Nurmamatov ramazon abdirashid o'gli bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash”



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə16/26
tarix15.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#143802
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
рамазон диссертация 05.06.2023

Ko'rsatkichlari

Muammoni qo'yish mohiyati

I-daraja

Ta'lim beruvchi muammoni qo'yadi va uni hal qilishga yo'naltiradi

II- daraja

Ta'lim beruvchi muammoli vaziyatni tasvirlaydi, talabalar esa muammoni mustaqil ravishda tuzadilar.

III- daraja

Ta'lim beruvchi muammoni ko'rsatmaydi, balki uni o'quvchilarning oldiga qo'yadi. Ta'lim beruvchi muammoni tushunadilar, uni o'zlari tuzadilar va muammoni hal qilish yo'llarini tahlil qiladilar

Ta’lim jarayonida masalani qo‘yishda mavjud shart-sharoitlarni aniqlashda muammo fundamental asos sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirishda muammoning qo‘yilishi va hal etilishi quyidagi bosqichlarda kichadi (2-ilova).


Pedagogik jarayonda ta'lim oluvchi “muammo”ga emas, balki muammoli vaziyatga ro‘para qilinadi.
Muammoli vaziyat metodi – ta'lim oluvchilarni muammoli vaziyatning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, yechimini topish, bilish faoliyatini faollashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga asoslangan usul.
55
Metodning mohiyati aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va uning yechimi yuzasidan qaror qabul qilishdan iborat. Ta’limda muammoli vaziyat usuli qo‘llanilganda ta'lim oluvchilarning faoliyatlari quyidagi tizim asosida tashkil etiladi (3-ilova).
“Muammoli vaziyat” metodi bo‘yicha tanlangan topshiriqning murakkabligi talabalar bilimi ko‘rsatkichlariga mos kelishi kerak. Ular muammoning yechimini topa bilishlari kerak, aks holda yechim topa olmasalar, bu ta'lim oluvchilarning qiziqishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” usulini qo‘llashda ta'lim oluvchilar mustaqil fikrlashga, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishga, uning yechimini topishga o‘rganadilar.
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha:
- muammoli vaziyat tavsifini keltirish;
- ta'lim oluvchilarga kichik guruhlarga bo‘lish;
- guruhlar tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish boislarining aniqlanishi:
- guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqishi haqida fikr yuritishi;
- guruhlar tomonidan muammoli vaziyat yechimi borasidagi variantlarning asoslanishi;
- variantlar orasidan to‘g‘ri yechimning tanlanishi;
- guruh tomonidan yechimning bayon etilishi;
- jamoada yechim yuzasidan muhokamaning tashkil etilishi.
Ta’lim jarayonida "Muammoli vaziyat" metodini qo‘llash quyidagi tartibda kechadi:
1. Texnologiya fani mavzulari bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlab,undan kelib chiqadigan maqsadlar va vazifani aniqlashadi.
2. Ta'lim oluvchilartomonidan muammo vaziyat bayon qilinadi.
3. Talabalarni topshiriqning sharti bilan tanishtirish.
4. Ta'lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
5. Kichik guruhda berilgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uning boislarini
56
aniqlaydi.
6. Guruhlar muammoni yechish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
7. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llari tanlanadi.
8. Kichik guruhlara muammoli vaziyatning yechimi topiladi.
9. Guruhlar yechim yuzasidan taqdimot qiladi.
10. Taqdimotdan keyin fikrlar jamlanadi.
11. Jamoa bo'lgusi kadrlar bilan muammoli vaziyatning samarali yechimini
Tanlaydi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin