Rus tilida «R», «L» tovushlaridagi fonetik buzilishlar (noto‘g‘ri talaffuz) 3 nafar bolada kuzatildi. Leksik buzilishlar shundan iborat bo‘ldiki, bunda bolalar bir so‘z o‘rniga boshqasini qo‘lladilar, masalan, pustil strelu o‘rniga strelnul; vstretil o‘rniga vstretilsya; jila babka s dedom o‘rniga jila baba s detkoy.
Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iboratki, bunda bolalar so‘zlami rodda noto‘g‘ri moslashtirdilar (vstretilsya kolobok lisu), gap bo‘laklari ham noto‘g‘ri joylashtirilgan (inversiya): - A doktora tam ne Ьы1о, a volk tolko Ьы1; I navstrechu emu vstretilsya zayas va boshq.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini tadqiq etish natijalarini sifat jihatdan tahlil etish shuni ko‘rsatdiki, eng ko‘p fikr bildirishlar hajmi sevimli ertaklarni aytib berish hissasiga, eng kami esa, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, hikoya tuzish hissasiga to‘g‘ri keldi.
Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug‘at zahirasini, balki uning «o‘ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish hajmi uning ob’ekt bilan tanishlik darajasidan dalolat bermoqda. Bolalarning biron-bir narsa, hodisa haqidagi bilimlari qanchalik chuqur va xilma-xil bo‘lsa, ularning fikr bildirishlari ham shunchalik keng bo‘ladi.
Bolalarning nutqida oddiy gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ba’zan ESA, VA kabi bog‘lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba’zan esa ularsiz bog‘langan qo‘shma gaplar ham uchrab turadi. Bildirish xususiyatiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq bir xil ohangda jaranglaydi, ko‘pincha so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik bog‘liqlik, ya’ni: gapdagi so‘zlar tartibi, inversiya buzilishiga oid xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi.