Nurmamatov ramazon abdirashid o'gli bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash”



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə12/26
tarix15.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#143802
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
рамазон диссертация 05.06.2023

1. Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bunga ko'ra dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasining mazmunida avvalo pedagog asosiy o'rinda turib, o‘qitishning murakkab nostandart vaziyatlarida individual ko'maklar asosiy o‘rin hisoblanadi.
2. Qaytar aloqa tamoyili. Bunda o‘quv faoliyatining har biri bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishning chambarchas tashkil yetishni talab qiladi. Bu avvalo to‘g‘ridan-to'g'ri aloqa o‘rnatiladi - zarur bo'lgan harakat to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi obektdan boshqariluvchiga uzatiladi. V.P.Bespalkoning fikricha, qayta aloqa pedagoglar uchun xos narsa emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunib olish uchun kerak bo'ladi.
3. Ichki va tashqi qaytar aloqa mavjudligi. Ichki qaytar aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining aqliy faoliyatini mustaqil korreksiya qilq olish kerak bo'ladi.
4. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon tamoyili. Bunda texnologik usul hisoblanib, o‘quv materiallari mazmunida axborot qismlari va bilim hamda malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va Bunda b'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarning
34
bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan o‘quv vazifalarining ko'pligii alohida o'rinda, mustaqil, ammo o‘zaro bog‘langan va optimal bo‘lgan bo'lakdan tashkil topgan.
5. O‘qitishning individual namunasi va boshqarish tamoyili. Bunda b'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarning har biriga axborot jarayoni shunday yo‘naltiradiki, ta’lim oluvchilarga topshiriq vaqtida jadallik bilan oldinga harakat qilishga imkoniyat yaratadi. Sababi, buning uchun bilish kuchi unga asosan tarzda boshqaruvchi tarafidan berilgan axborotga moslashish oson bo‘ladi.
Dasturlashtirilgan o‘quv materialini berish uchun kerakli texnik vositalardan foydalanish tamoyili.
Dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi asosida ta’limiy dasturlarni farqlash imkoniyatini yaratib beradi: rayon dasturlar, tarmoqlanuvchi dasturlar, soddalashtirilgan dasturlar, aralash dasturlar, algoritmlar, blokli o‘qitish, modulli o‘qitish, bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, ravon dasturlarda nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotining almashinib turuvchi u juda katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligi hisobga olinadi.
Ravon dastur orqali b'lajak texnologik ta'lim o'qituvchisi to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zida ehtimol deb topilayotgan javoblardan ayrimini tanlaydi. To‘g‘ri deb topilgan javob oqali u yangi o‘quv ma'lumoti oladi. Agarda javob to‘g‘ri bo'lmasa, ma'lumotni qayta o‘rganish tavsiya beriladi.
Modulli o‘qitish. Bunda modullar asosida tashkil etilgan o‘quv dasturlari negizida o‘qitishni tashkil demakdir. Modulli o'qitish mavzu mazmunini 3 bo'lakni o'z ichiga oladi: to‘la, qisman qisqartirilgan va murakkablashtirilgan. Dastur materiallari bir vaqtda bir necha ko'rinishda: ramzlar, test, rasm va so‘z bilan ham beriladi [34].
O‘qitish moduli o‘quv jarayoni mazmunining mustaqil (avtonom) sohasi bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topgan: aniq maqsadga ega bo‘lgan o‘quv maqsadli dastur, axborotlar banki shaklidagi o‘quv materiali, maqsadga erishishga

35
qo'llaniladigan metodik qo‘llanma, zaruriy malakalarni shakllantiradigan amaliy mashgulotlar, modul asosida erishiladigan maqsadiga qatiy to''gri keluvchi nazorat ishlari.


Bilimlarni to‘liq o‘zlashtirira olish texnologiyasi.
O‘quv materiali bir necha qismga bo‘linadi: o‘zlashtirilishga tegishli o‘quv kamchiliklari, undan keyingisi boblar bo‘yicha tekshirilishi zarur bo'lgan ma'lumotlar tayyorlanadi, keying o'rinlarda o‘qitish, tekshirish — joriy nazorat, qayta ko'rib chiqish, o‘zgartirilgan holda ma'lumotlarni tayyoqlashni o'z ichiga oladi.
Bugungi jadal davrda o‘quv faoliyat tizimiga pedagogik texnologiyalarni qo'llash bilan qiziqarlidir.
Pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim texnologiyalarining ilmiy jihatdan asoslarini o'rganish, pedagogik innovatsiyalar, yangi texnologiyani tajribalar asosida tadqiq qilish bilan chambarchas bog‘liq. Bunday tajribalar muayyan sohani ishlab chiqish va bir joyga umumlashtirishni taqozo etadi.
Pedagogik texnologiyaga yaxlit jarayon sifatida qarash mumkin. Texnologiyalarning interfaol belgilari, tarkibiy tuzilmalari, funksional tavsifi, kommunikativ sifatlari, tarixiyligi va chambarchas ligi olimlar tomonidan o'rganilmoqda.
«Texnologiya» hamda «pedagogik texnologiya» tushunchalari hozirgi kunda ham o'rganishni taqozo etmoqda.
Pedagogik texnologiyani asoslash, texnologiyalarning mazmunini yoritilishi, bunday texnologiyalarni o‘quv faoliyatiga qo'llash yo‘llarini belgilash orqali ta’lim tizimining barcha bosqichlarida uning natijasini oshirishga imkoniyat yaratadi.
O‘qitish jarayonining qurama texnologiyasiga asosan texnologiya darslarida mavzu asosida davriylikni rivojlantirishga sinfdagi o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qarash mumkin, darslar kesimida har bir mavzu asosida ketma-ket joylashgan: mavzuni umumiy bayon etuvchi (leksiyalar) darslar, ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlarini o'rganish jarayonida o‘quv materiallarining murakkab tuzishni nazarda
36
tutgan holda tuzilgan seminar mashg‘ulotlari, bilimni umumlashtirish hamda tartibda gurahlash, fanlararo materiallarni birlashtirish, dars-praktikumlardan iborat besh tipdan iborat hisoblanadi..
O'quv ma'lumotlarini takrorlashda turli bosqichdagi vazifalarni erkin tayyorlash metodikasidan foydalaniladi. Tabaqalashtirilgan topshiriqlarlarni nazorat qilishda individual holatga o‘tiladi va u murakkablashtiriladi.

37


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin