayoni (davriy, tarqoq, qo‘lda) - guruhlardagi o‘qitishning tabaqalashtirilgan usuli, kompyuter o‘qitishlari (davriy, tarqoq, avtomatlashtirilgan), «repetitor» jarayoni (davriy, yo‘naltirilgan, qo‘lda) - individual o‘qitish, dasturlashtirilgan o‘qitish (davriy, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan), klassik ma'ruza metodida o‘qitish (boshqaruv-berk, tarqoq, qo‘lda), audiovizual texnik vosita ko'makida o‘qitish (berk, tarqoq, avtomatlashtirilgan), ular uchun oldindan tayyorlab qo'yilgan dasturlar asosida tuzish [24].
Dasturlashtirilgan o‘qitish tizimining 5 asosiy tamoyili bir-biridan farqlanadi:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin