ganda u qaynaydi va ajralayotgan gaz pufakchalarining ko‘pi
quymada qoladi, kirishish bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Bunday quymalarning
sifati sokin poMat quymalardan pastroq bo‘ladi. Suyultirilgan po‘latda
temir ikki oksidi, azot erib, uning mexanik va texnologik xossalarini
pasaytiradi. Shu sababli eritilgan po‘latdan sifatli quymalar olishda
oldin u qaytariladi.
Qaytaruvchi birikmalar sifatida ferromarganes, ferrosilitsiy, alu-
min ishlatiladi. Qaytarish jarayonida quyidagi reaksiyalar boradi:
FeO + Mn = Fe + MnO + Q kkal
2FeO + Si = 2Fe + S i0 2 + Q kkal
3FeO + 2A1 = 3Fe + A120 2 + Q kkal
Metalining qanchalik tozalanganligini shlakdan olingan namuna
rangiga qarab bilsa bo‘ladi. Namunaning rangi qora bo‘lsa, metall
oksidlaridan yaxshi tozalanmagan bo‘ladi. Bu holda yana qisman
qaytaruvchilar kiritilishi kerak bo‘ladi. Shlak metall oksidlaridan
tozalangani sari oqarib boradi.
Dostları ilə paylaş: