borasidagi izlanishlar Marten usuli paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Marten pechining ish bo‘shlig‘i gorizontal yo‘nalishda cho‘zilgan
kameradan iborat (7.3-rasm). Ish bo‘shIig‘ining devorlari o ‘tga
chidamli materiallardan tayyorlanadi. Pechning qiziydigan qismlari
suv bilan sovitish qurilmalari bilan ta’minlangan. Pechning old
qismida shixta materiallarini yuklash uchun darchalar mavjud. Orqa
devorida esa erigan metall va shlakni chiqarish uchun maxsus
teshiklar bo‘lib, ularga novlar o ‘matilgan. Suyuq metallni pechdan
ravon chiqishi uchun uning tubi va devorlari ma’lum qiyalikda
ishlangan.
Pech ju ft regeneratorlarga ega. Pech vannasidagi shixtani eritish
uchun regeneratorlarda 1880-2000°C ga qizdirilgan yonuvchi gaz
pech bo‘shlig‘idagi havo kislorodi hisobiga yondiriladi. Buning uchun
jarayonning boshlanishida pechga haydalayotgan gaz bilan havo
I200-1300°C gacha qizdiriladi.
Dostları ilə paylaş: