2.2. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning mohiyati va qo’llanilishi
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Jadallashuv muhitida ta’lim oluvchi shaxsni barkamol shaxs qilib yetkazish hamda komillik darajasida malakali kadr sifatlarni rivojlantirish muhim hisoblanadi. Bugun shiddat bilan boradigan davrda bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilarini qisqa davrlarda va ilmiylikka asoslangan bilimlar bilan boyitish hamda mutaxassislik fanlar asoslarini mukammal o‘zlashtirilishi uchun kerakli shart- sharoitlarni yaratish darkor.
Bugungi jadal davrda ta’lim sohasining imkoniyatlariga asosan barkamol shaxsni voyaga yetkazish, ijtimoiy moslashtirish hamda uni mustaqil, kreativ fikrlashga bo'lgan qobiliyatlarini tarbiyalab o'stirishga yo‘naltirilish dolzarb bo'lib qolmoqda. Bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilarida ushbu imkoniyatlarni ko'rsata olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim hisoblanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim – ta'lim oluvchi-ta'lim oluvchining fikrlash va harakat ko'lamini hisobga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos qobiliyatini, xususiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim [35].
Bunday holda, ta'lim o'quv muhiti o'quvchining qobiliyatlari uchun qulay bo'lishini nazarda tutadi. Shunga muvofiq pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni va ta’lim muhiti o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini to‘liq ochib berishi, tafakkuri, dunyoqarashini boyitishi, shaxs sifatida kamol topishi ko‘zda tutilgan.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mos jihatilari shundaki, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni, ta’lim oluvchi shaxsini tan olish taklifini kiritishdan iborat.
Bu yo'nalishdagi ta’lim bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilarida tashabbuskorlik, javobgarlik, mustaqillik, hamda kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga asos bo'ladi. Bunday ko'rinishdagi ta’limni tashkil etishda texnologik ta'lim o'qituvchilardan bo'lg'usi texnologik ta'lim oluvchilariga imkoni boricha uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirishni, individual yondashishni taqozo etiladi. Bundan tashqari, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayon
38
ishtirokchilari ta'lim oluvchi pedagog yoki ta'lim oluvchilar jamoasi ko'rinishida o‘zaro birgalikda bilim olishi, bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilari sifatida kamol topishi qulay sharoitli pedagogik muhitni taklif qilish zarurligini ko'rsatadi.
Ta’lim jarayonidagi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan qo'llar ekanmiz, ularni qo'llashda quyidagi talablarga e'tibor berishimiz zarur hisoblanadi:
1. Ta'lim oluvchi shaxsini hurmat qilish.
2. Har bir ta'lim oluvchi shaxsini individual, o‘ziga xos shaxs sifatida ko‘rish.
3. Ta'lim oluvchi shaxsining xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi
4. Ta'lim oluvchining ruhiy jarayonini to‘g‘ri baholay olish.
5. Har bir ta'lim oluvchi shaxsiga tolerant munosabatda bo‘lishi.
6. Ta'lim oluvchi shaxsining kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirish.
7. Ta'lim oluvchi shaxsining mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat taklif qilish - har bir ta'lim oluvchi uchun qulay ta’lim muhitini taklif qilish.
8. Samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo‘l qo‘yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o‘rgatish.
9. Ta'lim oluvchilarni o‘z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati.
10. Alohida qilib ta'lim oluvchining kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatmaslik.
11. Ta’lim jarayonida hech bir ta'lim oluvchiga tazyiq o‘tkazmaslik.
12. Mabodo ta'lim oluvchi shaxsi tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, ta’lim jarayonida o‘zini odobsiz tutish jarayoni qayd etilsa, u holda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning boislarini aniqlash.
13. Ta’lim jarayonida har bir ta'lim oluvchi uchun “muvaffaqiyat muhiti”ni yarata olish - aniqlangan boislar asosida ta'lim oluvchining sha’ni, g‘ururiga ziyon etkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, o‘zini odobsiz tutish kabi jarayonlarni bartaraf etish.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ta'lim oluvchi shaxsini ta’lim muhitiga, ya'ni
39
pedagog sifatida har bir ta'lim oluvchi shaxsining ishonchi va hurmatiga sazovor bo'lishini moslashtirish emas, balki, uning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish orqali har tomonlama yetuk shaxs sifatida malakaga ega bo'lishi uchun zarur sharoitlarni yuzaga keltirishni ko'zda tutadi.
Bu usulda ta'lim oluvchini mustaqil tarzda bilim olishga, o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qobiliyatlarini namoyon etishga, bilim olish faolligini oshirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga muhim sharoit hisoblanadi.
Bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida o‘quv materialini o‘zlashtirishga yangicha usuldagi tanqidiy yonashishni, kreativlikni, o‘z fikrini bayon qilishi hamda asoslash , muammoli vaziyatlarda qulay yechimini topishga ega bo'lish ko‘nikmalarini, malakalarini o‘zlashtirish imkoniyatlariga ega bo‘lishga xizmat qiladi.
O'qituvchi-fasilator tomonidan innovatsion uslubdagi barcha faol usullardan ta'lim jarayonida foydalanish bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy mahoratini o'sishiga, ularning kasbiy va shaxsiy qobiliyatlarini yanada oshirishga asos bo'ladi. Jumladan, kichik tadqiqotlar, munozaralar, evristik suhbatlar, munozaralar, kichik guruhlarda ishlash, muammoli tadqiqotlar va boshqalar.
Mashg‘ulotni tashkil etishda pedagog-o'qituvchilar tomonidan o‘quv ma'lumotlarni bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilarining bilim, ko‘nikma, malakalariga suyangan holda ularni fanga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish, kreativ yondashishga harakat qildirishga ta’minlash alohida e’tibor qaratishimiz zarur.
Ta’lim jarayonida pedagog-o'qituvchilar tarafidan: ta'lim oluvchini kichik guruhda, juftlikda va jamoada ishlash ko'nikmasini shakllantirishni ta’minlash, o‘quv topshiriqlarini bajarishda ta'lim oluvchilarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish, turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali hamda maqsadli foydalanish, mashg‘ulotlarning loyihalashtirilishiga e’tiborning qaratilishi sifatini yaxshilash hamda samaradorligini oshirishga asos bo'lib xizmat qiladi.
Eng zaruri pedagog-o'qituvchilar ta'lim mashg‘ulotini nafaqat ma'lumot berishi, balki rivojlantirish hislatiga ega bo‘lishga e’tiborni qaratishimiz darkor. Shu
40
sababdan, tahlil qilinayotgan hamda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilarining noto‘g‘ri bo‘lsa-da, fikr bilirishlari, ya'ni mustaqil fikr bildirishlariga imkon yaratish, ularni fikrlashga, o‘ylashga undash orqali shaxsga yo‘natirilgan ta’limga mos zarur belgisi hisoblanadi.
Ta’lim jarayonlarida foydalanish mumkin bo'lgan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning bir necha belgilari: kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar, muammoli vaziyatlar, kreativ topshiriqlar, bahs-munozara, debat, rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari, musobaqa ko‘rinishidagi bellashuvlar kabilar bor.
Hozirgi davrda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlari bir muncha farqlanmoqda (1-ilova).
Bunda ta’lim o’z mazmuniga asosan ta’lim mazmunining barcha ta'lim oluvchilarni barkamol shaxs sifatida rivojlanishni nazarda tutadi. Bundan shunday xulosa chiqarsa bo'ladiki, ta’limni loyihalashtirilayot paytda, bo'lg'usi texnologik ta'lim o'qituvchilarining shaxsini emas, balki, bo'lg'usi mutaxassislik kasbiy faoliyati bilan bog’liq bo'lgan maqsadidan kelib chiqib yondoshishni nazarda tutadi.
Pedagogik yo‘nalish sifatida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilari faoliyatini jadallashtirish va faollashtirish vositalariga ega bo‘lish, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasidan tortib ta’lim texnologiyasiga qadar bo‘lishi zarur.
Bularga, kooperativ pedagogika, o‘quv materialini sxema va modellar asosida o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi, o‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etish asoslari, o‘quv jarayonini individuallashtirish texnologiyasi quyidagi kabilar kiradi.
Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar:
1. Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida kirib kela boshladi va ta’limdagi innovasion jarayonlarni joriy etishga asos bo'ldi. Bunda taniqli rus va chet el pedagog-olimlarining mehnati natijasidir.
41
Sh.A.Amonashvilining olib borgan tadqiqotlariga ko'ra o'zining tajriba maktabida shaxsiy yondashuvini, hamkorlik pedagogikasini o'z davri uchun tadbiq etadi. Uning asosiy maqsadlariga:
1. Ta'lim oluvchining qalbi va yuragini ulug‘lamoq.
2. Ta'lim oluvchining shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda oliyjanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirish..
3. Keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq.
4. Ta'lim oluvchidagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish.
5. Ideal tarbiya –bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq.
Sh.A.Amonashvili texnologiyani amalga oshirishda quyidagi metodik usullardan foydalandi: shaxsiy yondashuv, insonparvarlik, o‘quv faoliyati, muloqot mahorati, oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati va hakozolar.
Texnologiyada Sh.A. Amonashvili, ta'lim oluvchining faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Reytinglardan foydalanish juda cheklangan. Asosiy e'tibor miqdoriy emas, balki sifat jihatidan baholanadi, ya'ni tavsif, natijalar to'plami, o'z-o'zini baholash.
O‘quv materiallarini sxema va modellar asosida tezlashtirilgan o‘rganish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi);
U an’anaviy sinf-dars o‘qitish usulining katta imkoniyatlarini ko‘rsatdi.
V.F.Shatalovning maqsadi: bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, har qanday individual xususiyatlarga ega barcha bo'lg'usi kadrlarni tarbiyalash, o'rganishni tezlashtirish.
Printsiplari esa:
- bir necha marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat qilish, yuqori darajadagi murakkablik, katta bloklarda o'qitish, dinamik faoliyat namunasi, xatti-harakatlarni qo'llab-quvvatlash, maqsad doirasini qo'llash;
- shaxsni hisobga olishga asoslangan yondashuv;
- insonparvarlik;
42
- kuch bilan o'rgatmaslik;
- o'quv vaziyatlarining ziddiyatli bo'lmasligi, har bir ta'lim oluvchining muvaffaqiyatidan xabardor bo'lish, tuzatish , o'qitish, yutuqlar uchun istiqbollarni ochish;
- ta'lim va tarbiyaning aloqasi.
Dostları ilə paylaş: |