27
o‗zlashtirishiga, o‗rtoqlariga hamkor bo‗lib, o‗zaro yordam uyushtirilishiga zamin
tayyorlaydi.
O‗qituvchi ta‘lim jarayonida hamkorlikda o‗qitish metodlaridan
foydalanish maqsadida quyidagilarni:
Qaysi mavzularni hamkorlikda o‗qitish metodlaridan foydalanib
o‗rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi;
Ushbu mavzu bo‗yicha o‗quvchilarga tavsiya etiladigan o‗quv topshiriqlari
va ularni bajarish yuzasidan ko‗rsatmalarni tayyorlashi;
Hamkorlikda o‗qitish metodlaridan foydalanib o‗tiladigan dars turi, dars
strukturasi va borishini loyihalashi;
O‗tgan va yangi mavzular yuzasidan o‗quvchilar
bilimini nazorat qilish
uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak.
Mazkur metodlardan foydalanganda shuni nazarda tutish kerakki,
o‗quvchilar o‗z sheriklari bilan hamkorlikda o‗quv topshiriqlarni to‗g‗ri
bajarishlari barobarida guruh a‘zolarining faolligi,
hamkorlikning vujudga kelishi
,
ular o‗rtasidagi muloqotda muloqot madaniyati tamoyillariga amal qilinishi ham
hisobga olinadi.
Shunday qilib, guruh a‘zolari bir vaqtning o‗zida ikkita topshiriqni
bajaradi:
1. akademik topshiriq - bilish va ijodiy izlanish orqali o‗quv
topshiriqlaridan ko‗zlangan maqsadga erishish;
2. ijtimoiy-psixologik topshiriq - dars
davomida yuksak muloqot
madaniyatiga ega bo‗lish, odob osoyishtaligini saqlash;
O‗qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat
qiladi.
O‗qituvchi biologiya ta‘limi jarayonida hamkorlikda o‗qitish metodlaridan
foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o‗ziga xos xususiyatlariga oid bilim,
ko‗nikma va malakalarni, o‗quvchilarning mustaqil ishlari, o‗quv
bahsi va
munozaralarni samarali tashkil etish yo‗llarini egallagan, o‗quvchilarda esa
darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‗z fikrini
28
qisqa va aniq bayon etish, fikrlarni
asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish,
o‗quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish ko‗nikmalari shakllangan va ongli
intizom vujudga kelgan bo‗lishi lozim. Hamkorlikda o‗qitish texnologiyasining
bir nechta metodlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: