1.1 . Pedogogik texnologiyalarining qisqacha tadqiqot tarixi
Ta`lim sohasida o`zgarishlar yuz berdi. O`qituvchi faoliyati yangilandi,
o`quvchilarda bilimga qiziquvchilik, vatanni sevish insonparvarlik tuyg`ulari
shakllana boshladi. Shu asosda vataniga, xalqiga millatiga fidokor, mustaqil
fikrlaydigan, biron bir masalani ongli ravishda, ma`suliyat bilan hal qiladigan
izlanuvchi, yangilikka intiluvchi shaxslarni tarbiyalaydigan yangi ta`lim
texnologiyalari bilan qurollardan kadrlar etishtirila boshladi. Texnologiya
tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq holda fanga 1972 yilda kirib keldi
7
va yunoncha ikki so`zdan texnos (technt)-san`at, xunar va logos (logos)- fan,
ta`limot so`zlaridan tashkil topib hunar fani ma`nosini anglatadi. Lekin bu ifoda
zamonaviy texnologik jarayonni to`liq tasvirlab bera olmasdi.[4]
Texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlariga
bosqichma bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishining
faoliyatidir. Pedagogik texnologiya-bu o`qituvchining o`qitish vositalari
yordamida talabalarga, o`quvchilarga muayyan sharoitda ta`sir ko`rsatish va bu
faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldin belgilangan lichnost` sifatlarini
(dargohlarda) intensiv shakllantirish jarayonidir: texnologik yondoshuv ishlab
chiqarishdan olingan bo`lib, unda minglab texnologik jarayonlar loyhalashtirilgan
uldar ishlab chiqarishda kerakli natijalarga erishishning tarmog`i hisodlanadi. Bu
texnologiyalarni qo`llash vaqtida hudud va ularning ijrochisi o`zgarsa ham,
kerakli mahsulot chiqaveradi. Ta`lim tarbiya jarayonida ham shunga erishish
uchun pedagogik texnologiya ishlab chiqildi.
Jahon pedagogik tafakkurida ta`lim-tarbiyaga bunday yondashuv yangi
emas. XVIII –asardayoq «Buyuk didaktikaning muallif i Yan-Amos Kamenskiy
ta`lim jarayonini «... Unda har bir usul va narsalar vaqt jihatidan shunday
joylashtirilishi kerak ediki», ... butun pedagogik jarayon yaxshi sozlangan soat
kabi bexato yurishi kerak», bo`lgan shaklga shaklga solmoqchi bo`lgandi. Buyuk
pedagog Kamanskiy etmagan orzularga XXI-asr pedagoglari etib, bu ijtimoiy
hodisa pedagogik texnologiya nomini olib, dunyo o`qituvchi va pedagoglariga
xizmat qilmoqda.[5]
Bu ish AQSh olimlari R.Slavin, B.Blum, D.Kratvol., N.Granlund,
Dj.Kerolla, Dj.Blok, L.Anderson, Izrailli-Sh.Sharon, Rossiyadan V.P.Belpal`go
va boshqalar tomonidan amalga oshdi.[6]
Bizning
Respublikamizda
asosan
biologiyani
o`qitishda
ta`lim
texnologiyalaridan foydalanish to`g`risida ishlarni A.T.G`ofurov, J.O.Tolipova,
T.Nazarova, D.Matros, V.Zaitsev. G.K.Selevko,
e.S.Polat,
Kavtaradze,
Ch.Yu.Kurochkina
M.e.Shurkova,
A.B.Abdikasimova,
S.S.Fayzullaev,
I.T.Azimov, B.Axmadalieva, e.Bel`skaya va boshqalarning mehnatlarida ko`rish
8
mumkin.[8] Yangi pedagogik texnologiyalar o`z mohiyatiga ko`ra pedagogika
fani va amaliyoti yutuqlarining sintezini,
ilgari tajribaning an`anaviy elementlari bilan jamiyat taraqqiyoti, jamiyatni
insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirish natijalari yig`indisini ifodalaydi.
Uning manbalari va tarkibiy elementlari:
Ijtimoiy o`zgarishlar va yangi pedagogik tafakkur;
Pedagogika, pisixika, ijtimoiy fanlar;
Ilg`or pedagogik tajriba;
Vatanimizning va xorijiy mamlakatlarning ta`lim-tarbiya sohalaridagi ilgarigi
va zamonaviy tajribalari;
Turli xalqlarning tarixiy rivojlanishi davomida shakllangan va ular tomonidan
amal qilib kelinayotgan xalq pedagogikasi (Etnopedagogikasi, qaraqalpoq
etnopedagogikasi) an`analari.[7]
Demak talabaning virtual muqitga ko‘nikib borishi ta‘minlanishi kerak.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasini joriy etishda asosan elektron darsliklardan
foylaniladi. I.G.Zaxarova fikricha Elektron darsliklar maxsus fanning mazmuni
va mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko‘p sondagi ma‘lumotlarni qarab chiqish
va ko‘proq amaliy mashg‘ulotlarni bajarishga imkon yaratadi. Murakkab
hisoblashlar
va
almashtirishlardan
xalos
etadi.
O‘rganishning barcha
bosqichlarida o‘z-o‘zini tekshirib ko‘rish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Elektron darslik tajribali o‘qituvchi vazifasini, cheklanmagan tushuntirishlarni,
sanoqsiz takrorlashlarni, eslatishlarni taqdim etgan holda bajaradi.[9]
Yesipov B.P., Shukina G.I. darslarni asosiy didaktik maqsadlariga koʻra
tasniflashni tavsiya etgan. Mazkur tipologiyada darslar quyidagi tiplarga
ajratilgan:
1. Bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish.
2. Bilimlarni tizimga solish va umumlashtirish.
3. Bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlash, takrorlash.
4. Nazorat va baholash; kombinirlashgan (majmuali) darslar.
Mazkur tipologiyaning tahlili darsni tashkil etish bosqichlari e‘tiborga
9
olinmaganligini koʻrsatdi.[10] Har bir darsda muayyan bilim, koʻnikma va
malakalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi, tizimga solinadi va umumlashtiriladi,
shuningdek, oʻquvchilarning oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalari nazorat
qilinadi va baholanadi. Shu sababli, ushbu tipologiya kamchiliklardan holi emas.
Kuznetsova N.E. darslarni asosiy didaktik vazifalariga binoan tasniflagan:
1. Yangi oʻquv materialini oʻrganish.
2. Nazariy bilim, koʻnikma va malakalarni amaliyotga qoʻllash va
takomillashtirish; bilimlarni tizimga solish va umumlashtirish.
3. Nazorat va baholash.
4. Aralash yoki kombinirlashgan (majmuali) tiplarga ajratgan.
Bu tipologiya haqida ham yuqoridagi fikrlarni aytish mumkin.[11,12]
Belov G.I., Brunovt Ye.P., Zverev I.D., Myagkova A.N. kabi metodist olimlar
darslarni oʻtkazish usuliga koʻra tiplarga ajratgan:
1. Ma‘ruza darslari.
2. Ekskursiya darslari.
3. Suhbat darslari.
4. Kinodars.
5. Laboratoriya darslari.
6. Mustaqil ishlash darslari.
Bu tipologiyadan oʻrin olgan tiplar toʻgʻri belgilangan emas, olimlar tomonidan
dars tiplari va turlari aralashtirib yuborilgan.[13]
Ivanov S.V. tomonidan darslar oʻquv jarayonining asosiy bosqichlari asosida
tiplarga ajratilgan:
1. Kirish darslari.
2. Oʻquv materiali bilan dastlabki tanishish darslari.
3. Tushunchalarni shakllantirish darslari.
4. Mashq qilish darslari.
Ushbu tipologiyada darslarning hamma xususiyatlari hisobga olinmagan,
jumladan, ta‘lim mazmunining tarkibiy qismlari boʻlgan koʻnikma va malakalar
e‘tibordan chetda qolgan. [14]
10
Verzilin N.M. darslarni tiplarga ajratishda tushunchalarni asosiy mezon etib
belgilagan:
1. Anatomik mazmundagi darslar.
2. Morfologik mazmundagi darslar.
3. Filogenetik mazmundagi darslar.
4. Ekologik mazmundagi darslar va h.q.
Qayd etilgan tipologiyani amaliyotga joriy qilish qiyin kechadi, chunki
ta‘lim-tarbiya jarayonida tushunchalar bir-biri bilan uzviy ravishda
shakllantiriladi. Tushunchalarning bu tarzda tiplarga ajratilishi maqsadga muvofiq
emas.[15]
Korsunskaya V.M., Rikov N.A., Ponomareva I.N., Traytak D.I. kabi
metodist-olimlar bobni oʻrganishda darsning oʻrni va ta‘lim jarayonining
bosqichlari asosida tiplarga ajratgan. Har bir bob mantiqiy bogʻlangan mazmunni
oʻz ichiga olgan boʻlib, mavzular alohida dars shaklida oʻrganiladi. Shu sababli,
har bir bobni oʻrganishda oʻqitish maqsadlari va oʻquv materialini yoritish nuqtai
nazaridan oʻzaro mantiqiy bogʻlangan darslar tizimidan foydalaniladi. [16]
|