Polimerlardan buyumlar ishlash usullari.
Polimer material
lardan istalgan shakldagi xilma-xil buyumlar, shuningdek, ip, plyonka,
list, quvur va boshqalar tayyorlanadi.
Polimerlaming o‘ziga xos fizik va texnologik xossalari ulami
buyumlarga va yarim tayyor mahsulotlarga aylantirishda maxsus
usullardan foydalanish talab etiladi. Polimerlarni buyumlarga
aylantirishning asosiy usullariga ekstmziyalash, odatdagi usulda
quyish, bosim ostida quyish, odatdagicha presslash, quyma presslash,
ko‘pirtirish, payvandlash, qizdirib purkash, randalash, shuningdek,
dastgohlarda qirindi yo‘nib olish yo‘li bilan ishlash usullari kiradi.
Ekstruziyalash.
Ekstmziyalash usulida ishlash yo‘li bilan
sterjenlar, quvurlar, listlar va plyonkalar olinadi, buning uchun,
asosan,
termoplastik,
kamdan-kam
hollarda esa termoreaktiv
polimerlar ishlatiladi. Ekstmziyalash polimemi mundshtuk teshigi
orqali siqib chiqarishdan iborat, teshikning shakli buyumning
ko‘ndalang kesimi shakliga bog‘liq boiadi.
6.7-rasmda ekstmziyalash mashinasining sxemasi tasvirlangan.
Kukun yoki granulalar oldidagi polimer bunkerga solinadi, polimer
bunkerdan shnek (
6
) ga tushadi. Shnek elektr dvigateldan aylanma
harakatga keluvchi vint
Dostları ilə paylaş: