Butun til rivojining asosini bolaning predmetli faoliyati tashkil qiladi. Bolaning til borlig’i elementlari bilan harakatlari xuddi predmetli olam elementlari bilan bo’lgani kabidir.
So’z hosil qilishni (va so’z o’zgartirishni) egallashda bola morfemaning tovush qiyofasiga yo’naladi.
Bolalarning so’z ijodkorligi - qoidalar, umumlashtirmalar, obrazli munosabatlar harakatlarini shakllantirish jarayonining yaqqol ko’rinishidir.
Grammatik elementlarni egallash jarayoni ko’rgazmali tasavvurni shakllantirish asosida ro’y beradi va u bir nechta bosqichlarga ega.
Bugungi kun lingvistikasining asosiy vazifalaridan biri - son-sanoqsiz gaplarni tuzish hamda ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish tabiati va mexanizmini tushunishdan iboratdir.
Bola kattalar tilining kategoriyalar tizimiga amal qilmaydi, aksincha u o’zining «individual» til tizimining ichidagi vazifaviy xususiyatlariga asoslangan o’z so’zlari kategoriyasini yaratadi.
Imitatsiya nazariyasiga qarshi qanday ilmiy dalillar mavjud?
Butun til rivojlanishining asosini nima tashkil qiladi? Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?
Bolaning grammatik elementlarni o’zlashtirishi qaysi faoliyat negizida ro’y beradi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999
R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993.