Nurmurodov


IncLuksion elektr pechlarining



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

IncLuksion elektr pechlarining
sig‘imi 5-10 t bo‘lib, ulardan 
yuqori sifatli maxsus xossalarga ega bo‘lgan korroziyabardosh va 
olovbardosh po‘latlar olishda foydalaniladi. Yuqori chastotali 
iuduksion pechlarda ikki chulg‘amli havo transformator bo‘lib, uning 
birlamchi chulg‘ami-induktori mis quvurga, ikkilamchi chulg‘ami esa 
ligelga ulangan. Mis quvur ichida suv aylanib yuradi. Unga tigel 
(1)
o'rnatilgan (7.5-rasm).
Pechni ishga tushirish uchun mis quvurli chulg‘am 
(2) 
orqali 
yuqori chastotali (500-2500 Gs) tok yuboriladi. Bu tok o‘zgaruvchan 
magnit maydoni hosil qiladi. Natijada magnit maydoni ta’sirida tigel / 
dagi metallda kuchli uyurma tok hosil bo‘ladi. Tokning elektr-dinamik 
kuchlari ta ’sirida metall zarrachalaming harakati tezlashib, metall 
qiziydi va suyuqlanadi. Bu pechlarda legirlangan po‘lat chiqindilari
toza skrap va ferroqotishmalar qayta suyuqlantiriladi.
Shixtani suyuqlantirishning oxirida pechga flyus kiritiladi. 
Jarayonda oksidlaming birikishidan shlak hosil b o iad i va metall 
sirtiga qalqib chiqadi. Shlakning o‘rtacha harorati metallnikidan past, 
chunki u metallning issiqligi hisobiga qiziydi. Shu bois metall bilan 
shlak orasida aktiv reaksiyalar bormaydi, qolaversa, metall tarkibidagi 
S va P elementlarining miqdorini kamaytirib bo‘lmaydi. Lekin shixta
4
7.5-rasm. Induksion elektrpechi.
125


bu qo‘shimchalardan mumkin qadar tozaroq, jarayon esa tezroq 
borishi kerak. Zarur hollarda vannaga m a’lum miqdorda qaytaruvchi 
moddalar yoki legirlovchi elementlar qo‘shiladi.
Induksion pechlaming afzalliklari quyidagilardir:
• tuzilishi oddiy;
• boshqarish qulay;
•jarayonda metall kuyindisi oz hosil boMadi;
•metall yaxshi aralashishi natijasida gaz va qo‘shimchalardan 
yaxshi tozalanadi;
•k o ‘mir elektrodlar yo‘qligi sababli uglerodga to ‘yinmaydi va 
yuqori legirlangan, tarkibida 0,02-0,04 
%
uglerodi b o igan po'latlar 
olishga imkon beradi.
Odatda, 1 t sig‘imli pechda po‘lat ishlab chiqarish jarayoni 45 
daqiqa davom etib, 600-700 kVt soat elektr energiyasi sarf boiadi. 
Keyingi yillarda induksion pechlarda metallni vakuumda va inert 
gazlar muhitida suyuqlantirish yo‘li bilan yuqori sifatli maxsus 
poMatlar olinmoqda. M a’lumki, oddiy pechlarda olingan po‘lat tarki­
bida erigan vodorod, kislorod va azot gazlarining hamda metallmas 
qo‘shimchalaming hatto oz miqdorda boMishi ham poiatning xossa­
larini birmuncha yomonlashtiradi. Shu bois, suyuqlantirilgan metall- 
dagi erigan gazlar va metallmas qo‘shimchalar miqdorini kamaytirish 
uchun keyingi 25 yil davomida turli mamlakatlarda vakuumdan 
foydalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda metallurgiyada vakuumdan foydalanishning bir 
qancha usullari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiylari quyidagilardir:
•suyuqlantirilgan po‘latni kovshda ma’lum vaqt vakuum ostida 
saqlab, so‘ngra neytral gaz muhitida qolipga quyish usuli;
• metallni vakuum ostida suyuqlantirish va vakuum ostida qolipga 
quyish usuli.
S.I. 
Kuzmin tajribalariga asosan turli sharoitda suyuqlantirilgan 
po‘lat tarkibidagi gaz va metallmas qo‘shimchalar miqdori 7.4- 
jadvalda keltirilgan.
Vakuumda suyuqlantirib olingan po‘latning tozaligi uning haro- 
ratiga, vakuum darajasiga, ishlash vaqtiga bog‘liq. Bu usulda olingan 
po‘latlaming donalari chegarasi toza, kimyoviy tarkibi barqaror 
boMadi. Bu esa metallning ichki tuzilishi va xossalari yaxshi bo‘lishini 
ta ’minlaydi.
126



Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin