Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Bronzalar gruppasi. 
Texnikaning turli sohalarida misning 
deyarli hamma metallar bilan (rux va nikeldan tashqari) qotishmalari 
keng ishlatiladi va bular bronzalar deb ataladi. Hosil qilingan bunday 
bronzalar juda yaxshi quymakorlik va antifriksion xususiyatlarga ega 
bo‘lib, korroziyaga chidamlidir. Bronzalardan tayyorlanadigan asosiy 
buyumlar (dstallar) quyma, bosim bilan ishlash va kesish orqali hosil 
qilinadi. Bronzalar tarkibidagi komponentlariga ko‘ra qalayli, 
qo‘rg‘oshinli va boshqalarga bo‘linadi.
Bronza Бр harflari bilan markalanadi. Бр ning o‘ng tomonida esa 
bronzaga kiruvchi elementlar yoziladi va shu tegishli elementlaming 
%
hisobidagi o ‘rtacha miqdorini ko‘rsatuvchi raqamlar bilan 
markalanadi. Masalan, Бр OHC 11-4-3 marka bronzaning tarkibida 
o‘rta hisobda 11% qalay, 4% nikel, 3% qo‘rg‘oshin va qolgani misdan 
(mis miqdorini 
%
hisobida ifodalaydigan raqamlar bronza markasiga 
yozilmaydi) iborat ekanligini bildiradi.
Qalayli bronzaning tarkibiga kiruvchi elementlardan qalay misga 
nisbatan qimmat va kamyob bo‘lganligi uchun bunday bronzalaming 
tarkibi o‘zgartirilib, boshqa markadagi bronzalar ishlab chiqaril- 
moqda. Bunday bronzalarga aluminiyli bronza Бр A5 va juda 
murakkab aluminiy temir-marganesli bronza Бр JDK Мц 10— 3— 1,5 
va boshqalar kiradi.
Qalayli bronzalar (faqat mis bilan qalaydan iborat) insoniyatga 
juda qadimdan m a’lum. Lekin bunday bronzalaming tarkibida qalay 
miqdorining oshib borishi maqsadga muvofiq emas, chunki bronza­
laming plastikligi va yopishqoqligi 
pasayib, mo‘rtligi oshib bora- 
di. Shu boisdan tarkibida 14% dan ko‘p qalay miqdori bo‘lgan bron­
zalar deyarli ishlatilmaydi.
Shuning uchun quymali bronzalar tarkibidagi qalay miqdoriga 
qarab bir fazali (a) va ikki fazali (b) bo‘lishi mumkin.
Qalayli bronzalaming xususiyatlarini oshirish maqsadida ularga 
legirlovchi elementlar qo‘shiladi. Masalan: bronzalaming mexanik 
xususiyatlarini oshrish uchun legirlovchi elementlar Ni, Zn, P, 
texnologik xususiyatlarini oshirish uchun Pb, Zn, Ni antifraksion 
xususiyatlarini oshirish uchun) Pb, P va korroziyaga chidamliligini 
oshirish uchun Ni elementlari qo‘shiladi.
Turli buyumlar hosil qilish usuli bo‘yicha bronzalar deformat- 
siyalanuvchi (bir fazali) va quymali (ikki fazali) larga boMinadi. 
Deformatsiyalanuvchi bronzalardan turli prujina va pmjinalanuvchi
78


materiallar, quymali bronzalardan maxsus vazifalarni bajarishga 
m oijallangan sirpanuvchi podshipniklar (katta tezlik va bosim ostida 
ishlaydigan), turli armaturalar, yuqori issiqbardosh va elektr 
o ‘tkazuvchan hamda korroziyabardosh detallar, naqshli va badiiy 
quymalar olish uchun foydalaniladi.
Keyingi vaqtlarda qalay kamchil boiganligi uchun bronzaning 
boshqa maxsus navlari ishlab chiqilmoqdaki, ular o ‘zlarining turli 
xususiyatlariga ko‘ra qalay li bronzaga nisbatan yuqori sifatli 
hisoblanadi va texnikaning turli sohalarida juda keng ishlatilmoqda.
Aluminiyli bronza (tarkibida 5 - 11% A l) yuqori antikorrozion va 
mexanik xossalarga egadir, lekin quymakorlik xossasi bo‘yicha 
qalayli bronzadan ustunlik qilolmaydi. Bunday bronzadan asosan turli 
tishli g‘ildiraklar, turbina detallari, vtulkalar, klapan sedlolari va 
hokazolar ishlab chiqariladi.
Kremniyli bronza (1—4% Si) — legirlangan nikel, marganes va 
rux o ‘zlarining mexanik xossalari bo'yicha p oiatga yaqinlashadi va 
qimmatbaho qalayli va berilliyli bronzalami almashtirish uchun 
ishlatiladi. Bunday bronza turlaridan ishqalanuvchi sharoitda 250°C 
gacha temperaturada ishlaydigan detallar ishlab chiqarish uchun 
foydalaniladi.
Qo‘rg‘oshinli bronza (25-30% Pb) ham antifriksion xususiyatga 
ega b o iib , yaxshi kesib ishlanadi, urilish nagruzkasini yaxshi qabul 
qiladi va toliqish mustahkamligi katta. Bunday bronza turlaridan 
nagruzka ko‘p tushadigan, yuqori tezlik sharoitida 
ishlatiladigan 
aviatsiya dvigatelining podshipniklari, dizellaming turbinalari va 
boshqa detallar ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, qimmatliroq boiishiga qaramasdan berilliyli 
bronza (3% gacha Be boiadi) ham turli sohalarda keng ishlatiladi. U 
o ‘zining juda yuqori mexanik xususiyatlari toblangandan keyin ye­
yilishga bardoshliligi, korroziyaga chidamliligi, yuqori issiqlik va 
elektr oikazuvchanligi (500°C temperaturada bulaming mustahkam­
ligi xuddi 20°C dagi aluminiyli bronzaning mustahkamligidek) bilan 
xarakterlidir. Undan juda yuqori talabga javob beradigan maxsus 
detallar: aniq, priborlarda elastik elementi boigan membranalar, sir­
panuvchi kontaktlar, prujinalar, kulachoklar, shestemyalar, chervyakli 
uzatmalar, yuqori tezlik va temperaturada ishlaydigan podshipniklar 
va hokazolarda ishlatiladi.
79


Bronzalar Бр harflari bilan markalanadi yoki ifodalanadi. Bunday 
harflardan keyin legirlovchi elementlaming harfiy ifodalari va 
ulaming protsent hisobidagi miqdorlarini ifodalovchi raqamlari 
berilgan bo‘ladi. Masalan, Бр ОЦС-8-4-3 -(
8
% Sn, 4% Zn, 3% P
6
qolgani mis), БрБ2 (2% Be), Бр АЖН 10-4-4 (10%, 4%, Fe 4% Ni 
qolgani misdir). Bulardan tashqari, yana mis-nikelli qotishmalar ham 
juda keng ishlatiladi. Ular melxiorlar, neyzilberlar va boshqalardir.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin