Kompetentlik – oʻquvchi tomonidan tegishli kompetensiyalarga ega
boʻlishi.
Kompetentlik – oʻquvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berigan
sohadagi faoliyati boʻyicha toʻplagan minimal tajribasi.
Kompetentlik – oʻquvchining shaxsiy sifatlari toʻplami (bilimlar,
koʻnikmalar, layoqatlar) boʻlib, belgilangan ijtimoiy va shaxsiy sohadagi
faoliyatida orttirilgan tajribasi bilan belgilanadi.
Kompetensiyalarni, ta‘lim kompetensiyalardan farqlash lozim. Ta‘lim
kompetensiyasi oʻquvchini kelajakdagi toʻla qonli hayotidagi faoliyatini
modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma‘lum bir yoshga yetgunga qadar ba‘zi bir
kompetensiyalarni tatbiq eta olmaydi. Lekin, bu degani, ularni oʻquvchida
shakllantirmaydi, degani emas. Masalan, oʻquvchi maktabda fuqarolik
kompetensiyasini oʻzlashtirsada, uni toʻla qonli ravishda maktabni tugatganidan
soʻng ishlatiladi. SHunga koʻra, bunday kompetensiyalar, oʻqish darvida ta‘lim
kompetensiyasi sifatida namoyon boʻladi.
Tayanch kompetensiyalarning dunyo boʻyicha yagona roʻyxati yuq. CHunki
har bir mamlakatning yoki hududning oʻz an‘analari, mentalitet iva oʻziga xos
talablari bor. Kompetensiya – bu jamiyatning oʻz fuqarolariga qoʻygan ijtimoiy
buyurtmasi boʻlib, ularning roʻyxati ma‘lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi
ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Bunday kelishuvga har doim ham erishib
boʻlmaydi. Masalan: SHveysariyaning va Amerika Qoʻshma shtatlarining iqtisoiy
16
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta‘lim statistikasi Milliy institutning «
tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash» nomli loyihasida tayanch
kompetensiyalarni qat‘iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati boʻlmagan.
Oʻquvchining kompetentligiga doir turli kompetensiyalarning analizi shuni
koʻrsatadiki, ular kreativ (ijodiy) yoʻnalishga ega. Kreativ kompetensiyalarga
«tajribadan biror foydali ma‘lumot chiqarib olish», «muammoni yecha olish»,
«oldingi va hozirgi voqealar orasidagi oʻzaro aloqani ochish», «yangi yechimlarni
topa olish» kabilar kiradi. SHu bilan birga keltirilgan koʻnikmalar oʻquvchi
faoliyati va tajribasi, bilim, koʻnikmalarning butun majmuasini aks etirmaydi.
Kompetentlik – kompetensiyalarni qoʻllay olishda ega boʻlishi kerak boʻlgan
minimal tajribasi boʻlishni taqozo etadi. Bu haqda oʻquvchining tayyogarligiga
quyiladigan talablarni shakllantirishda, hamda oʻquv jarayoni va darsliklarni
loyihalashda esdan chiqarmaslik kerak.
Oʻquitishda ularning roli va oʻrnini analiz qilish asosida ajratib olingan
kompetensiyalarning asosiy fuksiyalarini sanab oʻtamiz:
- kundalik hayotda yashash uchun tayyor boʻladigan yosh fuqarolarga
qoʻyiladigan ijtimoiy tabning aks etishi;
- bilim, koʻnikma va malakalarini hamda faoliyat usullarini kompleks
holda maqsadli qoʻllashi uchun atrof muhitdan real obyektlarni koʻrsatishi;
- turli oʻquv predmetlari va ta‘lim sohalari mazmunining tarkibiy qismi
boʻlishi;
- konkret masalalarni yechishda nazariy bilimlarni amaliyotda foydalanish
bilan bo-
lashi.
Kompetensiyalar qanday ketma-ketlikda boʻlishi kerak?
Ma‘lumki, ba‘zi kompetensiyadar, boshqalarga nisbatan umumiy yoki
ahamiyatliroq boʻladi. Shunga koʻra, ularni uchta darajaga boʻlish mumkin:
1) Tayanch
kompetensiyalar
–
ta‘lim
mazmunining
umumiy
(metapredmet) qismiga tegishli;
2) Umumpedagogik kompetensiyalari – ma‘lum doiraga kiruvchi oʻquv
predmetlari va ta‘lim sohasiga tegishli;
17
3) Predmetga oid kompetensiyalar – oldingi ikkitaga nisbatan xususiy
hisoblanib
oʻquv predmeti doirasida shakllantiriladi.
Tayanch kompetensiyalar har safar ta‘limning ma‘lum bir bosqichi va
belgilangan oʻquv predmeti uchun konkretlashtiriladi. Masalan: oʻqib-
oʻrganishga tegishli kompetensiya umumpredmet kompetensiyasida shaxs sifatida
rivojlanish (refleksiya)ga qoʻshilsa, predmet kompetensiyasi hisoblangan tarix
fani boʻyicha, har qanday tarixiy voqeada turli tomonlarning manfaatlari
kurashini ajratib olish qobiliyati yotadi. Kompetensiyalarni an‘anaviy ta‘lim
parametrlari bilan taqqoslanishini ta‘minlash uchun «ta‘lim kompetensiyalari»
tushunchasini kompetensiyaning struktura komponentlari roʻyxati orqali ochamiz:
- kompetensiyaning nomi:
-
kompetensiya tipi va uning umumiy ketma-ketligidagi oʻrni (tayanch,
umumpredmet, predmet);
- kompetensiyalar kiritiladigan, real faoliyat koʻrsatadigan obyektlar
doirasi;
- kompetensiyaning ijtimoiy-amaliy bo-liqligi va ahamiyati (u jamiyat
uchun nima sababdan kerak?);
- kompetensiyaning shaxsga nisbatan ahamiyati (nima sababdan oʻquvchi
kompetent boʻlishi kerak?);
- real obyektlar doirasiga oidi bilimlari;
- berilgan real obyektlar doirasiga oid koʻnikma va malakalar;
Mazkur kompetensiya doirasida oʻquvchining faoliyati koʻrsatishi uchun
kerak boʻladigan minimal tajribasi (oʻqitish bosqichlari boʻyicha);
- indikatorlar – oʻquvchi kompetentligi (oʻqitish bosqichlari boʻyicha)
darajasini aniqlash uchun oʻquv va nazorat-baholash topshiriqlari namunalari,
misollari.
Keltirilgan toʻplam me‘yoriy hujjatlar, oʻquv va metodik adabiyotlar,
shuningdek, oʻquvchilarning umum tayyorgarligini oʻlchash, shu bilan birga
ularning kreativ tayyorgarligi darajasini oʻlchaydigan hujjatlarni loyihala shva
yoritish uchun xarakterlovchi toʻplamni belgilaydi.
18
Didaktika va metodikalarda tayanch, umumpedagogik va predmet
kompetensiyalari mazmunini aks ettirish uchun ularni maxsus texnologiya
asosida konstruksiyani tuzish kerak.
Loyihalashning birinchi bosqichida, tanlab olingan oʻquv predmetiga
(matematika, tarix informatika va h.k.) tegishli ta‘lim kompetensiyalari roʻyxati
tuziladi. Buning uchun predmetda tayanch kompetensiyalar (kommunikativ,
axborot bilan ishlash va h.k.) qidirib topiladi. Oʻquv predmetining tayanch
kompetensiyalarni shakllantirishga qoʻshishi mumkin boʻlgan hissasi aniqlanadi.
Soʻngra predmet kompetensiyalarini tuzish uchun, oʻquv predmetining
tizimlashtirilgan komponentining minimal roʻyxati tuziladi:
1)
Obyektiv borliq obyektlari (taiiy, madaniy, ijtimoiy hodisalar, texnik
qurilmalar, manba-asarlar va h.k.). fan yoki faoliyat sohalridan oʻquv predmeti
uchun real predmet va hodisalarni ajratib olinadi. Masalan, bular sifatida – ona
tilida, tovush, soʻz va h.k. dan tuzilgan o-zaki nutiqni real jarayon deb,
asarlardagi matnni moddiy obyektlar deb
olish mumkin.
2)
Oʻrganilayotgan borliq haqidagi umummadaniy bilimlar:
Insoniyat tomonidan tegishli obyektga nisbatan ishlab chiqilgan qoidalar,
qonunlar, nazariyalar, tushunchalar, qarama-qarshiliklar, madaniy ahamiyatga ega
faktlar, - oyalar,gipotezalar, muammolar, texnologiyalar, alternativ yondoshuvlar
va boshqa bilimlar.
3) Umumiy va umumoʻquv koʻnikmalar, malakalar, faoliyat turlari. Oʻquv
predmetiga tegishli va umumperedmet ahamiyatiga ega boʻlgan konkret
koʻnikmalar, malakalar, faoliyat turlarining guruhlar boʻyicha tizimlashtirilgan
roʻyxati keltiriladi. Umumiy predmet yoki predmetlararo kompetensiyalarni
ishlab chiqish uchun turli oʻquv predmetlari orasida umumiy boʻlgan bilish
faoliyatlari, koʻnikmalari, malakalari va qoʻllanish usullari olinadi.
Perdmetlararo kompetensiyalarga misol tariqasida tabiatshunoslikda
uchraydigan elementlarni koʻrib chiqamiz:
- tabiatda oʻzini tutish va faoliyat yuritish ( oʻrmonda, suv havzalarida,
yilning fasillarida turli tabiiy va iqlimiy sharoitlarda –moʻljal olish, xavfsizlik,
19
qoʻziqorin va mevalar terish, baliq ovlash; qushlar va mahalliy hayvonlarni
kuzatish; tungi osmonga qarab moʻljal olish, kompas yordamida ufq tomonlarini
aniqlash, vaqtni aniqlash va h.k.).
- qishloqda va shaharda tabiiy bilim, koʻnikma va hayotiy tajribalardan
foydalanish, qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirish.
- uy hayvonlariga qarash (mushuk, kuchuk, akvarium baliqlari, toʻtilar,
sigir, tovuqlar, quyonlar – shulardan bittasini tanlagan holda).
- xonadagi oʻsimliklarga qarash: gullar ekish, ulrni su-orish, tuproq tarkibi,
yoru-lik, issiqlik-ixtiyoriy ravishda biror bir oʻsimlikni oʻstirish.
- oʻz tanasini parvrish qilish: shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, kun
tartibi, tana haroratini oʻlchash va h.k.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta‘lim – o‗quvchilarda
egallangan bilim, ko‗nikma va malakalarini o‗z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy
faoliyatlarida amaliy qo‗llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga
yo‗naltirilgan ta‘limdir.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta‘lim o‗quvchilarda mustaqillik,
faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‗lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va
axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan o‗z
faoliyatida oqilona
foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‗lom raqobat
hamda
umummadaniy ko‗nikmalarini shakllantiradi.
Inson o‗z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga
kirishishi, jamiyatda o‗z o‗rnini egallashi, duch keladigan muammolarning
yechimini hal etishi, eng muhimi o‗z sohasi, kasbi bo‗yicha raqobatbardosh
bo‗lishi uchun zarur bo‗lgan tayanch kompetentsiyalarga ega bo‗lishi lozim.
Tayanch
kompetentsiyalarni
shakallantirish
jarayonida
quyidagi
elementlarning shakllanishiga e‘tibor qaratish lozim.
Dostları ilə paylaş: |