boMadi. Regeneratorlardan pechga haydalayotgan gaz bilan havo pech
og'zida aralashib yonadi. Pechga kiritilgan shixta materiallari yonuv-
clti gaz mahsulotlari issiqligi ta’sirida qizib, suyuqlana boshlaydi.
Yonish mahsulotlari pech vannasining yuza qismidan o‘tib, ikkinchi
juft regeneratorlarni qizdiradi. Pechdan chiqayotgan yonish mahsu
lotlari mo‘ridan chiqib ketadi. Birinchi juft regeneratorlar kameralari
liaydalgan havo va gazni yetarli darajada qizdira olmaydigan darajada
sovigach, maxsus klapanlar vositasida yonish mahsulotlarining
linrakat yo‘nalishi o'zgartiriladi.
Marten pechlarida qayta ishlanuvchi shixta materiallarini eritish
quyidagi ikki variantda olib boriladi:
• skrap-jarayon;
• skrap-ruda jarayoni.
Mashinasozlik va kichik metallurgiya korxonalarida sifatli
poMatlar olishda
skrap-jarayon
qo‘llaniladi. Bunda shixtaning 55-75
% temir-tersak, qolgani esa qayta ishlanadigan cho‘yandan iborat
boMadi.
Domna pechlari mavjud boMgan yirik metallurgiya korxonalarida
skrap-ruda
jarayoni ishlatiladi. Bunda shixtaning 60-75 % suyuq
cho‘yandan, qolgani esa po‘lat skrapdan iborat bo'ladi.
Zamonaviy pechlarning sig‘imi 200-900 tn atrofida bo iib, ularda
uglerodli, kam va o ‘rtacha legirlangan po‘latlar olinadi. Bunday
pechlar yordamida olingan po‘latlar pech gazlari bilan birmuncha
ko‘proq to‘yinganligi yuqori legirlangan asbobsozlik va maxsus
xossali po‘latlar olishni cheklaydi.
Dostları ilə paylaş: