8.2. Quyma olishning maxsus usullari Sanoat miqyosida quymalar olishning maxsus usullariga:
suyuqlantirilgan metall yo qotishmalarni qoliplar (kokillar)ga quyish,
markazdan qochirma quyish, bosim ostida quyish, suyuqlanuvchan
nusxalardan foydalanib quyish va qobiq qoliplarga quyish kabilar
kiradi. Ana shu usullami qisqacha ko‘rib o ‘tamiz.
Kokillarga quyish y o ‘li bilan olinadigan cho‘yan va po‘lat
quymalarda ichki bo‘shliqlar (teshiklar yoki chuqurchalar) hosil qilish
zarur bo‘lsa, odatdagi qoliplarda ishlatiladigan sterjenlardan, aluminiy
qotishmalari va magniy qotishmalari uchun esa ajraluvchi metall
sterjenlardan foydalaniladi. Suyuq metall kokillar ustidan, yonidan
yoki ostidan quyilishi mumkin. Kokillaming ichki yuzalari o'tga
chidamli material va bo‘yoqlar bilan qoplanadi. Kokillarga suyuq
metall yaxshi to‘lishi uchun ular oldindan qizdirib olinadi.
Kokillarga quyish usuli mehnat unumdorlini oshirishga, quyma
sirtining sifatini hamda uning mexanik xossalarini yaxshilashga, kesib
ishlash uchun qoldiriladigan qo‘yimni kamaytirishga imkon beradi.
Markazdan qochirma quyish usuli silindrsimon jismlar shaklidagi
quymalar, masalan, quvur, vtulka, shkiv, g‘ildirak, shestemya, mufta
diskalaming tayyorlanmalarini olish uchun qo‘llaniladi. Bu usulning
mohiyati shundaki, suyuq metall gorizontal yoki vertikal o‘q atroflda
1000 ayl/min tezlik bilan aylanuvchi qolipga quyiladi. Qolipning va
unga quyilgan suyuq metallning aylanishi natijasida hosil bo‘ladigan
markazdan qochma kuchlar metallni qolip devoriga siqadi, natijada
metall darrov qotib, qolip shakliga kiradi.
Bosim ostida quyish usulining asosiy mohiyati shundaki, suyuq
metall (qotishma) po‘lat qolipga katta bosim ostida quyiladi.
Tayyorlangan quyma g‘ovaksiz, sirtqi nuqsonlarsiz, toza va aniq
bo‘ladi. Oson suyulanuvchi rangli qotishmalardan (aynisa aluminiy,
rux, magniy qotishmalaridan) murakkab shaklli, yupqa devorli, aniq
o ‘lchamli, toza yuzali va og‘irligi 50 kg gacha bo‘lgan quymalar
(samolyot, avtomobil va boshqa mexanizmlaming detallari uchun
quymalar) olishda bu usuldan keng foydalaniladi.
130