1.2. Innovatsiyalar va innovatsion faoliyat tushunchasining mazmuni Innovatsion texnologiyalar - bu bo'lg'usi texnologiya ta'limi mutaxassisligi o'qituvchilarining pedagogik jarayonidagi zamonaviy innovatsiyalar va o'zgarishlar bo'lib, uni amalda qo'llashda asosan interfaol usullardan foydalaniladi.
Interfaol usullar - bu jamoaviy fikrlash, ya'ni ta'lim mazmunining ajralmas qismi bo'lib hisoblanadigan pedagogik ta'sir qilish usullaridir Usullarni qo'llashning maqsadiga ko'ra bular kelgusidagi bo'lg'usi texnologiya ta'limi mutaxassisligi o'qituvchilarining birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishi tushuniladi.
Pedagogik hamkorlikning o'ziga mos bo'lgan xususiyatlari:
1. Bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini darsga befarqi bo'lmasligiga, ijod qilishi, mustaqil fikr yuritishi hamda izlanish qilishga harakat qildirish.
2. Bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarini o’quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy tarzda os'tirib borilishi.
3. Bo'lajak texnologik ta'lim o’qituvchilarining bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil tarzda har bir masalaga kreativ yondashgan holda murakkablashtirish hisoblanadi.
Olimlardan A.L. Prigojin, A.G.Kruglikov, V.S. Tolstoy, B.V. Sazonov, N.P.Stepanov, A.S.Axiezerlar innovatsion jarayonlarni: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o'zaro ta'siri mikrosath kabi yondashuvlarga ajratadilar [16].
Pedagogikaga oid ilmiy manbalarda innovatsiya jarayoni sxemasi quyidagicha beriladi:
1. Ixtirolar taklif qilish.
2. Yangi konseptsiyasini paydo bo'lish bosqichi. U kashfiyotlar bosqichi deb yuritiladi.
3. Yaratilgan yangilikni joriy etilishi.
4. Yangilikni kengaytirish va ommalashtirish.
5. Tegishli sohada yangilikning hukmronlik qilishi. Bunda yangilik o'zining yangilik ekanligini yo'qotadi, uning o'rniga samara beradigan o'rindoshi paydo
14
bo'ladi.
6. Yangi o'rindosh asosida almashtirish bilan yangilikni amalda qo'llash chegarasini qisqarishidir.
V.A.Slastyonin yangilikni joriy etishda ko'zlangan maqsad asosida yangilik taklif qilish, keng jamoaga yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi esa insonlarning ehtiyoji va intilishlariga ko'ra yangi vositalar bilan qurollantirish kabi farazlarni ilgari surdi [17].
Yangiliklarni joriy etishning tizimli konsepsiyasi mualliflaridan A.I.Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki zarur shaklini farqladilar: birinchi shaklga yangilik joriy oddiy ishlab chiqish sifatida, ikkinchi yo'nalish deb yangilikni keng ko'lamda yoyish fikrini bildirga.
Yangilik joriy etish hamda ichki mantiq, vaqt tufayli atrof-muhitga o'zaro ta'siri hamda qonuniy rivojlanganini ifodalovchi dinamika sifatida ta'riflaydi.
Murakkab yangilanishlarni aks ettiruvchi ma'lum kamchiliklarning majmuasi yangilik bo'lib hisoblanadi.
Ilmiy izlanishlar yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya kabi tushunchalar bir-biridan farqlanadi.
Yangilik- bu vosita sifatida: metod, metodika, texnologiya va boshqalar hisoblanadi.
V.I.Zagvyazinskiy yuqoridagi tushunchalarga ta'rif berib, pedagogikadagi innovatsiya bu faqatgina fikr bo'lib qolmay, balki metodlar, hali foydalanilmagan yondashuvlar, texnologiyalar majmuisidir. Bu esa pedagogik jarayonning kamchiliklari majmua yoki alohida olingan kamchiliklari bo'lib, o'zgarib turuvchi vaziyatda va sharoitda ta'lim va tarbiya vazifalarini oson va samarali hal etishda ilg’or usullarni o'zida mujassamlashtiradi.
Pedagogik innovatsiya haqida R.N.Yusufbekova innovatsiya jarayonini quyidagicha farqlaydi [13]:
Birinchi blok ta'limdagi yangiliklarni bo'laklash blokidir. Bunga asosan
15
pedagogikadagi yangilikni taklif qilish shartlari, innovatsiyalarning tasnifi, foydalanishga tayyorlik, innovatsiya standartlari, yangilikni qabul qilish bosqichlari kiradi. .
Ikkinchi blokda esa yangi texnologiyalarni anglash, ishlab chiqish hamda baholash: pedagogik jamoalar, baholash jarayonlarining xilma-xilligi va uning rivojlanishi, innovatsion muhit, pedagogik jamoalarning yangini idrok etishi va baholashga tayyorliklari kiradi.
Uchinchi blokda yangiliklardan foydalanib uni amalga oshirish bloke hisoblanib, foydalanish va keng ko'lamda amalga oshirishning qonuniyatlari va turlari. M.M.Potashnik tomonidan innovatsion jarayonlarning talqinlari inson e'tiborini tortadigan jarayonning quyidagi tuzilishini shakllantirdi:
- faoliyat tuzilishi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl - usullar - uslubiy komponentlar yig'indisi;
– innovatsion faoliyat subyekti innovatsion tuzilmasi sub’ektlarining xalqaro, viloyat, tuman, shahar va boshqa darajalari;
- xalqaro, viloyat, tuman, shahar va boshqa tarkibiy va innovatsion faoliyat subyektlari;
- mazmuniy tuzilma - tarbiyaviy ishlar, boshqaruvda innovatsiyalarning yaratilishi va rivojlanishi;
- boshqaruv tuzilmasi - 4 turdagi boshqaruv harakatlarining o'zaro ta'siri: rejalashtirish - tashkil etish - boshqaruv - nazorat;
- bosqichlar bo'yicha hayotning tsiklik tuzilishi - yangilikning paydo bo'lishi - tez o'sish - etuklik - assimilyatsiya - diffuziya (singdirish, taqsimlash) - boyitish (to'yinganlik) - qoloqlik - inqiroz - nurlanish (aldash) - modernizatsiya;
- tashkiliy tuzilma - diagnostik, prekognitiv, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, amalga oshiruvchi.
Bu tuzilmaviy tuzilmalar va innovatsiya qonunlarini o'z ichiga olgan tizim.
Pedagogik manbalar innovatsion tizimning 3 ta qonunini tushuntiradi:
- qoliplash (haykaltaroshlik) qonuni;
16
- pedagogik innovatsion muhitning shafqatsiz buzilishi qonuni;
- pedagogik yangilikning davriy takrorlanishi va qaytish qonuni.
Pedagogik innovatsiya muhitining birinchi qonunida aytilishicha pedagogik jarayon va hodisalar haqidagi g’oyalar o’zgarib turadi, pedagogik ong esa bo’linadi, pedagogik yangilikka baho berib boriladi, yangilikning ahamiyati keng tarqaladi.
Ikkinchi qonun - stereotiplar qonuni. Pedagogik innovatsiya tafakkurni yagona tizimga keltirish va amaliy harakatlarga o‘tishga qaratilgan deb qaraladi. Bu jarayonda pedagogik stereotip (qolip) qoloqlikka, yangiliklarning amalga oshirish yo'liga to'siq sifatida bo'lishi mumkin.
Oliy ta'lim tizimidagi innovatsion holatlar M.M.Levina, V.A.Slastenin, M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan o'rganilgan [19].
Oliy ta'lim tizimidagi innovatsion jarayonlar asosida:
- insonni bilishning ustuvor rivojlanishi jihatidan (madaniyatshunoslik) yondashuv;
- ta 'limdagi yangi texnologiyalar (shaxsiy faoliyat jihatidan) yondashuv;
-dialogik (ko'p sub’ektli) yondashuvda kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;
- o’qituvchi va bo'lg'usi kadrlarlarning o'zaro munosabatlari asosida (individual - kreativ) yondashuvlarni belgilash mumkin bo'ladi.
Ta'limdagi innovatsion faoliyatning sub’ekti sifatida o’qituvchi va uning o'ziga tegishli imkoniyati hisoblanadi. Bunda bo'lg'usi texnologiya fani o’qituvchining intellektual va axloqiy imkoniyatlari, ijtimoiy-madaniy yuksak ahamiyatga ega.
Innovation jarayonning kamchiliklari shaxsning o'zini boshqarishi va o'zini band qilish tushuniladi. Uning zarur yo'nalishlaridan bilan bo'lg'usi kadrlarlarning bilish faoliyatini rivojlantirish.
Bunday yo'nalish bo'lg'usi kadrlarlarning o’quv ishlarini jadallashtirish, uning kasbiy ixtisoslashishini aniqlash hamda faolligini qamrab oladi.
Asosiy yo'nalish sifatida fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi va
17
ularning o'zaro ta'sirining yangi tamoyillari asos bo'lib xizmat qiladi.
Bo'lg'usi texnologiya ta'limi o`qituvchilarining innovatsion faoliyat hamda jarayon natijasi sifatida qarash mumkin.
V.A.Slastenin fikricha kreativ individuallikni xarakterlaydigan samarasi o'zini anglashda: o'zini boshqalarga qiyos qilish asosida o'z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o'zi to’g’risidagi kreativ ko'rinishlar va tasavvurlari to'plami; individual kreativ o'ziga mos liklaming bir butunligi va uyg’unligi , ichki birligi; shaxsning o'z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning kreativ sifatida shakllanishi; shaxs o'zini namoyon qila olishi va o'zining muayyan ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi; kreativ sifatida o'zini baxshida qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o'zining o'rnini anglay olishini qamrab oladi [18].
O’qituvchi innovatsion jarayonning eng zarur sharti kreativlikdir.
Kreativlik tushunchasi angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'lib, yangi tushunchalarni taklif qilishi va yangi ko'nikmalarni hosil qilish qobiliyatini bildiradi.
D.B. Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili birliklari sifatida quyidagi bosqichlarga bo'lgan:
1. Shaxsning ushbu bosqichida tashqaridan berilgan vazifalarni tashabbussiz qabul qilishi.
2. Intellektual faollikning evristik bosqichida o'z faoliyati tarkibi hamda tuzilmasini tahlil qilish, yangilik taklif qilishda imkoniyat beradigan vazifalar
qiyoslanadi;
3. Intellektual faollikning kreativ bosqichida qo'lga kiritilgan empirik qonunlar kelgusi ilmiy ishlar uchun asos bo'lib qoladi.
4. Samarali, rag’batlantiruvchi va evristik bosqichga ekstensiv (qoloq) aqliy faoliyat, kreativ bosqichga intellektual salohiyatga xos [21].
O’qituvchi ijodidagi kreativlikning bir necha yo'nalishlarini ko'rsatish mumkin: birinchi yo'nalishda tayyor metodik tavsiyanomalar ko'chirish,
18
ikkinchi yo'nalishda bor bo'lgan tizimga ayrim modifikatsiyalar (moslamalar), metodik usullarni, uchinchi yo'nalishda fikrni amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to'la ishlab chiqish, to'rtinchi yo'nalishda esa o’qitish va tarbiyalashning o'z takrorlanmas konseptsiyasi va metodikasi sifatida amalda qo'llanilishi tushuniladi.
O’qituvchining innovatsiya tizimi tuzilmasidagi eng zarur komponent bu reflektsiya jarayonidir.
Refleksiya o’qituvchining o'z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish deb qaraladi.
Pedagogikaga oid manbalarda reflektiv tizimlarni izohlashning ikki turi bor:
1. Shaxslararo muloqot ma'nosini tushunish reflektsiyasi.
2. Ob’ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruktsiyalashga olib keladigan ongning reflektiv tahlili.
Bunga tegishli tarzda pedagog yo'nalishida izlanish olib boradigan olimlar reflektiv jarayonlarni farqlab: o'zini hamda boshqalarni tushuna olishi, o'ziga baho bera olishi, hamda izohli tahlil qila olish jarayoni deb hisoblaydilar.
O’qituvchining innovatsiyasi tuzilmasi texnologik kreativ, motivasion va reflektiv komponentlardan iboratdir.
Innovatsion jarayon tuzilmasi haqidagi tizimli tasavvurlar, ularning vazifalarini asoslash, ularning shakllanganlik me'yorlari va o'lchamlari oliy ta'lim amaliyotiga qo'llashning zarur omili hisoblanadi.