Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə228/248
tarix15.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#55444
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   248
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va

O‘rtacha daraja:

  • bola ona tilining barcha tovushlarini va tovush birikmalarini to‘g‘ri talaffuz qiladi; o‘rta-miyona baland nutqqa, aniq talaffuzga ega, lekin intonatsion ifodalilik etarli emas; unda fonematik qabul qilish qobiliyati rivojlangan; nutqdagi mazmuniy xatoliklarni payqaydi; maishiy leksikani biladi va uni nutqda qo‘llaydi; umumlashtiruvchi so‘zlarni (mebel, poyabzal, kiyim, daraxtlar) biladi, narsalarning ayrim detallari va qismlarini aytib bera oladi; antonimlarni tanlay oladi; barcha ranglarni biladi; otdan sifat yasay oladi (yog‘och-yog‘ochdan ishlangan); turli kishilar, hayvonlarning harakatlarini aytib beradi; otlarni sonda, kelishikda sifat bilan moslashtira oladi, biroq har xil turlanadigan fe’llarni (xohlashmoqda, yugurishmoqda, uxlashmoqda, va boshq.) qo‘llashda xatoliklarga yo‘l qo‘yadi;

  • old qo‘shimcha, suffikslar, qo‘shimchalar yordamida so‘z hosil qilishni biladi; nutqda oddiy yoyiq gaplardan foydalanadi; hikoya qilib berishda ba’zan kattalarning yordamiga muhtoj bo‘ladi; matn mazmunini deyarli muallif matniga yaqin darajada aytib bera oladi, lekin matnning ayrim qismlarining o‘rnini almashtirib yuboradi; ba’zan ifoda vositalaridan foydalanadi; asossiz pauzalarga yo‘l qo‘yadi; hikoyani faqat kattalar yordamidagina tuza oladi; hikoya qilishda faqat asosiy tafsilotlarni qayd etadi, bayon qilishda mantiqiy ketma-ketlikka rioya qiladi; shaxsiy tajribaga oid voqeani (hodisani) bayon qilishda qiynaladi; ortiqcha so‘zlarni ishlatadi (o‘sha^, keyin_, shunaqa^ va boshq.) va ularni noo‘rin qo‘llaydi.


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin